Fermerlarni nasldor mollar bilan ta`minlash uchun barcha mulk shaklidagi
chorvachilik xo’jaliklarida naslchilik ishlarini andozalar asosida yo’lga qo’yish.
Turli mulk shaklidagi xo’jaliklarda yangi jadal texnologiyalarni joriy qilish
asosida jahon andozalari darajasida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.
Ayniqsa, feremer xo’jaliklarida yangi jaxon tajribasida sinovdan o’tgan
texnologiyalarni joriy qilish bu sohani obro’yini oshiradi. Buning uchun
mamlakatda har bir sigirdan sog`ib olinayotgan sutni dastlab hech bo’lmaganda 3
ming kg. etkazish ikki barobar sut etishtirishni ko’paytirish imkonini beradi va
xalqimizni sut mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondirishni ta`minlaydi
.
O’zbekistonning tabiiy yaylovlarga boy bo’lgan tog` oldi va tog`lik
mintakalarida, lalmikor adirlarida, daryo va dengiz oldi keng o’tloklarida
qoramollarning sergo’sht zotlari parvarish kilinadi Shuningdek Qoraqalpog`iston
Respublikasida paxtachilik, g`allachilik, sabzavot-polizchilik va bog`dorchilikka
moslashgan sug`oriladigan maydonlardagi jamoa, shirkat, fermer va aholining
shaxsiy xo’jaliklarida qoramollarning sersut va sut-go’sht maxsuldorli zotlari
urchitiladi. Aholining go’sht va sut mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishda
qoramolchilikni jadal rivojlantirish, uning mahsuldorligini yanada oshirish,
ayniksa, kagga axamiyatga ega.
Qoramollar ustida naslchilik-selektsiya ishlarining samarali olib borilishi
natijasida yangi mahsuldor zotlar, zot guruxlari va xillari yaratilmokda. Jumladan,
dunyo miqyosida qoramollarning 1000 dan ortiq, MDX dagi davlatlarida 55 ga
yaqin zot va zot guruxdari mavjud. O’zbekistonda qoramol go’shti va sut
mahsulotini ko’paytirish chorvachilikka ixtisoslashgan xo’jaliklar, komplekslar,
6
xo’jaliklararo korxonalar, jamoa-shirkat va fermer xo’jaliklari, sut-tovar fermalari
va aholining shaxsiy xo’jaliklari zimmasiga yuklatilgan. Respublikamizda go’shtga
topshiriladigan har bir qoramolning o’rtacha tirik vaznini 380-400 kilogrammga
etkazish imkoniyati mavjud. Ilg`or tajriba go’shtga topshirilgan qoramollarning
tirik vaznini 450-500 kilogrammga va sigirlardan sog`ib olingan sut miqtsorini
4000-4200 kilogrammga etkazish
mumkinligini ko’rsatmokda.
O’zbekistonning XXI asrdagi qoramolchilik tarakqiyoti istiqbollari nodavlat
xo’jaliklarining shakllanishi va uning rivojlanish odimlariga bog`liq. Shirkat,
fermer va dexkon xo’jaliklarida podani samarali tashkil etish, mollar
maxsuldorligini oshirish, texnologiyami takomillashtirish, ozuqabop ekinlar
xosildorligini oshirish asosida har bir bosh shartli molga va bir gektar
sug`oriladigan er maydon xisobiga maxsulot ishlab chiqarish xajmini oshirish davr
talabi. Shunda respublika axolisini chorvachilik maxsulotlari — sut, go’sht va
tuxum bilan to’la ta`minlash imkoniyati yaratiladi. Nodavlat xo’jaliklarini
rivojlantirish, uni ixtisoslantirish va jadallashtirish respublika koramolchiligidagi
bosh vazifa hisoblanadi. Malakali mugaxassislar, fermerlar va barcha chorvachilik
xodimlaridan uning imkoniyatga boy bo’lgan omillarini ishga solish talab qilinadi.
Shubois, go’sht yunalishiga mahsus koramol zotlari xususiyatlarini urganish va
imkon kadar ulardan foydalanish maqsadida bitiriuv malakaviy ish mavzusi
tanlandi.
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi: Go’sht ishlab chiqarish maqsadida
kupincha sut yunalishidagi qoramollarnin` erkaq buzoqlari va mahalliy sigirlardan
foydalanimoqdamiz. Lekin, kam sut beradigan mahalliy sigirlarni mahsus go’sht
yo’nalishidagi zotli buqalar bilan chatishtirish natijasida olinishi mumkin bo’lgan
duragaylarning go’sht mahsuldorligi yuqoriligi Amudaryo quyi oqimidagi
yaylovlarda isbotlangan. Shu bois, Canta-gertruda zotli bukalar va maxalliy
sigirlarni chatishtirish natijasida olingan buzoqlarning ravojlanishini va go’sht
maxsuldorligini o’rganish bakalabr bitiruv ishida maqsad qilib olindi.
7
Mazkur ishda oldimizda turgan asosiy vazifalar quydagilardan iborat:
1. Chatishtirish uchun tanlab olingan mahsuldor Santa-gertruda zotli buqalar bilan
mahalliy sigirlarni urug`lantirish va sermahsul duragaylarni olish;
2. Olingan 1/2 santa-gertruda X 1/2 mahalliy qoramollar duragaylarini go’sht
etishtirishning mahsus texnologiyasi bo’yicha oziqlantirish va parvarish qilish
uslublarini o’rganish;
3. Yaylovlarimizdan tejamkorlik bilan foydalanishda mahsus go’sht yo’nalishidagi
nasildor
buqalarning
duragay
buzoqlarining
go’sht
ishlab
chiqarish
imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
8
I.BOB ADABIYoTLAR ShARHI
Mamlakatimizda koramolchilik kadimda hayvonlarni xonakilashtirish bilan
ularning mahsuldorlik sifatlari hamda baquvvat ishchi kuchini yaxshilashga e`tibor
berib tanlash va saralash ishlari olib borilgan. Lekin bu boradagi ish uslubi
xususida ma`lumotlar kam uchraydi.
Shuning uchun chorvachilik va ayniksa, koramolchilik fanining ilk bor
ajdodlarimiz tomonidan kanchalik tashkil etilganligi to’g`risida biron bir dalil
keltira olmaymiz. Ammo tajribali chorvadorlar tomonidan amaliyotga yaqin
bo’lgan urchitish, saralash va saqlash ishlari kabilalar va shaxsiy xo’jaliklarda
puxta olib borilganiga imonimiz komil. Ota-bobolarimiz chorvachilik borasidagi
bilimlarini avloddan-avlodga qoldirib, o’rgatib kelishgan. Bunga misol kilib xar xil
mintakdlarda yaratilgan mahalliy qoramollar, ularning Hindiston urkachli mollari
bilan chatishtirilgan zebusimon duragay mollarining bir necha xillari mavjudligini
ko’rsatib o’tish mumkin.
O’zbekistonda qoramolchilikning mustakil fan sifatida o’kitilishini 1910-
1915 yillardan boshlab izoxlash mumkin. 1932 yili chorvachilik tajriba
stantsiyasining tashkil etilishi bunga asos bo’lgan. Shundan boshlab
chorvachilikning barcha sohalari va ayniksa, qoramolchilikni taxlil kilish, mavjud
qoramollarni o’rganish va ularga to’liq xarakteristika berishdek ilmiy-tadkikot
ishlari amalga oshirilgan. 1915-1916 yillarda tashkil qilingan tajriba maydonlari va
stantsiyalari ilk bor ilmiy tashkilotlar uchun poydevor bo’ldi, desak xaqiqatga
to’g`ri keladi. Bu davrlarda ilmiy
ish olib borgan olimlardan V.I.Gromova, K.K.Sakovskiy, I L.Movshovich,
V.F.Denisov,
V.V.Zyuzyukin,
3.I.Savitskaya,
I.V.Shirlov,
Z.S.Sokolova,
T.F.Tavildarova, V.A.Trofimovskiy, P.M.Pushkarev, M.Gorshkova,
A.K.Lvovich, V.A.Shchikin, P.F.Kiyatkin va boshkalarning nomlarini kedtirish
mumkin.
Ular O’zbekistonda chorvachilik fanini tashkil etishda hamda mahalliy kadrlarni
tayyorlashda ulkan xissa qo’shishgan. Samarkand kishloq xo’jaligi institutida
9
professor P.M.Pushkarev, Toshkent qishloq xo’jaligi institutida V.A.Shchikin,
O’zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutida professor P.F.Kiyatkinlarning
shogirdlari etuk chorvador olim bo’lib etishib chiqishgan.
Shulardan akademik A.Rahimov, N.O.Mavlonov, Yu.R.Kurbonov va
boshqalarni keltirish mumkin. Ulardan ayniqsa, N.O.Mavlonov qoramolchilik
soxdsi bo’yicha ko’plab kadrlar tayyorlagan xamda qoramolchilik fanini
rivojlantirishga katta hissa qo’shgan.
1939 yili O’zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutaning tashkil
etilishi chorvachilik fanida burilish yasadi. Chorvachilikning ilmiy va amaliy
asoslarini o’rganishga sharoit yaratildi. Chorvachilikning barcha soxalari bo’yicha
laboratoriya va bo’limlar tashkil etilib, shu soxdning muammolari bo’yicha ilmiy
ishlar olib borildi. Qoramolchilik borasidagi ilmiy ishlarga o’sha kezda
T.F.Taviddarova, F.F.Eysner, A.K.Lvovich A.A.Atbashyanlar boshchilik qilishdi.
Qora-ola, qizil cho’l, shvits va bushuev zotlarini shakllantirishda ulkan xissa
ko’shishdi. O’zbekistonda chorvachilikni ilmiy asosda rivojlantirish, ayniqsa,
1957-1960 yillardan boshlab avj oldirildi. Bunga chorvachilik ilmiy-tadkikot
institutida 1957 yildan e`tiboran ochilgan aspirantura va unga iste`dodli
yoshlarning kabul qilinishi juda qo’l keldi.
Dunyoga tanilgan akademik-professorlardan V.M.Yudin, S.N.Bogolyubskiy,
G.I.Azimov va boshkalarning maktabini o’tagan maxalliy kadrlarning institutga
ishga kelishi uning saloxlyatini ko’tarib, chorvachilik ilm-fanining nazariy
asoslarini boyitdi. Qoramolchilik va oziklantirish borasida qishloq xo’jaligi fanlari
akademiyasining akademigi xamda muxbir a`zolari, O’zbekiston Respublikasida
xizmat ko’rsatgan fan arboblari Sh.A.Akmalxonov, U.N.Nosirov, K.Q.Qoriboev
yaratgan ilmiy makgabni aloxida ko’rsatish mumkin. Akademik Sh.A.Akmalxonov
va uning ilmiy maktabi sutchilik ishining nazariy va amaliy asoslarini, sigirlar
maxsuldorligini oshirish va sut sifatini yaxshilash, sut ishlab chikarish
texnologiyalariga bag`ishlangan fanning yangi kirralari va jadallashgan uslublarini
ishlab chikib, respublika xo’jaliklarida keng tatbiq qilgan. Olimning mollarni
10
biologik xususiyatlari, sutning sifatini yaxshilash, sut ishlab chiqarish
texnologiyasining samarali echimlariga bag`ishlangan qator ilmiy asarlari
muhim ahamiyatga ega. Professor U.N.Nasirov va uning ilmiy maktabiga
go’shtdor kormolchilikni yaratish, mollar maxsuldorligini oshirish va uning
sifatini yaxshilash, go’sht ishlab chikarish texnologiyalariga oid bo’lgan fanning
nazariy va amaliy asoslari xosdir. O’zbskistonda gushtdor qoramolchilikni yaratish
uslublari ishlab chiqilib amaliyotga keng tatbik kilindi. Bu soxa bo’yicha
o’tmishdagi Amudaryo del`tasi kamishzorlarida santa gertruda, qozoqi oqbosh
zotlari va ularning maxalliy sigirlar duragaylarini urchitish ishlari O’zbekiston
chorvachilik ilmiy-tadkikot institutida Qoraqalpog`iston filiali olimlari ham xissa
qushdilar. Qoramol go’shtining shakllanish biologik xususiyatlari ilmiy asoslanib,
undan jadallashtirilgan texnologiyalarda keng foydalanishdagi amaliy asoslar,
go’shtchilik komplekslari, xo’jaliklararo bo’rdoqichilik korxonalarining samarali
texnologiyalari ko’plab ilmiy asarlarda atroflicha yoritilgan. Mazkur maktabdan
respublika koramolchilik va go’shtchilik faniga ulkan hissa qo’shayotgan qishloq
xo’jaligi fanlari doktorlari, professorlar I.Xidirov, Z.To’raqulov, K.Xabibulin,
A.Qaxxorov, B.Abdalniyazov, B.Abdirov va boshqa ko’plab etuk olimlar etishib
chiqkan.
Qora-ola zotli mollar sermaxsuldorligi, bukatizimlari, sigirlar
oilalarini yaratish va zotni takomillashtirish, yosh nasldor mollarni parvarishlash
xamda soxaning nazariy asoslaridan immuno-genetika ilmiy tadqiqotlari bilan
koramolchilik fanini boyitgan professorlardan E.Yu.Karchevskiy, M.Ashirov,
S.I.Shodmonov, P.S.Sobirov va I.Maxsudovlarni alohida ko’rsatib o’tish lozim.
Qoramolchilikka oid ilm-fan keyingi 30-35 yil davomida, ayniqsa, rivoj
topdi. Fanning ko’plab nazariy asoslari yaratildi.
Amaliyotga zotlarni takomillashtirish, yosh mollarni jadal parvarishlash, sut
va go’sht maxsulotlari ishlab chiqarishning samarador texnologiyalari yaratildi va
amaliyotga tavsiya etildi. 1960-1994 yillar davomida respublika koramolchiligi
jadal rivojlandi.
11
Mollar maxsuldorligini keskin oshirishga erishilib, rayonlashtirilgan
qoramol zotlarini takomillashtirgan xolda yangi maxsuldor podalar yaratildi va
soxaning naslchilik bazasi barpo etildi.
Sanoat usulida samarali faoliyat ko’rsatgan sutchilik va go’shtchilik
komplekslarining ish tajribasi keng joriy etildi. Ularda sut maxsuloti ishlab
chiqarish birmuncha ko’garilib, ish unumdorligi va xo’jalik rentabelligini
oshirishga erishildi.
Davlat naslchilik zavodlarida sigirlarning sut maxsuldorligi 4000-4200
kilogrammgacha etdi. Naslchilik yadrolarida esa 5000-6000 kilogrammdan xam
oshirildi. Mollarning irsiy maxsuldorlik xususiyatlari yaxshilandi. Eng ko’p sut
beradigan sigirlar parvarish kilina boshlandi. Mollarning yukori irsiy maxsuldorlik
xususiyatlarini oshirish, texnologiyalardan samarali foydalanish usullariga joriy
qildi va undan unumli foydalanish tadbiriy choralari ko’rildi. Go’shtchilik
komplekslari
va
xo’jaliklararo
bo’rdoqichilik
korxonalarida
go’shtga
topshiriladigan koramollarning tirik vazni 500-520 kilogrammgacha etkazildi.
Dongdor
chorvadorlarning
buyuk
namoyondalari
faoliyat
ko’rsata
boshladi.Toshkent viloyatidagi “Qizil shalola” tajriba xo’jaligining moxir sut
sog`uvchi operatori A.I.Chudnaya yuqori samaraga erishib, davlat mukofotlariga
sazovor bo’ldi. U sobiq itgifokda yagona bo’lgan bir yo’la 180 sigirni sog`ish
texnologiyasini boshkardi.
Qoramolchilik fanining xali ko’plab ochilmagan qirralari mavjud. Ular
mollar maxsuldorligini keskin oshirishdagi, selektsion-genetik, biotexnologik,
bioinjenerlik, oziq moddalardan yanada samarali foydalanishdagi biologik va
xokazo nazariy echimlardir. Qoramolchilikni va bu boradagi fanni rivojlantirishda
rus olimlari qo’shgan ulushni alohida ta`kidlab o’tishimiz kerak.
Shunday olimlar qatoriga A.F.Middendorf, N.P. Chirvinskiy,
P.N.Kuleshov, M.I.Pridorogin, E.A.Bogdanov, M.F.Ivanov, E.F.Liskun,
I.S.Popov, A.A.Moligonov, F.F.Eysner, A.P.Kalashnikov, D.L.Levantin va
boshkalarni kiritish mumkin. Ularning ilmiy asarlari, yaratgan ta`limotlari va
uslublari xamisha biz uchun dastur bo’lib qoladi. Masalan, buzoqlarni yoshligidan
12
boshlab oldindan mo’ljallangan maqsadni ko’zlab oziqlantirish bilan ularning
ekster`er va konstitutsiya turlarini hamda maxsuldorlik ko’rsatkichlarini ham
o’zlashtirish mumkinligi haqida zootexniya fanining asoschilaridan E.F.Liskun
(1961), N.P.Kuleshov (1949), E.A.Bogdanov (1947) lar yozgan edilar. Aynan,
yosh xayvonlarni mo’l-ko’l boqish kerakligini ta`kidlab, bunda alohida saralangan
to’da xususiyatlarini hisobga olish kerakligini uqtiradi. (R.Xamroqulov,
K.Karibaev, Qishloq xo’jalik xayvonlarini oziqlantirish, Toshkent, 1999 yil, 176
bet)
Hulosa kilib aytsak, chorvachilikning etakchi sohalaridan bo’lgan
koramolchilik axolini sut va go’sht maxsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan
ta`minlaydi. Dunyo mikyosida va shu jumladan, Uzbekistonda 1970—1995 yillar
mobaynida koramolchilik tez sur`atlar bilan rivojlandi. Qoramol zotlari va ularning
maxsuldorligi ko’payib bordi. Lekin 1996—1998 yillarda O’zbekistonda jamoa
chorvachilik nodalat xo’jaliklariga aylantirilishining dastlabki davrida xamda
oziqabop ekinlar asosiy maydonlarining kiskartirilishi, ozika etishtirish xajmining
kamayishi, mollarni oziklantirish me`yori va to’yimlik darajasining pasayishi
bilan
mollar maxsuldorligi darajasi talabga javob berolmay qoldi. Bu esa mo’l ko’l
chorvachilik
maxsulotlari
ishlab
chikarish,
xalkimizning
chorvachilik
maxsulotlariga bo’lgan extiyojini to’la qondirishga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda.
Qoramolchilikdagi bu muammolarni xal kilish fan va ishlab chikarish ollida
turgan dolzarb vazifadir.
A.Sadovskiy, D.Sadovskayalarning ta`kidlashicha, jinsiy etilish 13 oylik va
undan katta yoshdagi g`unajinlar faqatgina yaxshi, sifatli em-xashakdan iborat
ratsionni iste`mol qilish barobarida normal rivojlanish va o’sishni ta`minlay
oladigan oshqozon sig`imiga ega bo’ladi. (Zooveterinariya jurnali, 2010 yil, 8-son,
27-29 bet)
I.N.Chernopyatov “Buzoqlarni tarbiyalash” degan maqolasida buzoqlarni
tarbiyalash ona qornida boshlanishi lozim, xuddi shu vaqtda buzoqning kelajakdagi
sog`lomligi yoki kasalligiga, kuchliligi yoki kuchsizliligiga, chiroyliligi yoki
13
beo’xshovliligiga asos solinadi: -deb yozgan edi. Uning fikricha, bo’g`oz sigirlar
ratsionida etarli darajada protein, yog`, fosfor va tuzlar bo’lishi lozim.
I.P.Duxin (1989) 6 oylikdan oshgan buzoqlar ratsionidagi proteinning 24%i
makkajo’xori proteini evaziga to’ldirilganda umumiy proteinning katta qorin
suyuqligida eriydigan qismi 50% ga teng bo’lib, proteinning ammiak sifatida isrof
bo’lishi kamaygan,
protein
va
kletchatkaning
xazmlanishi
ko’paygan.
(R.Xamroqulov, K.Karibaev, Qishloq xo’jalik xayvonlarini oziqlantirish,
Toshkent, 1999 yil, 185 bet).
Mollarning oziklantirish me`yoriga oid belgilar - semirish darajasi,
ozikalarning unumli sarfi, suyim chikimi va go’sht rangining naslga utish
darajalari uzaro keskin farkdanadi. Bir xil belgilarda bu xususiyatlar past bulsa,
boshkalarida yukori buladi.
Shuni xam aytish kerakki, go’sht-mahsuldorligi kursatkichlari uzaro uzviy
boglikdir. Masalan, buzoklarning tugilgandagi vazni zot xususiyatiga va sigirning
katta-kichikligiga boglik. Mollarning usish tezligi kanchaki yukori bulsa, ularning
semirishiga shuncha ozikalar kam sarflanadi. Yosh mollarning bir kilogramm
usishi uchun katta yoshdagi mollarga nisbatan ozikani kam sarflaydi.
Shuni uktirish kerakki, ozikalar xarajati mollarning semirish tarkibiga boglik.
Yosh mollarning semirishi asosan muskul tukimalari x,isobiga bulsa, katta
yoshdagi mollarda, esa, yor tukimalarining kupayishi xisobidan buladi. Yog
tukimalarining xosil bulishi uchun muskul tukimalariga nisbatan ozikalar xarajati
1,5-2,0 baravar ortik.
Hozirgi
kunda
go‘sht
ishlab
chiqarish
asosan
qoramolchilikdan
olinib,Respublikamizda yetishtirilayotgan umumiy go‘sht balansining 65 foizini
tashkil yetmoqda.Lekin Shunga qaramasdan axoli jon boshiga yillik talab
yetiladigan go‘sht miyor darajasida emas,SHuning uchun Hozirgi kunda
chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo`jaliklarida go‘sht yetishtirish dolzarb
hisoblanadi.
Qoramollarning go’shtdorligi buyicha selektsiya ishlarini olib borishda va
bukalarni
avlodining
go’shtdorligi
buyicha
baxolashda
mahsuldorlik
14
xususiyatlarining nasldan-naslga utishi xamda ularning uzaro korrelyatsiyasi
xisobga olinadi.
15
II. BOB Material metodika
Mollarning ekstererini to’g`ri shakllantirish uchun bug`oz sigirlar, yangi
tug`ilgan buzoqlar va tana hamda g`unajinlarni yuqori me`yorda oziklantirish talab
qilinadi. Shuni ham aytish kerakki,mollarni yuqori me`yorda oziklantirish tananing
ba`zi bir eksterer kamchiliklarini to’g`rilashga imkon bermaydi. Jumladan, orka,
bel, yag`rini, oyoqko’yishdagi kamchiliklar. Chunki bunday kamchiliklar
mollarning irsiyati bilan bog`likdir.
Mollarning tana ekstererini yaxshilashda naslchilik-selektsiya ishlari, tanlash
va saralash asosiy tadbirlardan xisoblanadi.
Mollar kanchalik saralanib borilsa, poda shunchalik tez yaxshilanadi.
Ayniqsa, buqalarni tanlab olishda saralash ishlaridan keng foydalanish tufayli
kutilgan natijaga tez va keng miqyosda erishish mumkin.
Mollar yoshligidanok. yaxshi parvarish kilinib borilsa, unda tana kismi
o’lchovlari va indekslari normal o’zgara boradi. Jumladan,O’zbekistonda ko’p
yillar davomida urchitilib borilayotgan santa-gertruda zotli mollarning tana
o’lchovlari va ekstereri hamda indekslari ularning yoshi ulg`ayishi bilan normal
o’zgara boradi (1-jadval).
1-jadval
Santa-gertruda zotli mollar ivdeksining o’egarishi,%
Urg`ochi yosh mollar, oylik
Sigirlar, yoshi
Indeks
Tug`ilganda
6
12
18
4
6
Balandoyoklik
58
53
51
51
46
46
Cho’zilganlik
90
108
115
115
117
117
Tos - ko’krakdorlik
83
84
86
87
89
90
Ko’krakdorlik
53
60
63
64
62
62
Bo’ychanlik
104
107
108
107
106
105
Go’shtdorlik
60
78
83
82
80
79
Suyakdorlik
16
16
16
16
16
16
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tananing ayrim kismlari molning yoshi
ulg`ayishiga karab xar xil me`yorda o’zgarib borgan. Tana qiya uzunligi, ko’krak
aylanasi va ket yarim aylanasi boshka tana o’lchovlariga nisbatan jadal o’zgaradi.
16
Shu o’rinda tana ndekslari o’zgarishini olsak balandoyoklik indeksi molning
yoshi ulg`ayishi bilan pasaya boradi, suyakdorlik indeksi esa bir xil qo’rsatkich
me`yorida saklanadi, ko’krakdorlik, bo’ydorlik va go’shtdorlik indekslari
g`unajinlik yoshigacha ko’tarilib boradi, sigir paytida esa pasayadi. Cho’zilganlik
va tos-ko’krakdorlik indekslari borgan sari ko’tarilib, sigir yoshiga etganida eng
yuqori bo’ladi.
Koramollar semirish shakli (konditsiyasi)nipg kuyidagi turlari mavjud:
zavod, ko’rgazma va ishchi. Ulardan,
Z a v o d shakldagi mollar o’rta semizlikda bo’lib, nasldor mollarga va ayniqsa,
nasldor buqalarga xosdir.
K o’ r g a z m a l i shakldagi mollarning tanasi chiroyli va kelishgan bo’lib, o’rta
va yuqori semizlikka to’g`ri keladi.
I sh ch i shakldagi mollar ishchi xayvonlarga xos bo’lib, semizligi o’rtacha,
muskullari tig`iz va mustahkamdir. Ishchi ho’kizlarni shakllantirish uchun
bukachalar 8-12 oyligida axtalanadi.
Yuqoridagi konditsiyalar katori b o’ r d o q i l i k shaklni xam keltirish
mumkin. Bunda mollarning bo’rdoqilangan darajasi ko’rsatiladi. Ya`ni mollar
tanasida ozik moddalarning to’planganligi oqsil va yog` mikdorlari bilan
aniklanadi. Jumladan, bo’rdoqiga boqiladigan yosh bukachalarda ko’prok oqsil
moddasi yig`iladi.
Katta yoshdagi mollar yoki brak qilingan sigirlar bo’rdokilanganda tanasida
yog` to’qimalari ko’proq jamg`ariladi. Shunday qilib, koramol zotlarining o’ziga
xos eksterer tana tuzilishligi bo’lib,ular yoshi ulg`ayishi bilan o’zgaradi, oziklanish
me`yori va tashki muhit ta`sirida ma`lum bir qismi ko’rsatkichlari ham o’zgarib
turadi.
17
2.1 Go’sht yo’nalishidagi qoramollarning asosiy hususiyatlari
Go’sht yo’nalishiga mansub bo’lgan barcha zot va guruhlarda moddalar
almashinuvi, o’z xususiyatiga ko’ra, iste`mol qilingan oziqlarni go’sht va yog`
tayyorlashga sarflaydi. Binobarin,’ ular tez semiradi va sarflangan em-xashak
nisbati sut yo’nalishidagi zotlarga ko’ra past bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda,
go’sht etishtirish uchun em-xashak miqdori ma`lum darajada tejalishi bilan
mahsulot tannarxi arzon va sifati yuqori bo’ladi. Chunki bu yo’nalishdagi barcha
mollarning biologik xususiyatlari qisqa vaqt ichida ko’p va sifatli go’sht
tayyorlashga moslashtirilgan.Go’shtdor qoramollarning muskuli yaxshi rivojlangan,
suyaklari birmuncha engil, tanasi keng va yumaloq ko’rinishda, sonlari semiz,
go’shtdor, gavdasi to’g`ri burchak shaklida bo’ladi. Boshi kichik, engil va yumaloq,
lekin keng; shoxlari mayda, yaltiroq, uncha uzun bo’lmaydi va yarim oy shaklini
eslatadi. Shuningdek, bo’yni kalta, keng, yo’g`on va sermuskul hamda ko’krak
qismiga birikkanligi uncha sezilmagan holda bo’ladi. Ko’kragi uzun, keng va
chuqur. Qovurg`alari uzun, yumaloq (doyra shaklida) bir-biriga yaqin joylashgan
bo’ladi. Elkasi keng va to’g`ri go’shtdorlik xususiyati yaxshi ifodalangan. Orqa
oyoqlari oldingilaridan kaltaroq va to’g`ri (tik) joylashgan. Terisi yumshoq, qalin
va dag`al. Teri ostidagi yog` qavati rivojlangan; juni qalin va quyuq, lekin ancha
nozik. Sigirlarning elini kichik, so’rg`ichlari to’g`ri joylashgan, sut bezlari uncha
rivojlanmagan holda bo’ladi
2.2 Go’sht yunalishidagi zotlarning qisqacha tasnifi
Santa-gertruda zoti. Bu zot AQShning Texas shtatidagi Santa-gertruda
okrugida yaratilgan, ancha yangi zot hisoblanadi. Bu zot chidamliligi, muhitga tez
moslasha olishi va qisqa vaqt ichida tez semirishi bilan boshqa go’shtdor zotlardan
farq qiladi. Bu zot vakillari, ayniqsa, quruq va issiq iqlim sharoitida o’zini yaxshi
his qilishi, qon (gemosporidioz va teylorioz) kasalliklariga chidamliligi bilan bir
qancha ustunliklarga ega.Santa-gertruda zoti O’zbekistondagi bir qancha
xo’jaliklarda, jumladan, Jizzax viloyatidagi Baxmal tumanida ko’paytiriladi.
18
Baxmal tumanida go’shtga boqilayotgan mollar kuniga 890 grammdan semirgani
holda tirik vazni 540-550 kg.ga etganda go’shtga topshiriladi.
Qozaqi oqbosh.Bu zot qozog`istonning cho’l zonasida yaratilgan va 1951
yili tasdikdangan. U Qozog`istonning mahalliy sigirlarini Gereford zot go’shtdor
buqalar bilan qochirish natijasida va Qalmoq zot sigirlarni Gereford buqalaridan
qochirib olingan duragaylarni bir- biriga chatishtirish asnosida vujudga keltirilgan.
Bu zot vakillarining rangi to’q qizil, gilos rangida bo’lib, boshi va tanasining ayrim
qismlari oq rangda bo’ladi. Sigirlarining tirik vazni 500-550 kg., buqalariniki 850-
950 kg. (ba`zan 1000 va undan ham og`ir) keladi. Nimtalanmagan go’sht chiqimi
53-63%, ayrim hollarda 70% va undan ham ortiq bo’ladi.Bu zot mollarning go’shti
“marmar” ko’rinishiga, ya`ni yog` va go’shti barcha qismida qavat-qavat
ko’rinishga ega bo’lib, yuqori kaloriyali va lazzatlidir. Ko’p sut beradigan
sigirlardan bir laktatsiya davrida 2200-2500 kg.gacha sut sog`ib olish mumkin.
Aberdin-angus zoti. Bu zot Angliyaning shimoliy qismida joylashgan
Aberdin grafligida yaratilgan. Zotning yaratilishida asosan mahalliy zotlarning roli
katta bo’lgan. Rangi qora va shoxsiz bo’ladi. Sigirlarining tirik vazni 560-600
kg.
(
buqalariniki 800-900 kg. keladi.Bu zot mollar tez etiluvchan, go’shti mazali va
to’yimli bo’ladi. Go’sht chiqimi vazntsga ko’ra 65- 66%, ayrim vaqtlarda 70%
gacha bo’ladi. Sigirlari bir laktatsiya davrida 1200-1500 kg. sut beradi va sutida
4,0-4,5% yog` bo’ladi.
Gereford zoti. Gereford zoti ham Angliyada mahalliy mollarni tanlash,
saralash, parvarish qilish va yaxshi oziqlantirish natijasida yaratilgan. Bu zot tez
etiluvchanligi, go’shtining sifati va go’sht chiqimi yuqoriligi bilan boshqa
zotlardan farq qiladi. Rangi qizil, boshi, ko’kragi, qorni va oyoqlari oq rangda.
Sigirlarining tirik vazni 490-580 kg., buqalariniki 800-850 kg., ayrimlariniki 1100
kg.gacha bo’ladi. So’yilganda nimtalanmagan go’sht va yog` chiqimi 65-68%,
ayrim hollarda 70% dan ham ortadi. Gereford zot sigirlarning bir laktatsiya davrida
suti 1200-1400 kg., sutidagi yog` mikdori 3,9-4,0%.Qalmoq zoti. Bu zot
19
Qoraqalpog`istonga bundan 350 yillar avval mo’g`ullar tomonidan keltirilgan.
Uzoq yillar mobaynidagi tanlash, saralash va naslchilik ishlari natijasida bu
zotning ko’p xususiyatlari (sovuqqa, noqulay ob-havo sharoitiga, kasalliklarga
chidamliligi) anchagina yaxshilandi.Qalmoq zotining rangi qizil, (ba`zan parcha-
parcha oq dog`lari bo’ladi), qizil-ola, to’q sariq va qo’ng`ir-ola bo’ladi.
Sigirlarning tirik vazni 420-450 kg., buqalarniki 600-800 kg., ayrimlariniki 900
kg.gacha bo’lishi mumkin. Go’sht chiqimi o’rtacha 57-60%. Sigirlari bir laktatsiya
davrida 650-1000 kg. sut beradi. Sutidagi yog` miqdori 4,2-4,4%. Bu zot har xil
noqulay sharoitlarga chidamliligi bilan boshqa zotlardan farq qiladi.
2.3 Go’sht yunalishidagi nasildor sigirlarni boqish
Sigirlarni boqishda ularning sut mahsuldorligi hisobga olinadi. Bo’g`oz
sigirlarni boqishda ularning tirik vazni va sog`ib olinadigan sut miqdoriga
qaraladi.Bo’g`oz sigirlarni boqishga alohida ahamiyat berish kerak. Chunki bu ular
tuqqandan keyin sut mahsuldorligi yuqori bo’lishiga imkon beradi. Tirik vazni
500-550 kg. va sut mahsuldorligi 4000-6000 kg. bo’lgan sigirlarga sutkasiga o’rta
hisobda 6-8 kg. sifatli pichan, 10-15 kg. silos yoki senaj, 7-8 kg. xashaki lavlagi, 2-
3 kg. em (yoki omixta em), shuningdek, 100-150 gr. kal`tsiy va 50-70 gr. osh tuzi
berish kerak, Lekin ularni ildizmevalar bilan boqishda ovqat hazm bo’lishi sifatini
nazorat qilib turish talab etiladi. Chunki ayrim vaqtlarda ko’p miqdorda berilgan
lavlagi ularning ovqat hazm qilish organlari faoliyatini susaytiradi.Sog`in sigirlarni
boqishda ularning sut mahsuldorligi darajaga etgunicha ratsion sifati va tarkibiga ?
alohida e`tibor berish talab etiladi. Ayniqsa, ular tuqqandan keyin 2-3 kun
mobaynida bunday tadbirlarni qo’llash foydali. Sigirlarning sutini, ayniqsa,
sutining yog`ini oshirishda emning foydasi katta, Binobarin, norma asosida berib
borishga e`tibor kuchaytirilishi kerak. Sigirlar qancha sersut bo’lsa, ularga shuncha
ko’p em berish kerak. Axap sigirlar sutdan chiqish davrida oriq bo’lsa, ularning
ratsionini 1-2 oziq birligiga ko’paytirish tavsiya etiladi. Har bir oziq birligi
hisobiga qo’shimcha ravishda 110-120 gr. xdzm bo’ladigan protein, 9-10 gr.
kal`tsiy, 5-6 gr.Fosfor va 40-50mg. Karotin berish lozim.Aks holda ular embrioni
20
sust rivojlanadi va umumiy fiziologik holatiga putur etadi. Sog`in sigirlarni
boqishda ulardan olinadigan sut va yog` miqdorini hisobga olish maqsadga
muvofiq. Shunga ko’ra, ular organizmi uchun zarur bo’lgan kimyoviy elementlar
miqdori va umumiy oziq birligi rejalashtiriladi.Sigirlar ratsionidagi quruq modda
miqdori har 100 kg.ga o’rtacha 3,0-4,0 kg.ni tashkil etishi mumkin. Kletchatka
sigirlar oshqozonida ovqat hazm bo’lishini normallashtirgani uchun uning miqdori
18-24% gacha (quruq moddaga nisbatan) bo’lishi mumkin.Agar ratsion tarkibida
kal`tsiy ortib ketsa, ovqat hazm bo’lishiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Ayniqsa, protein
va organik moddalarning, shuningdek, fosforning o’zlashtirilishi susayadi.Sigir
ko’proq silos, senaj va iddizmevalar bilan boqilganda ular ratsionida fosfor va
natriy miqdori normal bo’lishiga e`tibor berish lozim. Ratsiondagi oziq turlari
tarkibidagi mikroelementlar miqdoriga ham ahamiyat berish kerak.Sigirlar guruh
usulida boqilganda bir xil ratsiondan foydalanilsa, ularning sut mahsuldorligi bir-
biridan 1-3 kg.ga farq qilishi mumkin. Shuning uchun dag`al oziq va silos ularga
istaganicha berilsa, em va iddizmevalar kabi oziqlar bilan ularning sersutligiga
e`tibor berilgani holda ta`minlanadi.Sigirlarni bog`lamasdan boqishda boqish
normalarini taxminan 8-10% ga oshirish nazarda tutiladi. Bunda sigirlar har 100 kg.
tirik vazni hisobiga 1,5 kg. atrofida beda pichani, 2-3 kg. xashak, 2 kg. silos
iste`mol qilish hisobiga olinadi.Sog`in sigirlarning to’yimli moddalar, mineral va
biologik faol moddalarga bo’lgan talabi I sutkada bir boshga:
21
2-jadval
Tana vazni, kg
Talab etiladi
400 450 500 550 600 650
Quruq
modda, kg
12
12,5 13
13,4 13,8 14,2
Ozuqa
birligi
8,3 8,7 9
■ 9,4 , 9,7 10
Hazm.
protein, g
792 818 846 884 915 940
Xom
kletchatka, g
3400 3567 3690 3854 3977 4100
Kraxmal, g 872 914 944 986 1010 1050
Qand, g
626 644 666 696 718 740
Kal`tsiy, g
63
66
68
71
74
76
Fosfor, g
36
37
38
40
42
47
Osh tuzi, g 56
58
60
63
65
70
Sigirlarni boqishda ularning sut mahsuldorligi hisobga olinishi shart. Binobarin,
laktatsiya mobaynida sog`ib olingan sut miqdoriga ko’ra ularga beriladigan em-
xashak nisbati quyidagicha bo’lishi mumkin:
Sut miqdoriga ko’ra oziq turlarining taqsimlanishi, foiz qisobida
3-jadval
1-lakta-
tsiyadagi
suti
Dag`al
oziqlar
Sersuv
oziqlar
Ko’k
o’t
(beda)
Omuxta
em
3000
18
32
30
20
4000
14
29
27
30
5000
13
27
25
35
22
4-jadval
Har kilogramm sut uchun tavsiya etilgandan o’rtacha em miqdori
Sigirlarning sutkalik
o’rtacha suti (kg)
I kg sut uchun
sarflanadigan em
miqdori (g)
10 kg.gacha
bo’lganda
100 gacha
10-15 kg
100-150
16-20 kg
160-200
21-25 kg
250-300
25 kg.dan ortiq
bo’lganda
300-350
1-rasm. Santa-gertruda buqasi
23
2.4 Santa-gertruda zotining duragay buzoqlarini boqish va parvarish qilish
hususiyatlari
Buzoqlarni boqish va parvarish qilish qoramol podasini sog`lom, sermahsul
sigirlar va yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan baquvvat nasldor buqalar bilan
to’ldirishda muhim ahamiyatga ega. Buzoqlar har bir fermaning yo’nalishi,
etishtiriladigan mahsulot turi va ishlab chiqarishning aniq maqsadi hamda sharoiti
hisobga olingan holda boqib, parvarish qilinadi.Birinchi usul – buzoqlarni
onasidan ajratib boqish. Bu usul barcha sut-tovar fermalarida qo’llaniladi. Bunda
buzoqlar tug`ilganidan so’ng 5-10 kun davomida onasining og`iz sutidan
bahramand bo’ladi. So’ngra ular maxsus kataklarga olinadi va guruhlab boqiladi.
Og`iz suti birinchi marta buzoqlar tug`ilganidan keyin I -2 soat o’tgach, 1-1,5 kg.
miqdorida beriladi. Ularni oziqlantirishdan oldin lablari, burun va yuzi yaxshilab
artiladi. Yangi tug`ilgan buzoqlarga dastlabki kunlarda og`iz suti maxsus rezinka
so’rg`ichlar yordamida kuniga 5-6 marta berilsa, so’ngra kuniga 4 marta aniq
belgilangan vaqtda (kun tartibi asosida) beriladi. Bunda buzoqlar hamma vaqt bir
xil mikdordagi sutni yakka holda olishi mumkin. Beriladigan og`iz suti yoki sog`ib
olingan sutning harorati 37°S, toza va sifatli bo’lishi maqsadga muvofiq.Agar
buzokdagan sigirning elini kasal bo’lsa yoki sutining sifati talabga javob bermasa,
u holda bir vaqtda tuqqan yoki tug`ishiga ko’ra bir-ikki kunga farq qilgan
sigirlarning suti ichiriladi.Buzoqlarga tug`ilgan kuni 5-7 kg. atrofida og`iz suti
ichirilishi yaxshi natija beradi. Besh kunlik bo’lganida 6-10 kg.gacha ko’paytirish
mumkin. Birinchi besh kun ichida ularga 30-45 kg. og`iz suti ichirilsa, yaxshi
natija beradi.Buzoqlarni faqat sigir suti bilan boqish iqtisodiy jihatdan uncha ko’p
foyda keltirmaydi. Binobarin, ularni sun`iy sut, sersuv va dag`al oziqlar bilan
ta`minlash iqtisodiy samaradorlikka erishishda anchagina afzalliklarga ega.
Bunday tadbirlarni buzoqlar tug`ilganidan so’ng uchinchi dekadadan boshlash
lozim. Buning uchun beriladigan sigir sutining mikdori oz-ozdan kamaytirilib,
uning o’rniga yog`i olingan sut va sun`iy sut miqdori ko’paytirilib
boriladi.Ikkinchi usul – ajratib emizdirib boqish. Bu eng qadimgi usul bo’lib,
24
bunda, sigirni sog`ishdan oldin sog`ish vaqtida va sut sog`ib bo’lingach, yoniga
buzog`i qo’yib yuboriladi. Sigiri bo’lgan barcha xonadonlar ham shu usulda buzoq
boqadi va parvarish qiladilar. Bu usul hozirgi vaqtda xo’jaliklarda deyarli
qo’llanilmaydi.Uchinchi usul – buzoqlarni emizuvchi boshqa (enaga) sigirlar ga
biriktirib boqish. Buning uchun onalaridan ajratib olingan buzoqlar 2 tadan 4
tagacha qilib, mashina yordamida sog`ishga yaroqsiz yoki qari sigirlarga biriktirib
qo’yiladi. Buzoqlar o’z enagasini 2-3 oy mobaynida emib o’sadi va
rivojlanadi.Biriktiriladigan buzoqlar soni enaga sigirlarning sut mahsuldorligiga
bog`liq. Emizish uchun rejalashtirilgan sigirlar bir guruh buzoqni emizish davri
tugashi bilan yangi partiya buzoqlarni qabul qiladi. Shunday qilib, sut
mahsuldorligi 3000-3500 kg. bo’lgan sigirlar bir laktatsiya davrida 8-10-12 ta
buzoqni emizdirib, ular baquvvat va sog`lom rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi.
Bu usul ko’plab xo’jaliklarda qo’llanib kelinmoqda.To’rtinchi usul – buzoqlarni
onalariga
uzluksiz
emizdirib
boqish.
Bu
usul
go’sht
yo’nalishidagi
qoramolchilikda qo’llaniladi. Bunda sigirlar deyarli sog`ilmaydi. Poda sharoitida
yosh buzoqlar 6-8 oylik bo’lgunicha faqat onasini emib rivojlanadi. Agar talab
etilsa va sigir suti ikki buzoq uchun etarli bo’lsa, bir sigirga ikkita yosh buzoqni
ham biriktirib boqish tavsiya etiladi.Shunday qilib, buzoqlarni boqish, parvarish
qilish va rivojlantirish usullari har bir xo’jalikning mahsulot yo’nalishi va ishlab
chiqarish texnologiyasiga ko’ra qo’llanishi ko’plab ijobiy natija beradi.
2.5 Duragay yosh mollarni 6 oyligidan 2 yoshgacha boqish texnologiyasi
Buzoqlar olti oylik bo’lganida erkaklari urg`ochilaridan ajratilgan holda
maxsus xonalarda boqiladi. Bunda to’rtta guruh tashkil etish nazarda tutiladi.
Birinchi guruxda buzoqlar 9 oylik bo’lgunicha boqiladi.
Ikkinchi guruxda 9 oylikdan 12 oylik bo’lgunicha boqiladi.
Uchinchi guruxda 12 oylikdan 18 oylik bo’lgunicha boqiladi.
To’rtinchi guruhda 18 oylik g`unajinlar 2 yosh bo’lgunicha boqiladi.
25
Buzoqlar xo’jalikda qabul qilingan usulga muvofiq bog`lab yoki bog`lamasdan
boqiladi.
Nasl olish uchun mo’ljallangan erkak buzoqlarni hisobga olmaganda barcha
guruhdagi buzoqlarga 8-9.oyligidan boshlab ko’p mikdorda somon, silos va
iddizmevalar berib boqish mumkin. Agar bog`lab boqish usuli qo’llansa,
buzoqlarga
sutkasiga
uch
marta
em-xashak
beriladi.
Suvni
avtomat
sug`orgichlardan istaganicha ichadi. Bunday usulda, ko’pgina xo’jaliklarda olib
borilgan kuzatishlarga qaraganda, buzoqlar sog`lom, baquvvat va yuqori
mahsuldor bo’lib o’sar ekan. Ularga sun`iy sut berilsa, 180-200 kg. sof sut
tejaladi.Qoramollar o’sishi va rivojlanishida har kilogramm semirishi hisobiga
sarflaydigan oziq birligi miqdorining ortib borishi aniqlangan.Em-xashakning sifati
qancha past, tarkibida kimyoviy elementlar, ayniqsa, protein kam bo’lsa,
mollarning har kilogramm semirshni uchun shuncha ko’p oziq sarflanadi.Buzoqlar
sog`lom va baquvvat bo’lib o’sishi uchun 1-6 oylik buzoqlarning har 100 kg. vazni
hisobiga sutkasiga 12 gr., 6 oyliqdan katta buzoqlarga 10 gr.dan osh tuzi berilishi
lozim.Bir yoshgacha bo’lgan urg`ochi buzoqlar uchun bir yilga 400 kg. yog`i
olingan sut, 450 kg. beda pichani, 1440 kg. sifatli silos, 290 kg. omixta em, 1850
kg. yashil beda, 650 kg. yashil makkajo’xori massasi va 7,5 kg. osh tuzi
jamg`arilishi kerak.Bir yoshdan katta urg`ochi tanalarga bir yilga 450 kg. beda
pichani, 925 kg. makkajo’xori ko’k massasi, 11 kg. osh tuzi, bir bosh g`unajin
uchun bir yilga 450 kg. beda pichani, 180 kg. somon, 272 kg. omixta em, 12 kg.
osh tuzi talab etiladi.Urg`ochi tanalarning ozuqaviy moddalar bilan ta`minlanish
darajasi ularda tana vaznining ortishini aniqlash bilan baholanadi. Urg`ochi
tanalarning tana vazni 6 oylikda o’rtacha 150 kg., I yoshda – 250, 18 oylikda – 350
kg. atrofida bo’lishi lozim. Ularning urug`lantirish paytidagi tana vazni onasining
tana vaznining 75-85 foizini tashkil etishi (o’rtacha – 340-350 kg.) maqsadga
muvofiq. Urg`ochi tanalarni parvarishlashda ularni yayratish (matsion) tashkil
etilishi kerak.Podani to’ldirish uchun ajratilgan g`unajinlar tug`ishiga 2 oy
qolgandan boshlab alohida joyga ajratilishi, qo’lga o’rgatilishi va har kuni bir- ikki
marta elinlarini massaj qilish lozim. Bu tadbirlar tuqqandan keyin sut
26
mahsuldorligining 15-25 foizga yuqori bo’lishini ta`minlaydi. G`unajinlar
tug`ishiga 10 kun qolgandan boshlab tug`ish bo’limlariga o’tkaziladi, tug`ish
paytida veterinariya nazoratida bo’ladi.G`unajinlarni tug`dirish uchun alohida tinch
va toza joylar tanlanishi, tug`ishga yordam ko’rsatish jihozlari bilan ta`minlanishi
kerak. Tug`ilgan buzoqning kindigi dezinfektsiyalovchi vositalar (yod nastoykasi)
bilan ishlanadi. 15- 20 kun onasi bilan birgalikda saqlanadi. Buzoq tug`ilgandan
keyin onasi yalab quritgani ma`qul, chunki onasi tili bilan yalaganda teridagi
retseptorlarning ta`sirlanishi hisobiga buzokda emish va oyoqqa turish reflekslari
tezroq paydo bo’ladi.Buzoqni emizishdan oldin onasining elin so’rg`ichlari iliq suv
bilan yuvib tozalanishi, quritilishi, birinchi portsiya sut sog`ib olinishi va elindan
sifatli uviz suti kelayotganligiga ishonch hosil qilinishi shart. Buzoqlarga uviz
sutini iloji boricha ertaroq, ya`ni tug`ilgandan keyin 0,5-1 soat ichida ichirish
lozim, chunki uviz tarkibidagi immunoglobulinlarning ichaklar orqali qonga
so’rilishi faqatgina 36 soatgacha davom etadi.Uviz sutini kechikib iste`mol qilgan
buzoqlar dispepsiya yoki boshqa kasalliklarga tez chalinuvchan bo’ladi.Buzoqlarni
onasi bilan birga saqlaganda sigirni kuniga 3-4 marta sog`ish mumkin, bunda
buzoqning ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Buzoqning sutga bo’lgan bir kunlik
ehtiyoji hayotining birinchi 10 kunligida o’rtacha 4 litrni tashkil etadi.Sigirlar 15-
20 kun davomida bolasi bilan birga saqlangandan keyin iydirish (razdoy) bo’limiga
o’tkaziladi, bu joyda uning sut mahsuldorligi aniqlanadi, veterinariya ko’rigidan
o’tkazilib, uning sog`ligi aniqlangach, sun`iy usulda urug`lantiriladi va bo’g`ozligi
aniq bo’lgach, sog`in sigirlar guruhiga o’tkaziladi. Sigirlar uchun sut berish
(laktatsiya) davri o’rtacha 305 kunni tashkil etadi.Sigirlar tug`ishiga 2 oy qolganda
sutdan chiqariladi va alohida guruhda iloji boricha bog`lamasdan parvarishlanadi.
Sigirning sutdan chiqarilgan davrida yaxshi parvarishlanishi uning sog`lom,
baquvvat buzoq berishi va sut mahsuldorligining yuqori bo’lishiga zamin yaratadi.
27
2.6 Olingan duragay buqalarni boqish va parvarish qilish
Nasldor buqalardan olinadigan urug`ining sifati ularni boqish sharoiti va
usuliga bog`liq. Buqalarni boqishni susaytirish yoki kuchaytirish maqsadga
muvofiq emas. Chunki kuchli oziqlar bilan hamma vaqt to’ydirib boqish va
motsion tashkil etilmasligi ular tanasi va jinsiy organlarining yog` bosib ketishiga
olib keladi. Buning natijasida urug` berish xususiyati yomonlashadi. Yoki,
aksincha, sifatsiz em-xashak bilan boqish ular organizmini bo’shashtirib,
quvvatsizlantirib yuboradi. Buning oqibatida urug`ining sifati buziladi. Buqalar
oriqlab, kasalliklarga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin. Binobarin nasldor
buqalarni boqishda ilmiy jihatdan asoslangan progressiv usullar asosida ratsion
tuzish kerak. U quyidagicha bo’lishi mumkin. Masalan, buqalar qochirish davrida
foydalanilmagan tinim davrida ularning har 100 gr. tirik vazni hisobiga 1,1 oziq
birligi va 110 gr. hazm bo’ladigan protein berish mumkin. Eki ularni qochirishda
foydalanishga 100 kg. tirik vazni hisobiga 1,3 oziq birligi va 140 gr. hazm
bo’ladigan protein rejalashtirish yaxshi natija beradi.Qish oylari nasldor
buqalarning har 10 kg. tirik vazni hisobiga 1-1,5 kg. beda pichani, 1-1,5 kg.
ildizmevalar, 0,8-1 kg. silos berish mumkin. Har bir buqaning oriq-semizligi
hisobga olingan holda I sutkada 4 kg.dan 8 kg.gacha em berish mumkin.Barcha
xo’jaliklarda va sun`iy qochirish punktlarida boqilayotgan buqalar ratsioniga
(urug` olish davrida) 3-4 kg. sabzi 300-400 gr. maydalangan don (arpa, suli,
bug`doy) 150-200 gr. xamirturush kiritish tavsiya etiladi.Yoz oylarida nasldor
buqalarni yaylovlarda boqish, ko’proq harakat qildirish, talab etilgan vaqtda em,
mineral qo’shimchalar berish tavsiya etiladi. O’zbekiston sharoitida yozning issiq
kunlari mollarni 3-4 marta, hatto 5-6 martagacha sug`orish hamda salqin, lekin
nam va zax bo’lmagan toza joyda dam oldirish yaxshi natija beradi.Parvarish qilish
ishlari barcha fasllarda uzluksiz amalga oshirib borilganda nasldor buqalardan 10-
12 yil va undan ham uzoqroq foydalanish mumkin.
Nasldor buqalardan olinadigan urug`ining sifati ularni boqish sharoiti va
usuliga bog`liq. Buqalarni boqishni susaytirish yoki kuchaytirish maqsadga
28
muvofiq emas. Chunki kuchli oziqlar bilan hamma vaqt to’ydirib boqish va
motsion tashkil etilmasligi ular tanasi va jinsiy organlarining yog` bosib ketishiga
olib keladi. Buning natijasida urug` berish xususiyati yomonlashadi. Yoki,
aksincha, sifatsiz em-xashak bilan boqish ular organizmini bo’shashtirib,
quvvatsizlantirib yuboradi. Buning oqibatida urug`ining sifati buziladi. Buqalar
oriqlab, kasalliklarga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin. Binobarin nasldor
buqalarni boqishda ilmiy jihatdan asoslangan progressiv usullar asosida ratsion
tuzish kerak. U quyidagicha bo’lishi mumkin. Masalan, buqalar qochirish davrida
foydalanilmagan tinim davrida ularning har 100 gr. tirik vazni hisobiga 1,1 oziq
birligi va 110 gr. hazm bo’ladigan protein berish mumkin. Eki ularni qochirishda
foydalanishga 100 kg. tirik vazni hisobiga 1,3 oziq birligi va 140 gr. hazm
bo’ladigan protein rejalashtirish yaxshi natija beradi.Qish oylari nasldor
buqalarning har 10 kg. tirik vazni hisobiga 1-1,5 kg. beda pichani, 1-1,5 kg.
ildizmevalar, 0,8-1 kg. silos berish mumkin. Har bir buqaning oriq-semizligi
hisobga olingan holda I sutkada 4 kg.dan 8 kg.gacha em berish mumkin.Barcha
xo’jaliklarda va sun`iy qochirish punktlarida boqilayotgan buqalar ratsioniga
(urug` olish davrida) 3-4 kg. sabzi 300-400 gr. maydalangan don (arpa, suli,
bug`doy) 150-200 gr. xamirturush kiritish tavsiya etiladi.Yoz oylarida nasldor
buqalarni yaylovlarda boqish, ko’proq harakat qildirish, talab etilgan vaqtda em,
mineral qo’shimchalar berish tavsiya etiladi. O’zbekiston sharoitida yozning issiq
kunlari mollarni 3-4 marta, hatto 5-6 martagacha sug`orish hamda salqin, lekin
nam va zax bo’lmagan toza joyda dam oldirish yaxshi natija beradi. Parvarish
qilish ishlari barcha fasllarda uzluksiz amalga oshirib borilganda nasldor
buqalardan 10-12 yil va undan ham uzoqroq foydalanish mumkin.
2.7 Go’sht yunalishidagi qoramollardan olinadigan mahsulot turlari
Qoramollardan olinadigan asosiy mahsulot sut va go’sht hisoblanadi. Teri,
ichki organlari, juni, shoxi va tuyokdari qo’shimcha mahsulotdir.Qoramollar
mahsulotining mikdori va sifati faqat zotlararo farkdanmay, hatto zot ichida ham
29
ma`lum o’zgarishlarga ega, ko’plab sifatli va arzon mahsulot etishtirish ko’plab
omil va tadbirlarga bog`liq. Quyida ular haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
2.8 Duragay sigirlarning sut mahsuldorligi
Sersut sigirlarning biologik xususiyatlari.Biologiya fanidan ma`lumki, har bir
organning tuzilishi va shakli uning bajaradigan funktsiyasiga chambarchas bog`liq.
Masalan, sigirlarning kurak tishi o’tkir qirrali bo’lgani holda o’simlikni uzib olsa,
yuza qismi keng va yassilashgan oziq (jag`) tishlari uni maydalaydi. Sersut
sigirlarning sut bezlari olib ko’rilsa, ularda sut bezi to’qimasi va uning miqdori
biriktiruvchi to’qimaga ko’ra deyarli ikki marta ko’proq bo’lishi aniqlangan.
Kamsut sigirlar da esa Sigir sog`ish vaqtida sutning mikroorganizmlar bilan
ifloslangani va elinda hamma sutni sog`ib olinganiga e`tibor berish lozim. Sifatli
sut etkazish faqat qishloq xo’jaligi xodimlarining emas, balki sut sanoati
ishchilarining ham vazifasidir.Sut sog`ish va sutni saqlash ishini faqat sog`lom
kishilargina bajarishi lozim. Shuning uchun ular har oyda bir marta vrach
nazoratidan o’tishlari kerak. Terisida yara bo’lgan shaxslar va yuqumli kasallik
bilan og`rigan ishchilar sut sog`ish va sutni qayta ishlash ishlaridan tezda
chetlashtirilishi shart.Zararli pashshalarga qarshi kurashish ishiga ko’p joylarda
hozirgi kungacha ham juda katta ahamiyat beriladi, holbuki pashsha ko’p hollarda
kishilarning salomatligiga zarar beradigan turli mikroorganizmlarni tashib yuradi.
Har bir pashsha tanasida 1,5 dan 2 milliongacha mikrob bo’ladi. Shuning uchun
molxonalarga 0
G
25% li xlorofos eritmasi sepish kerak. Derazalarga sim to’r tutib,
undan kuchsiz tok o’tkazish lozim.Sanitariya qoidalari talablariga mos
kelmaydigan, chang molxonalarda sog`ilgan iflos va qaynatilmagan idishlar hamda
issikda (+ 15°S - +20°S) saqlangan sut oddiy ifloslanishi (chang, cho’p va
hokazolar tushishi) bilan birga, bakteriyalar ham uni sog`lik uchun mutlaqo
yaramaydigan holga keltirishi mumkin. Faqat sog`lom sut sog`uvchi tomonidan
ozoda va qulay molxonalarda sog`lom sigir, qo’y, biya va tuyalardan sog`ib
olingan sut toza, sifatli bo’ladi.
30
2.9 Duragay sigirlardan uzoq muddat foydalanish tadbirlari
Sigirlardan uzoq muddat foydalanish sut etishtirishni ko’paytirishda muhim
omillardan biri hisoblanadi. Qarib qolgan sigirAar go’shtga topshirilmasdan
qochirilsa, respublikamiz bo’yicha bir yilda qo’shimcha 2-3 million buzoq va 3
million tonnadan ortiq sut sog`ib olishga erishish mumkin ekan.Xo’sh, sog`in
sigirlardan foydalanish muddatini qanday qilib uzaytirish mumkin? Qanday
tadbirlar amalga oshirilsa, sigirlar qarib qolganida ham tug`ish xususiyatini
yo’qotmaydi.Sut-tovar fermalarida barcha sog`in sigirlardan foydalanish muddatini
uzaytirish, ulardan ko’plab sifatli sut va sog`lom buzoq olish muhim ahamiyatga
ega. Buning uchun, birinchidan, sigirlarni butun hayoti mobaynida yaxshi boqish,
asrash va zoogigiena qoidalari asosida parvarish qilish ishlariga alohida e`tibor
berish kerak. Ikkinchidan, sigirlarni shoshma-shosharlik bilan yaroqsizga chiqarib
yubormay, iloji boricha, ularning potentsial imkoniyatlaridan foydalanish zarur.
Uchinchidan, turli kasalliklarga uchramasligi uchun ularni o’z vaqtida emlash,
dorilash, tozalab turish kabi zooveterinariya qoidalariga rioya qilish
zarur.Sigirlardan uzoq vaqt unumli foydalanishning yana bir muhim omili
xo’jaliklarda naslchilik ishlariga, hayvonlarni tanlash va saralash tadbirlariga
alohida ahamiyat berishdan iborat. Binobarin, bu sohada barcha zootexnik va
zooinjener mutaxassislar mas`uliyat bilan ishlashlari talab etiladi.Xo’jaliklarda
mahsuldor, chidamli va uzoq yashay oladigan sigirlar etishtirish uchun ularni
buzoqlik davridan (yoshligidan boshlab) to’g`ri boqish, parvarish qilish,
organizmini chiniqtirish lozim.
31
2-rasm. Santa-gertruda sigiri
2.10 Duragay qoramollarning go’sht mahsuldorligi
Mol go‘shti mazali bo‘lishi bilan birga, iste’mol qilinadigan mahsulotlar
ichida salmoqli o‘rin tutadi. Go‘shtning to‘yimliligi uning tarkibidagi oqsil va
mikdori, kaloriyasiga bog‘liq.Molning nimtalangan go‘shti tarkibida to‘yimligi
jihatidan uncha yuqori bo‘lmagan pay, tog‘ay va suyak to‘qimalari ham bo‘ladi.
Demak, semizligiga ko‘ra mol nimtasining salmog‘i tirik vaznining 51-63% ni,
yog‘ 2-14% ni tashkil etsa, suyaklar 20% atrofida bo‘ladi.Mol go‘shtining umumiy
kaloriyasi molning oriq-semizligiga, yoshiga, jinsiga, fiziologik holatiga, boqish
usuli va hokazolarga bog‘liq bo‘lgani holda I kg. go‘shtda o‘rtacha 1800-2200
kilokaloriya bo‘lishi mumkin.Turli semizlikdagi mol go‘shtining tarkibi va
kaloriyasi
32
5-jadval
Mollarning semizlik darajasi
Tarkibi va kaloriyasi
oriq o’rtacha semiz
juda
semiz
Morfologik Lahm go’shti
60,8 59,9
56,5 52,1
tarkibi (%) Eg`i
3,30 10,3
16,1 23,1
Suyagi
21,90 17,5
15,7 16,2
Paylari
14,0 12,3
11,7 9,6
Ximiyaviy Suv
74,4 67,3
61,6 58,5
tarkibi (%) Oqsil
21,0 21,0
19,2 17,6
Eg`
3,5
10,7
18,3 23,0
Mineral
moddalar (kul)
1,1
1,0
0,8
0,9
Kaloriyasi (kilokaloriya)
1210 1810
2490 2850
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, oriq mollar go‘shtida yog‘ 3,5% bo‘lsa, yuqori
semizlik darajasiga yetkazilgach, u 23% gacha ko‘padi. Paylar oriq mollarda
14,0% bo‘lsa, yuqori darajadagi semiz mollar da 9,6% ni tashkil etadi.Kimyoviy
moddalar lahm mol go‘shtida turli miqdorda uchraydi. Masalan, mol qancha semiz
bo‘lsa, uning go‘shtida suv (58,5) va oqsil (17,6%) kamayishi bilan yog‘ miqdori
(23,0%) va kaloriyasi (2850 kkal.) shuncha ko‘payadi.Barcha go‘shtdor zotlardan
(Qozoqi, Oqbosh, Santa-gertruda, Aberdin-angus, Gereford, Qalmoq, Sharoledan)
sifatli go‘sht mahsulotlari yetishtiriladi. Yetishtiriladigan go‘shtning sifatini mollar
tirik vaqtida ham chamalash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bunda ularning
semizligi, son qismining go‘shtdorligi, yelka yo‘nalishining tekis va kengligi
hamda tanasining umumiy ko‘rinishiga e’tibor beriladi.Bundan tashqari, molning
gushtdorlik xususiyatini ifodalash uchun so‘yilgach, tortish va hisoblash usulidan
foydalaniladi. Buning uchun ularning ikkita ko‘satkichi, ya’ni so‘yim vazni va
so‘yim chiqimi hisobga olinadi.So‘yim vazni so‘yilgan molning boshi, terisi,
33
ichak-chavoqlari va baqaylaridan (oldingi oyoqlari kaft usti bo‘g‘imidan, keyingi
oyokdari esa sakrash bo‘g‘imidan olib tashlanganidan so‘ng) tashqari qolgan
nimtasining vaznidir. So‘yim vazni kilogramm hisobida ifodalanadi.So‘yim
chiqimi go‘sht nimtalari bilan ichki yog‘ miqdori qo‘shilmasining molni
so‘yishdan oldingi tirik vazniga bo‘lgan nisbatidir. So‘yim chiqimi foiz bilan
ifodalanadi.So‘yim chiqimini to‘g‘ri aniqlash uchun quyidagi formuladan
foydalanish mumkin:
S= Gn+Yoo x100
Tb
Bunda: S – so‘yim chiqimi; Gn – go‘sht nimtasining vazni; Yoo – ichki yog‘ning
vazni; Tb – so‘yishdan oldin tirik vazni.Mol go‘shti nimtadagi boshqa
to‘qimalardan ajratish usuli va darajasiga ko‘ra, bir necha guruhga bo‘linadi, ya’ni
suyakli go‘sht yoki go‘sht nimtalari; lahm go‘sht yoki suyakdan ajratib olingan
go‘sht; qora go‘sht yoki yog‘, pay, tog‘ay va limfa tomirlaridan tozalangan go‘sht
shular jumlasidan.Go‘shtning asosiy qismi muskul to‘qimalaridan iborat bo‘lgani
holda, u yosh mollarda ancha nozik, tez pishadigan va yaxshi hazm bo‘lish
xususiyatiga ega. Qari mollarning go‘shti ancha qattiq, dag‘al, uzoq vaqt pishirish
talab etiladigan hamda qiyin hazmlanadigan bo‘ladi. Shuning uchun ham ayrim
chet mamlakatlarda buzoq go‘shti yirik mol go‘shtiga nisbatan qimmat
sotiladi.Semiz mollarning go‘shti ko‘p, oriqlarniki oz, yosh mollarniki ham oz,
katta yoshdagi vakillariniki ko‘p, erkaklariniki urg‘ochilarinikiga qaraganda ko‘p
bo‘ladi. Yog‘ to‘qimasi teri ostida, buyrak va qovuq, oshqozon va ichak atrofida
ko‘proq uchraydi.
2.11 Duragay mollarni bo’rdoqiga boqish
Qoramollarning go’sht mahsuldorligini oshirishda ularni bo’rdoqiga
boqishni to’g`ri uyushtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun mollar ikki xil
usulda, ya`ni qo’lda (bo’rdoqichilik bazalari va komplekslarida) va yaylovda
semirtiriladi.O’zbekistonda tabiiy o’tzorlar va yaylovlar oz bo’lib, ular cho’l, tog`
34
va tog` etaklariga joylashgani uchun mollarni qo’lda bo’rdoqiga boqish usulidan
foydalaniladi. Mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ulardagi o’t va o’simliklar
hosildorligini oshirish zamon talabi hisoblanadi. Masalan, suv chiqmaydigan
baland maydonlarda o’sadigan g`allasimon boshoqdosh o’tlar, proteinga boy
dukkakli o’simliklar, shuningdek, sho’rlangan yaylovlardagi sho’rhok va har xil
o’simliklar qoramollar uchun yaxshi, arzon oziq hisoblanadi. Binobarin, tabiiy
yaylov o’simliklari hosildorligini oshirishda mavjud rezervlardan foydalanish,
agrotexnika va yangi texnologiya usullarini qo’llash, em-xashak miqdorini oshirish,
sifatini yaxshilash go’sht etishtirishda eng muhim omillardan hisoblanadi.
35
III. BOB. Asosiy qisim
3.1. Go’sht yo’nalishidagi 6-9 oylik buzoqlarning o’sish
sur’ati
Tajriba o’tkazilgan o’rni: Xo’jayli tumani «Qiyat» fermer xo’jaligida. Xo’jalikda
120 bosh qoramol mavjud. Fermer xo’jaligi boshlig’i Sh.Eshjanov. Tajriba
quyidagi sxema bo’yicha olib borildi.
Xo’jalikda sut ichishdan to’xtatilgan 6-9 oylik Santa-gertruda duragaylari
va mahalliy jaydari buzoqlarni bo’rdoqilikka boqish natijasida quyidagicha
ko'rsatkichlar olindi. (Jadval 1)
Go’sht
yo’nalishidagi
6-9 oylik
buzoqlarning o’sish
sur’ati
Santa-gertruda
sof holida
Mahalliy
jaydari buzoqlari
Santa-gertruda
va mahalliy sigir
duragay buzoqlari
36
6-jadval
Sut ichishdan to’xtatilgan Santa-gertruda duragaylari va mahalliy
jaydari buzoqlarni bo’rdoqilikka boqish natijalari
Buzoqlar
Tug`ilgandag
i vazni kg
(n=8)
6 oylik
buzoqnin
g tirik
vazni kg
7 oylik
buzoqning
tirik vazni
8 oylik
buzoqning
tirik vazni
9 oylik
buzoqning
tirik vazni
Santa
gertruda
zotli
buzoqlar
29-30
156-160
175-180
198-200
217-220
Obsolyut
vazni
-
127
19
23
20
Kunlik
o’simi
-
529
630.3
766.6
666.6
Duragay
buzoqlar
25-28
133.4
146.5
160.9
175.6
Obsolyut
vazni
-
-
13.5
14.4
14.7
Kunlik
o’simi
-
-
450
480
490
Mahalliy
buzoqlar
18-21
55.7
61.9
69.3
76.8
Obsolyut
vazni
-
-
6.9
7.3
7.8
Kunlik
o’simi
-
-
230.0
243.3
260.0
Tajriba boshida 6 oylik (n=8) 1-buzoqlar guruhi olinib, to’qqiz oylik
yoshigacha boqildi. Nazorat uchun mahalliy jaydari buzoqlardan guruh tuzildi
(n=8). Olti oylik davrida buzoqlarning tirik vazni 1-guruh duragay buzoqlardan
133.4 kg ni tashkil qildi. Nazorat guruhida esa -55.7 kg. Sut ichishdan
to’qtatilgandan keyingi 7 oyligida 1-guruh buzoqlarining kunlik o’sish vazni
o’rtacha 450 g, 8-oyligida 480 g, 9 oyligida 490 g ni tashkil etdi. 2-guruh mahalliy
buzoqlarining tirik vazni -71.3 kg kam bo’lgan edi. Shuningdek 7 oyligida kunlik
o’simi 230.0 g ni tashkil etdi, 8 oyligida 243.3 g ni, 9 oyligida esa -260.0 g ni
37
ko’rsatdi. 9 oylik yoshida Santa-gertruda duragay buzoqlari tirik vazni bo’yicha
mahalliy tengdoshlaridan o’rtacha 98.8 kg yo’qori natija ko’rsatdi.
3-4 rasm. Santa gertruda duragaylari va jaydari mahalliy buzoqlar
38
3.2 Qoramollarning go’sht mahsuldorligiga ta`sir etadigan omillar
Qoramollarning go’sht mahsuldorligi yuqori bo’lishi bir qancha omillarga
bog`liq. Masalan, ularning zoti, yoshi, semizligi, jinsi, boqish va asrash usuli,
shuningdek, fiziologik holati hamda tashqi muhit ta`siri shular jumlasidan. Olib
borilgan kuzatishlardan ma`lum bo’lishicha, go’sht uchun boquvga qo’yilgan
go’shtdor qoramol qancha yaxshi boqilsa, parvarish qilinsa, so’yilganda shuncha
ko’p va sifatli go’sht olinadi.Qoramol go’shti tarkibidagi inson organizmi uchun
zarur bo’lgan moddalar – oqsil, yog`, mineral tuzlar, vitaminlar, aminokislotalar,
mikroelementlar bir qancha afzalliklarga ega.Qoramolning go’sht mahsuldorligi
darajasi mollarning tirik vazni, nimtalangan go’shtining vazni, uning tarkibidagi
lahm, yog`, suyak, tog`ay va paylarning miqdori, shuningdek, go’sht nimtalaridagi
bo’lak sortlarning vazni, miqdori va nisbati, ularning to’yimligi va kimyoviy
tarkibi, nihoyat, kaloriyasi shular jumlasidan.
3.3 Mollar yoshining semirtirishga ta`siri
Yosh va yirik mollarni go’shtga semirtirishda bir qancha talablarga e`tibor
berish lozim. Masalan, yosh mollarni semirtirishda mumkin qadar ularning
ratsionida go’sht mahsulotini oshirishga imkon beradigan, biologik jihatdan
qimmatli, protein, vitamin va mineral elementlarga boy bo’lgan oziq turlarini
ko’paytirish, shuningdek, ular haddan tashqari semirib ketmasligi tadbirlari
qo’llanilishi lozim. Yosh mollar jadal usulda semirtirilsa, ular organizmida go’sht
va yog` to’qimalari tez to’planadi va rivojlanadi, binobarin go’shtdorlik darajasi
yuqori bo’ladi. Buzoqlar 12-15 oylik bo’lguncha muskul to’qimasi suyak
to’qimasiga nisbatan jadalroq o’sadi, 18 oyligida muskulining nisbiy vazni ko’proq,
suyaklarning solishtirma vazni kamroq bo’ladi. Masalan, 10-12 oylik novvoslarni
1 kg. semirtirish uchun o’rtacha 7-8 oziq birligi sarflansa, katta yoshdagi mollar
uchun 8,0-10,0 oziq birligi talab etiladi. Buzoqlar lahm go’sht etishtirish
maqsadida semirtiriladi. Shuning uchun ularni 6 oyligidan tortib rejalashtirilgan
davrgacha semirtirish mumkin. Katta yoshdagi mollarni 60-90 kun mobaynida
39
bo’rdoqiga boqish mumkin. Chunki boqish muddati cho’zib yuborilsa, ularning
tanasini yog` bosib ketadi va go’shtining sifatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.
3.4 Go’sht o’nimdorligiga mollar zotining ta`siri
Go’shtining xususiyatiga ko’ra sut uchun boqiladigan va qo’sh mahsuldor
zotlar go’shtga boqilganda yog` ichki organlarida to’planadi, nimtalarida esa
kamroq bo’ladi. Ularnint nimtasidagi lahm go’sht miqdori go’sht uchun
boqiladigan mollarnikiga nisbatan kamroq bo’ladi. Bunday mollar jadal usulda
go’shtga semirtirilganda go’sht chiqimi 50-56% ni tashkil etadi. Mollarning go’sht
mahsuldorligi ortishiga, sifati va to’yimliligi yaxshilanishiga ularning zoti va
zotdorligi salmoqli ta`sir ko’rsatadi. Bunga asosiy sabab go’shtdor zotlarning tez
etiluvchanligi, qisqa vaqt ichida yaxshi semirishi, semirishi uchun sut uchun
boqiladigan mollarga qaraganda kamroq em-xashak sarflash, go’shtdor zotlarning
buzoq va novvoslarning 15-18 oyligigacha boqilishi etarli hisoblanadi. Bunda
ularning tirik vazni sut uchun boqiladigan va qo’sh mahsuldor zotlar sigiri bilan
chatishtirish natijasida olingan buzoqlarni jadal usulda go’shtga semirtirish ishlari
keng tue olgan.
3.5 Jinsi va axtalashning ta`siri
Go’sht etishtirishda nael olishga yaroqsiz bo’lgan, sut, go’sht uchun
boqiladigan va qo’sh mahsuldor zot buzoqlar salmoqli o’rin tutadi. Ularning
umumiy soni barcha yoshdagi qoramollarning deyarli 90-95% ini tashkil etsa,
urg`ochi buzoqlar 30% atrofida bo’ladi. Ayrim vaqtlarda xo’jalikning sharoitiga va
boqish usuliga ko’ra, novvoslar axtalanadi. Lekin kuzatishlardan ma`lum
bo’lishicha, axtalangan novvoslar buqalarga ko’ra sust o’sadi. Axtalashga asosiy
sabab uLarni podada boqish uchun moyilligini oshirish, urg`ochi buzoqlar bilan
birga go’shtga semirtirishdan iborat.Urg`ochi buzoqlar go’shtga boqilganda
nimtasining vazni, sutkalik semirish uchun em- xashak sarflashi va lahm go’shti
mikdoriga ko’ra bichilgan va bichilmagan novvoslardan tubanroq bo’ladi. Lekin
go’shtining sifati, yumshoqligi, nozikligi, tarkibi va marmarsimonligi jihatidan
40
yuqori turadi. Binobarin, ularni 15 oyligigacha boqish va vaznini 350-400. kg.ga
etkazib, go’shtga topshirish tavsiya etiladi. Novvoslar va axtalangan buqachalar
15-18 oylik bo’lguncha boqilishi va novvoslar vazni 450-550 kg.
g
axtalangan
buqalar 400-450 kg. atrofida bo’lganda, ular go’shtga topshiriladi.
3.6 Boqishning ta`siri
Mollarning go’sht mahsuldorligini oshirishdagi eng muhim omillardan biri
ularni ratsion asosida to’g`ri boqishdir. Ularni sifatli em-xashak berib boqish
go’sht mahsuloti salmog`ini oshirish va go’sht chiqimini ko’paytirish ymkonini
beradi. Yaxshi boqilgan molning nimtasida suyak va paylar sifatsiz em-xashak
bilan boqilgan vakillarinikiga qaraganda 25- 30% kam, go’shtining kaloriyasi 40-
50% yuqori bo’ladi.Qoramollar em bilan boqilganda ular tez semiradi, lahm
go’shti va yog`i ko’proq bo’ladi. Ratsionida dag`al va sersuv oziqlar miqdori
ko’payib ketishi ularni semirtirish mudddtining uzayib ketishi va vazni sekinlik
bilan ortishiga sabab bo’ladi.
3.7 Qoramollarni bo’rdoqichilik bazalarida go’shtga boqish
Mollar qo’lda (bo’rdoqichilik bazalarida) boqilganda tez semiradi, lekin
etishtiriladigan mahsulotning tannarxi nisbatan qimmatroq bo’ladi. Chunki bunda
mollarga tayyorlangan va ma`lum darajada ishlov berilgan em-xashak beriladi,
shuningdek, mehnat ko’proq sarflanadi.Mollar qo’lda boqilganda olinadigan
iqtisodiy foyda bir qancha omillarga bog`liq bo’ladi. Masalan, mollarni boqish
texnikasi va texnologiyasi, boqish darajasi va tiplari, shuningdek, ularning yoshi,
jinsi va zoti shular jumlasidan. Go’shtga boqilayotgan mollarni yuqori semizlik
konditsiyasiga etkazish ko’p va sifatli mahsulot etishtirishda muhim rol` o’ynaydi
hamda olinadigan daromad ortadi.
41
3.8 Mollarni boqish va semirtirish usullari
Mollarni quyidagi maqsadda go’shtga semirtirish usuli qo’llaniladi, ular:
1. Oqish yoki och pushti (belaya telyatina) rangli buzoq go’shti etishtirish
uchun boqish. Bunda 1-2 haftalik erkak buzoqlar 3-4 oy mobaynida faqat sut
bilan boqiladi. Har bir buzoqqa kuniga 12- 16 kg.dan sut ichiriladi va
ularning sutkalik semirishi o’rtacha I kg. atrofida bo’ladi.
2. Oddiy buzoq go’shti etishtirish uchun boqish. Bunda olinadigan mahsulot
tannarxini arzonlashtirish maqsadida buzoqlar 3-4 oyligigacha sutdan
tashqari sersuv, dag`al oziqlar va em berib boqiladi, ular sutkasiga 400
gr.dan semirishiga erishish rejalashtiriladi.
3. Bebi bif deb ataladigan yosh buzoq go’shti etishtirish uchun boqish. Buning
uchun buzoqlar bir yosh bo’lguncha sifatli har xil em-xashak bilan boqiladi,
vazni 350-400 kg.ga etkaziladi. Ratsion tarkibidagi emni 30%-80%, ayrim
hollarda 90% gacha oshirish talab etiladi.
Buzoqlarni yirik (og`ir) nimta olish maqsadida boqish. Bu usulda buzoqlar 18-24
oylik bo’lgunicha yoki vazni 400-600 kg.ga etguncha boqiladi. Chunki 1,5-2 yil
davomida mollarga arzon bo’lgan ko’plab o’t (yaylovda) va pichan (qo’lda)
beriladi. Em ratsionning 25-35% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda em 40% ga
etkaziladi.
3.9 Santa-gertruda duragaylarini yaylovda boqish
Qoramollarni yaylovda boqish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Buning
afzalligi shundaki, mollar o’tlarni inson mehnatisiz iste`mol qiladi va semirish
imkoniga ega bo’ladi. Bunda samaradorlik boqish muddatiga, yaylovning
hosildorligi va o’tlar xilma-xil hamda sifatli bo’lishiga, mollarning yoshiga, jinsi
va fiziologik holatiga bog`liq bo’ladi. Mollar yaylovda 4-5 oy mobaynida boqiladi.
Mollar yaylovda boqilganda yirik, katta yoshdagilari 25- 30% semirsa, yosh mollar
42
40-60% va undan ham ko’proq semirishi mumkin.Mollarni yaylovda boqish uchun
bir qancha asosiy tadbirlarni amalga oshirish kerak. Masalan:
podani tashkil etishda mollar yoshi, jinsi, oriq-semizligiga ko’ra bir xil
bo’lishi kerak;
mol boqish uchun ajratilgan yaylov etarli va suv bilan ta`minlangan bo’lishi
kerak;
barcha tadbirlar va mollarni boqish qat`iy kun tartibi asosida olib borilishi
kerak;
mehnatni to’g`ri tashkil qilish va mehnatga haq to’lashda mollar qancha
semirganligini hisobga olish lozim;
ilg`orlar tajribasi va fan yutuqlaridan unumli foydalanish hamda boqish
texnologiyasini hudud va fasl sharoitiga ko’ra joriy qilish maqsadga
muvofiq.
Mollarni yaylovda boqish texnologiyasi bir qancha masalalarni o’z ichiga olgani
holda, ular bajarilishini talab etadi, ularning eng asosiylari quyidagilar:
Mollarni tasdiqlangan kun tartibi asosida va sutkaning ma`lum soatlarida
boqish kerak. Havo isib ketganda ularga dam beriladi. Yoz oylarida sutka
mobaynida 16-17 soat, kuz oylarida 12-14 soat atrofida boqish tavsiya
etiladi.
Mollar yaylovda boqilganda tarqalib ketmasdan, bir tekis yurishi kerak.
Buning uchun molboqar podaning old tomonida ularni nazorat qilib borishi,
sero’t erlarda mollarni ko’proq o’tlatishi kerak.
Mollar erta bilan och qoringa shudring tushgan o’tlarni emasligi kerak.
Chunki qorni shishib ketadi. Avval turli xil va boshoqli o’tlar eyishi, kun
isib shudring ketgach, dukkakli o’simliklar o’sayotgan yaylovlarda boqish
kerak.
43
Yaxshi semirgan mollarni o’z vaqtida podadan ajratib olish va go’shtga
topshirish zarur. Bunday vazifani bajarish brigadir yoki mudir zimmasiga
yuklanadi.
Mollarning semirish darajasini aniqlash uchun ular och holida erta bilan
tarozida tortiladi.
Semirgan mollarni uzoq masofaga harakat qildirmaslik kerak. Umuman,
poda sutkasiga 12- 15 km.dan ortiq masofaga yurmasligi shart, aks holda
mollarning semizligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.
Mollar yoz kunlari salqin joyda dam olishi, qolgan fasllarda shamol va zaxdan
ehtiyot qilinishi kerak
3.10 Mollarni go’shtga boqishda biologik faol moddalardan foydalanish
Barcha turdagi biologik faol moddalar ichida vitamin, ferment, antibiotik va
mikroelementlar mollarni jadal usulda boqishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilikda mollarni tez o’stirish imkonini beradigan antibiotiklarning turi
ko’p bo’lib, ularning asosiylari: biomitsin, terramitsin, kormogrizin, batsitratsin,
adreomitsindir. Bu moddalar vitamin va mikroelementlarga qo’shib berilsa,
samaradorlik yuqori bo’ladi.Fermentlar moddalarning sintezlanishi va hazm
qilinishini tezlashtiradigan biologik katalizatorlardir. Ular mikrobiologiya
sanoatida tayyorlanadi va foydalanish uchun tarqatiladi. Chorvachilikda
ishlatiladigan ferment turlari ko’p, lekin hozirgi vaqtda orizin, avamorin, terrizin
kabi turlari ko’p ishlatiladi.
44
XULOSA
1. Tajriba uchun tashkil etilgan Santa-gertruda va mahalliy sigirlardan olingan
duragaylar tirik vazni bo’yicha 98.8 kg farq qilgan edi. Keyingi 7-9 oylik o’sish
davomida ham kunlik o’sish sur’ati bo’yicha (vazni bo’yicha) ham ancha farq
qilganligi aniqlandi.
2. 7 oylik yoshida mahalliy jaydari mol buzoqlari kunlik o’simi o’rtacha 230 g dan
oshmadi. Tajribadagi Santa-gertruda duragaylarining kunlik o’simi ikki barobarga
yaqin yo’qori bo’lganligi aniqlandi, yani 450 g ni tashkil etdi.
3. 8 oylik yoshida birinchi tajriba guruhimizda o’rtacha tirik vazni 160.9 kg ni
tashkil etdi. Absalyut o’sim 14.4 kg, kunlik o’sim 480 g ni olish imkoniyati
borligini ko’rsatdi.
4. 9 oylik yoshidagi Santa-gertruda duragaylari 1-guruhda o’rtacha tirik vazni
175.6 kg ni, absolyut o’sim -14.7 kg, kunlik o’sim 490 g yaylov sharoitida o’sish
mumkin ekanligini isbotlamoqda.
TAVSIYA
Tajriba natijalari bo’yicha Santa-gertruda zotining mahalliy sigirlardan tug’ilgan
buzoqlarining tirik vaznining yuqoriligi, kunlik o’simining o’rtacha 400 g ni
tashkil etishi va tez yetiluvchanligini inobatga olib go’sht yunalishidagi fermer
xo’jaliklar podalarini yo’qorida qayd qilingan Santa-gertruda duragaylarini
o’rchitish va ko’paytirishni tavsiya etish mumkin.
45
IV.BOB Hayot faoliyati havfsizligi
O’zbekiston Respublikasi Bazirlar Kengashining 19.07.2011 y. № 208 sonli
«Xalqning’ er silkinishlar oqibatida yuzaga keladigan favqulodta vaziyatlarda
(ta`biiy va texnogen tu`rdagi) ha`rakat etishda tayarlash kompleks da`stu`rin
tasdiqlash haqida»g`i qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliginin’ 22.07.2011
y. №310 sonli buyrug`in boshilikga olinib va o’rinlash maqsadida «Hayot
qavfsisligi» fa`ni barcha ta`lim yonalishi buyicha talabalarga oquv jarayonida
urgatish uchun, bakalavr mutaxassislik bitiruv ishlarin o’rinlashda fannin` huquqiy
asoaslari kiritildi.
4) binoan «Hayot faoliyati havsizligi» fanini barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha
talabalarga o’quv jarayonida o’rgatish uchun, svgistr dissertatsiyasini va bakalavr
malakaviy bitiruv ishini bajarishda fanning huquqiy asoslari kiritildi.
“Jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erinliklarini ximoya qilish
ta’minlanganda u chinakam huquqiy fuqarolik jamiyati bo’ladi. Har bir kishi o’z
huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o’z huquqi va
erkinliklarini ximoya qila olishi lozim. Buning uchun avvalo mamlakatimiz
aholisining huquqiy madaniyatini oshirish zarur” (İ. Karimov. O’zbekiston XXI
asrga intilmoqda, 31 – bet).
XX asrning 60 – yillaridan boshlab faoliyat ko’rsatib kelgan fuqaro
mudofaasi tizimining asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat
aholisini yalpi qirg’in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush
sharoitida xalq xo’jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda
halokat o’choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga
oshirishdan iborat edi.
Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in qurollari emas, balki boshqa
xavf – xatalar ham tahdid solib turadiki, ularni nazardan chetga qochirish aslo
mumkin emas. Bular turli tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda
vaziyatlardir.
90 – yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan
foydalanish cheklab qo’yildi, yangi – yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki,
46
ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki iqtisodiyot ob’ektlarini ishdan
chiqarishga qaratilgan edi. Bular hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi
bir tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.
Fuqaro mudofaasi o’rnini bosishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi
favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat
tizimi egallishi, u tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilishi lozim edi. Bu tizim aholini favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa
muhim tadbirlarni: tabiiy ofatlardan xavfli hududlar xaritalarini tuzish, seysmik
mustahkam bino va inshootlarni qurish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash
ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim edi.
Shu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi.
Favqulodda vaziyatning o’zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish
deganda nimani ko’zda tutishimiz lozim?
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’lig’i yoki atrof
tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda
odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish –
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari,
vositalari tizimi, sa’y – harakatlari majmui.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oldindan o’tkazilib, favqulodda
vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y
bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan
zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar ro’y
berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga
etkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek
favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar tasirini
47
tugatishga qaratilgan avariya – qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan
boshqa ishlar kompleksi.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
qo’yilgan dadil qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro
muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshqarma
negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF –
1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi.
Vazirlik faoliyat yurita boshlagandan so’ng aholi va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi bir qator
qonuni va qarorlar qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |