«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


-rasm. Geologik kesmalar turlari



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
5.5-rasm. Geologik kesmalar turlari:
I-I – ko’ndalang 
kesma; II-II – bo’ylama kesma; III-III – diagonal kesma; 
IV-IV – tektonik buzilishga nisbatan ko’ndalang qilib 
tuzilgan kesma (M.A.Jdanov, 1981). 1 – tog’ jinsining 
yo’nalishi va og’ishi; 2 – buzilish yo’nalishi 
Bo’ylama kesma (qatlamlar cho’ziqligi bo’ylab) 
ham konning tektonik tuzilishini o’rganish uchun 
tuziladi. Mohiyatiga ko’ra kesma bir qator ko’ndalang 
kesmalarni taqqoslab tuziladi va ularni to’ldiradi. 
Qayd qilinganlardan tashqari jinslarning cho’ziqligiga va yotishiga diagonal 
qilib tuziladigan kesmalar ham mavjud. Bunday kesmalar buzilishlarni va jinslardagi 
fatsial o’zgaruvchanlikni diagonal yo’nalish bo’yicha o’rganish uchun zarur. 
Quduqlar bo’yicha tuziladigan kesma geologik yoki struktura xaritasi 
masshtabida tuziladi. Agar xaritaning masshtabi juda kichik bo’lsa-yu, tuziladigan 
kesmada turli geologik elementlarni ko’rsatish zaruriyati tug’ilsa, kesma geologik 
xaritaning masshtabidan yirikroq masshtabda tuziladi. Qatlamlarning enkayish 
burchagining kesmada o’zgarib ketishining oldini olish maqsadida uning gorizontal 
va vertikal masshtabi bir xil qilib olinadi. Quduqlar bir-biridan juda katta masofada 
joylashganda (mas., platformada) kesmalar turli masshtabda tuziladi, agarda kesmani 
vertikal bo’yicha mufassal o’rganish zaruriyati tug’ilsa, u yirikroq masshtabda 
tayyorlanadi. Kesmada quduqlar oralig’idagi qatlamlarda paydo bo’lgan uzulishlarni 
bir varaq qog’ozda joylashtirish uchun kesmani bir xil masshtabda tuzilgani 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Kesma yer yuzasining turli tomonlari bo’yicha tuziladi va chapdan o’ngga: 
janub-shimol, janubiy-g’arbiy-shimoliy-sharq, g’arb-sharq, shimoliy-g’arb-janubiy-
sharq yo’nalishlari bo’yicha joylashtiriladi. 
Kesmani tuzishda quyidagi tartibga rioya qilinadi: 
1) dengiz yuzasining sath chizig’i o’tkaziladi va kesmaning chap tomonida 
vertikal masshtab chiziladi; 


69 
2) dengiz sathini ifodalaydigan chiziqda qabul qilingan masshtabda quduqning 
kesmadagi o’rni nuqtalar bilan ko’rsatiladi; 
3) ko’rsatilgan nuqtalardan quduq tanalari vertikal chiziq holida o’tkaziladi va 
quduq amplitudalari masshtabda ifodalanadi; altitudalar (metrlarda ifodalangan 
mutlaq balandlik) belgilarini birlashtirib, kesmaning yo’nalishi bo’yicha relef yuzasi 
sxematik shaklda ifodalanadi; 
4) quduq tanasiga parallel qilib, ikkinchi chiziq o’tkaziladi va shartli belgilarda 
quduq kesimining ustuni chiziladi. 
5) quduq kesimlari taqqoslanib, yakuniy geologik kesma chiziladi. 
Kesimlarni taqqoslashda hamma quduqlarning kesimidagi qatlamlarning ketma-
ket qatlanib joylashishiga alohida e’tibor beriladi. 
Qatlamlarning ketma-ket joylashishida alohida stratigrafik birliklarning tushib 
qolishi yoki alohida nome’yorliklarning mavjud bo’lishi mumkin. Bular o’z 
navbatida tog’ jinslarining stratigrafik nomuvofiq yotishidan yoki tektonik buzilish 
mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin bunday nome’yorliklarning quduq kesimida 
uchrashiga alohida e’tibor berish lozim, chunki ular birgalikda tog’ jinslarining 
nomuvofiq yotish sababini aniqlashga imkon beradi hamda buzilish yuzasining 
kesma tekisligi bilan kesishganligini bildiradi.
5.6-rasmda qazilgan quduqlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan 
geologik kesma keltirilgan. Kesma yuqorida qayd etilgan tartibda tuzilgan. 


70 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish