5.5-rasm. Geologik kesmalar turlari:
I-I – ko’ndalang
kesma; II-II – bo’ylama kesma; III-III – diagonal kesma;
IV-IV – tektonik buzilishga nisbatan ko’ndalang qilib
tuzilgan kesma (M.A.Jdanov, 1981). 1 – tog’ jinsining
yo’nalishi va og’ishi; 2 – buzilish yo’nalishi
Bo’ylama kesma (qatlamlar cho’ziqligi bo’ylab)
ham konning tektonik tuzilishini o’rganish uchun
tuziladi. Mohiyatiga ko’ra kesma bir qator ko’ndalang
kesmalarni taqqoslab tuziladi va ularni to’ldiradi.
Qayd qilinganlardan tashqari jinslarning cho’ziqligiga va yotishiga diagonal
qilib tuziladigan kesmalar ham mavjud. Bunday kesmalar buzilishlarni va jinslardagi
fatsial o’zgaruvchanlikni diagonal yo’nalish bo’yicha o’rganish uchun zarur.
Quduqlar bo’yicha tuziladigan kesma geologik yoki struktura xaritasi
masshtabida tuziladi. Agar xaritaning masshtabi juda kichik bo’lsa-yu, tuziladigan
kesmada turli geologik elementlarni ko’rsatish zaruriyati tug’ilsa, kesma geologik
xaritaning masshtabidan yirikroq masshtabda tuziladi. Qatlamlarning enkayish
burchagining kesmada o’zgarib ketishining oldini olish maqsadida uning gorizontal
va vertikal masshtabi bir xil qilib olinadi. Quduqlar bir-biridan juda katta masofada
joylashganda (mas., platformada) kesmalar turli masshtabda tuziladi, agarda kesmani
vertikal bo’yicha mufassal o’rganish zaruriyati tug’ilsa, u yirikroq masshtabda
tayyorlanadi. Kesmada quduqlar oralig’idagi qatlamlarda paydo bo’lgan uzulishlarni
bir varaq qog’ozda joylashtirish uchun kesmani bir xil masshtabda tuzilgani
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kesma yer yuzasining turli tomonlari bo’yicha tuziladi va chapdan o’ngga:
janub-shimol, janubiy-g’arbiy-shimoliy-sharq, g’arb-sharq, shimoliy-g’arb-janubiy-
sharq yo’nalishlari bo’yicha joylashtiriladi.
Kesmani tuzishda quyidagi tartibga rioya qilinadi:
1) dengiz yuzasining sath chizig’i o’tkaziladi va kesmaning chap tomonida
vertikal masshtab chiziladi;
69
2) dengiz sathini ifodalaydigan chiziqda qabul qilingan masshtabda quduqning
kesmadagi o’rni nuqtalar bilan ko’rsatiladi;
3) ko’rsatilgan nuqtalardan quduq tanalari vertikal chiziq holida o’tkaziladi va
quduq amplitudalari masshtabda ifodalanadi; altitudalar (metrlarda ifodalangan
mutlaq balandlik) belgilarini birlashtirib, kesmaning yo’nalishi bo’yicha relef yuzasi
sxematik shaklda ifodalanadi;
4) quduq tanasiga parallel qilib, ikkinchi chiziq o’tkaziladi va shartli belgilarda
quduq kesimining ustuni chiziladi.
5) quduq kesimlari taqqoslanib, yakuniy geologik kesma chiziladi.
Kesimlarni taqqoslashda hamma quduqlarning kesimidagi qatlamlarning ketma-
ket qatlanib joylashishiga alohida e’tibor beriladi.
Qatlamlarning ketma-ket joylashishida alohida stratigrafik birliklarning tushib
qolishi yoki alohida nome’yorliklarning mavjud bo’lishi mumkin. Bular o’z
navbatida tog’ jinslarining stratigrafik nomuvofiq yotishidan yoki tektonik buzilish
mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin bunday nome’yorliklarning quduq kesimida
uchrashiga alohida e’tibor berish lozim, chunki ular birgalikda tog’ jinslarining
nomuvofiq yotish sababini aniqlashga imkon beradi hamda buzilish yuzasining
kesma tekisligi bilan kesishganligini bildiradi.
5.6-rasmda qazilgan quduqlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan
geologik kesma keltirilgan. Kesma yuqorida qayd etilgan tartibda tuzilgan.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |