«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 QUDUQLARNI BURG’ILASH JARAYONIDA



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
4.5. QUDUQLARNI BURG’ILASH JARAYONIDA
GEOLOGIK NAZORAT 
Quduqlarni burg’ilash jarayonida geologiya xizmati xodimlari tomonidan 
geologik ma’lumotlar olish hamda burg’ilash chog’ida yuzaga kelishi mumkin 
bo’lgan murakkabliklar to’g’risida (gil eritmaning shimilib ketishi, eritma aylanmay 
qolishi, ag’darilmalar yuzaga kelishi, burg’ilash uskunasining qisilib qolishi va sh.k.) 
xabardor qilish maqsadida puxta geologik nazorat tashkil etilishi lozim. 
Konchi-geolog geologik-texnik naryadda ko’rsatilgan tadqiqot ishlarining 
hammasining bajarilishiga ma’sul, uni nazorat qilib turishi kerak. Chunonchi 
quydagilar konchi-geologning vazifalari hisoblanadi: 
1)
Ma’lum intervallarda inklinometr yordamida quduq tanasining qiyshayishini 
o’lchash; 
2)
Kon-geofizik tadqiqotlar; 
3)
Belgilangan intervallardan kern olish; 
4)
Quduqni yuvish, gil eritmasi sifatini tekshirish, burg’ilash chog’ida yuzaga 
keladigan mushkulotlarni aniqlash; 


45 
5)
Quduq konstruktsiyasi va ishlatish quvurlari birikmasining germetikligini 
sinash; 
6)
Qatlamni ochish, mustahkamlash quvurlari birikmasini perforatsiyalash va 
quduqni ishga tushirish; 
7)
Gaz-neftli gorizontlarni o’rganish, sinash va sh.k. 
Nazorat qilish chog’ida burg’ilash eritmasida neft va gaz namoyonlanish 
belgilarini aniqlash, jins namunalarini olish, quduqni sinashda to’plangan dalillarni 
tahlil qilish va h.k. quduqning geologik kesimini tuzishda asosiy hujjat hisoblanadi. 
4.5.1. Gil eritmasi sifati va quduqni yuvishni nazorat qilish hamda quduqda 
sodir bo’ladigan asoratlarga qarshi chora ko’rish 
Burg’ilash chog’ida qo’llaniladigan gil eritmasi sifati quduqda neft-gaz 
namoyonlashishi, ag’darilishlar yuzaga kelishi, gil eritmasining aylanmay qolishiga 
va ochilgan mahsuldor qatlamning gillashishiga imkon bermasligi darkor. Gil 
eritmasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: 
1)
quduq devoridagi jinslarni yaxshi gillashi, ulardagi g’ovak va darzliklarni 
berkitishi; 
2)
mahsuldor qatlamlar ochilganda gil eritmasi tarkibidagi suvni unga ko’p 
singmasligi; 
3)
quduq devori yuzasida yupqa, o’zidan suv o’tkazmaydigan gilli qobiq 
yuzaga keltirmoq; 
4)
maydalangan jins bo’laklarini gil eritmasi yordamida yer yuzasiga olib 
chiqishi, gilli eritma harakati to’xtaganda zarralarning quduq tubida cho’kishiga 
imkon bermasligi lozim. 
Quduqni yuvish.
Quduq tubini maydalangan jins zarralari ― shlamdan uzluksiz 
tozalash, jins maydalovchi uskunalarni sovutish, quduq devorini mustahkamlash va 
boshqa maqsadlarda vaqt ulushida quduqqa haydaladigan gil eritmasi yoki boshqa 
yuvuvchi suyuqliklar miqdori. SHuningdek, quduqni yuvish orqali ayrim 
gorizontlarni ajratish, jinslarning qattiqligini pasaytirish, burg’ilash uskunasini 
moylash va shu kabi ishlar bajariladi. Burg’ilash chog’ida gil eritmasi 
parametrlarining (zichligi, suv beraolishligi, barqarorligi, eritmadagi qum miqdori va 
sh.k.) o’zgarishi kecha-kunduz davomida nazorat qilinishi lozim. Bu maqsadda har 
bir qazilayotgan quduqda ko’chma laboratoriya yoki zaruriy asboblar to’plami, 
burg’ilash idorasida turg’un laboratoriya tashkil qilinadi. Gil eritmasi namunasi 
quduq og’zida va eritmani aylanish tizimining oxirida olinadi. Gil eritmasining 
aniqlangan hamma parametrlari miqdori maxsus jurnalda qayd qilinadi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish