26
qumtosh qatlamlarda qazilgan quduqlar diametrining haqiqiysidan kattaroqligini
diagrammalarda ko’rish mumkin.
Gil va gilli slanetslar. Gil jinslarning solishtirma qarshiligi qum va
qumtoshlarnikiga nisbatan tor doirada o’zgaradi. Ularning maksimal qiymati
kamdan-kam 15 Om
m dan yuqori, minimal qiymatlari 1-1,5 Om
m dan kam
bo’lmaydi, o’rtacha qiymati esa 3,0-4,0 Om
m ga teng.
Qum-gilli kesimda, kichik chuqurlikda yotuvchi gil jinslarning qarshiligi odatda
uning atrofida joylashgan qum jinslar qarshiligidan kam bo’ladi. Katta chuqurlikda
yotuvchi gil jinslarning solishtirma qarshiligi esa suvli qumlar va bo’shoq
qumtoshlarnikidan yuqori bo’ladi. Bu hol chuqurlik oshgan sari gil jinslar
zichligining ularning ustida joylashgan jinslar og’irligi ta’sirida oshishi bilan bog’liq.
Gil jinslarning solishtirma qarshiligi qiymati quduqdagi burg’ilash eritmasi
qarshiligiga yaqin (odatda 1-3 Om
m). Shu sababli gil qatlamlari qarshisida
chiziladigan egri chiziqda qayd qilinadigan zohiriy qarshiliklar qiymati haqiqiy
qiymatdan deyarli farq qilmaydi.
Argillitlar va gilli slanetslar zich tuzilganligi sababli ularning zohiriy qarshilik
qiymati gil jinslarnikiga nisbatan ancha yuqori. Juda zich tuzilgan gilli slanetslarning
solishtirma qarshiligi bir necha o’n Om-metrga etadi.
Qumli va alevrolitli gil jinslarning elektr karotaji orqali aniqlangan solishtirma
qarshiligi toza gil jinslarnikidan kam farqlanadi; gil jinslar tarkibida qumli va
alevrolitli fraksiyalarning ishtiroki ularning g’ovakliligini pasaytiradi va oqibatda
ularning qarshiligi toza gil jinslarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi.
PS diagrammalarida gil va gilli jinslar (gilli slanetslar, argillitlar va sh.k.) musbat
tabiiy potentsial qiymatlari bilan ajralib turadi, quduq o’qiga nisbatan to’g’ri, parallel
chiziqlar ko’rinishida chiziladi.
Gilli jinslar tarkibida qum va alevrolit fraksiyalar aralashmasining hamda
karbonat ashyolarning bo’lishi PS egri chizig’i qiyofasini o’zgartira olmaydi, shunga
ko’ra qumli va alevrolitli gil jinslar egri chiziqlari toza gil jinslarnikidan
farqlanmaydi.
Gamma-karotaj diagrammalarida gil jinslar va gilli slanetslar yuqori
ko’rsatkichlari bilan ajralib turadi, shu sababli gamma-karotajdan quduq kesimida,
ayniqsa mustahkamlash quvurlari tushirilgan quduqlarda gilli jinslarni ajratishda
foydalaniladi.
Mikrozond diagrammalarida gil jinslar zohiriy qarshilikning minimal qiymatlari
bilan tavsiflanadi. Bunday holat quduq tanasidagi gilli qatlamlar qarshisida yuvilish
natijasida kovaklar hosil bo’lishi bilan bog’liq. SHu sababli kavernogrammalarda
quduq diametrini kattalashishiga qarab gilli qatlamlar yaxshi ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: