IQTISODIY ISLOHATLARNING ASOSIY USTUVORLIKLARI VA YO’NALISHLARI
Obyektiv voqelik shundayki, respublika barcha yetilgan ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni birdaniga xal etishga qodir emas. Ko’pgina mamlakatlarning tajribasi iqtisodiy isloxatlar xalq xo’jaligining barcha soxalarida bir xil jadallik bilan amalga oshmasligini ko’rasatmoqda. Resurslar cheklangan sharoitda xamma muammolarni bir yo’lda xal qilishga urinish xech qanday samara bermaydi. Shu sababli isloxat yo’nalishlarini belgilab olish chog’ida shunday asosiy bo’g’inlarni topish muhimki, ularga asoslanib jamiki muammolarni xal qilish mumkin. Respublikada amalga oshirilayotgan tub bozor isloxatlarimizning butun dasturi eng muhim vazifalarni izchillik bilan xal etishga asoslangan. Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar soxadagi o’zgarishlarga g’oyat katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar sanoat tarzida ekanligi xamda xayotiy muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo’jaligining tutgan o’rni bilan bog’liq. Xozir iqtisodiyotning ayni agrar soxasi katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan foydalanib axolini oziq ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay respublika qishloq axolisining turmushini farovon qilish xam mumkin. Lekin eng muhumi qisshloq iqtisodiyotida va ijtimoiy turmushda binobarin siyosatda xam shunday bir bo’ginki shu bo’gin orqali butun respeblika farovonlik va to’kin – sochinlikga erishdi. Dehqon badavlat bo’lsa butun ruspublika badavlat bo’ladi. So’ngi yillarda agrar soxaning iqtisodiyotdagi ahamiyatihisobga olinib, unga etibor kuchaytirilmoqda. Qishloq xo’jaligi xodimlarini moddiy rag’batlantirishni yaxshilash sanoat va qishloq xo’jalig mahsulotlarini narxini belgilashdagi mutanosiblikni tugatish maqsadida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari barcha turlarning xarid narxlari muntazam oshib boroqda. Qishloqda ishbilarmonlikni, fermer xo’jaliklarni va kichik korxonalarni rivojlantirishga amaliy – moliyaviy madad berish uchun “TABIRKORLIK” degan mahsus aksionerlik tijorat banki tuzildi. Bu bank asosan imtiyozli shartlar bilan qarz berish yo’li bilan tuzildi. Qishloq xo’jaligi yaqin yillar davomida hal amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxatlarning xamisha markazida bo’ladi. Butun iqtisodiyotimizning negizidir. Dexqonchilik soxasini rivojlantirish muammolari O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish strategiyasida xal qiluvchi bo’g’in xisoblanadi. Yerga mulkchilik masalasi dehqonchilikka oid siyosatdagi xal qiluvchi masaladir. Bizda dehqonchilik azaldan asosan sug’oriladigan mintaqalarda mujassamlashgan. Dehqonchiligimizning o’ziga xos xususiyati shundaki ekin maydonlarining ancha qismi texnikaviy ekinlar ekiladigan maydonlarning esa xammasi sug’oriladigan yerlardir. Sug’roladigan dehqonchilik sharoitida yerning aloxida qiymatini xozirgi demografik avvalo qishloqdagi shunday vaziyatni paxta yetishtirishning zamonaviy agrotexnikasi talablarini xisobga olganda yerni davlat mulki sifatida saqlab qolish uni sotishga yo’l qo’ymaslik maqsadga muvofiqdir.Yerdan xususiy mulk sifatida foydalanish o’rta osiodagi ahli musulmonlarga azaldan yotdir. Musulmon huquqi hukmron axliga bo’lgan xamma joyda yer Olloxning mulki va uning noyati hisoblanadi. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridagina yerni sotish erkinligi iqtisodiy jihotdan qaramlikga aylantirishning bir shakli sifatida qonunlshtirilgan. Yerni dehqonlarga foydalanish uchun meros qilib qoldirish huquqi bilan berish orqaligina qishloqqa bozor munosabatlarini rivojlantirishga dehqonlarda egalik tuyg’usini qaytadan tiikashga erishiladi. Eng muximi – qishloqda xo’jalik yuritishning xar bir dexqonga manfaatdorlik bilan erkin mehnat qilish o’z mehnati natijalarini mustaqil tasarruf etish o’z oilasi ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradigan shaklni vujudga keltirish lozim. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushnarli va foydali bo’lgan shakllarini tiklash zarur. Davlat xo’jaliklarini , birinchi navbatda zarar keltirayotgan davlat xo’jaliklarini qayta tuzib jamoa xo’jaliklariga aylantirish – ustuvor yo’nalishdir. Qishloq xo’jaligida band bo’lgan kuchlarning ortiqchasini bo’shatib olib ularni sanoat korxonalarida mehnatga jalb etish xozirgi agrar siyosatning muxim yo’nalishidir Xizmat ko’rsatish soxasi tegishli tarzda tashkil qilinsa u qishloqdagi barcha xohlovchilarni ish bilan ta’minlabgina qolmay, balki qishloqning qiyofasini qishloq turmushi madaniyatini tubdan o’zgartirib xam yubora oladi. Davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga bevosita aralashishdan vos kechishi – agrar siyosatning negizidir. Ekin maydonalarining tarkibi xo’jaliklar, dehqonlarning o’zlari belgilashlari kerak. Mvjud sarmoyalar xam ayni qilshloq foydasini ko’zlab sarflanishi lozim. Biz uchun yerlarning melorativ xolatini yaxshilash ustuvor yo’nalishlardan biridir. Iqtisodiyot barqaror ishlab turgan taqdirdagina bozor munosabatlariga muvaffiqiyatli o’tish mumkin. Aniq – puxta ishlab chiqarilgan va yetarli darajada qattiq bo’lgan moliya – kredit siyosatini amalga oshirish respublikaning bozorga o’tishida eng muhim bo’gin hisoblanadi. Mustaqil moliyaviy siyosatni respublikaning byujjeti tizimini mustahkamlash, nyujjet daromatlarining to’ldirilishini taminlaydigan va amaliy faollikni rag’batlantirilgan izchil soliq siyosatini o’tqazish shuningdek korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy axvolini sog’lomlashtirish, ularning tadbirlkorlik va sarmayadorlik faoliyatini rivojlantirish yo’li bilan shakllantirish moljallanmoqda. Bozor monosabatlarini shakllantirish sharoitda kredit siyosatini amalga oshirish vositasi tubdan o’zgaradi. Kredit mablag’lari birinchi navbatda oziq ovqat maxsulotlari, boshqa xalq istemoli mollari va ularni tayyorlash uchun xom ashyo boyliklarini ishlab chiqarishni ko’paytirish yakka tartibda uy joy qurulishini kengaytirish ijtimoiy sohani respublikaning mustaqilligini ta’minlovchi o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni kengaytirish bilan bo’gliq yuksak samarali tadbirlar o’tqazishga sarflanadi. Narxlarning barqarorlashuvi pulning qadrsizlanishi kamayishidan manfaatdor bo’lgan davlat pul muomulasini boshqarishning ishonchli vositalariga ega bo’lish va avvalo uning iqtisodiyotini ko’ngildagidek rivojlantirish uchun yo’l qo’yish mumkin xajmini olish oldindan bilish lozim. Shu boisdan markaziy bank muomuladagi pullar xajmini oldindan bilib olish borishi samarali pul kredit siyosatining shartlaridan biri deb qaralishi kerak. Markaziy bank oldida pul muomulasini tartibga solishning iqtisodiy usullarini egallashdek g’oyat murakkab vazifa turibdi. O’zbekiston Respubliksining milliy pul birligini muomulaga kiritish to’girisidagi masala alohida e’tiborga molikdir. O’z valyutamizni joriy etishni taqazo qiluvchi bir qancha sabablar yaqqol ko’rinib qoldi. Eng avvalo boshqa davlatlardan iqtisodiy mustaqil bolish uchun respeblika o’z pul birligiga o’zining milliy valyutasiga ega bo’lishi lozim. O’zbekistonning rubl mintaqasida bundan buyun xam bo’lib turushi zarurligi va maqsadga muvofiqlikni taqazo etuvchi talaygina boshqa muxim sabablar mavjud. Shuni xisobga olish zarurki o’z valyutamizni joriy etish xech shubxasiz odamlarning eng avvalo tub joriy etish xech subxasiz odamlarning eng avvalo tub joyl bo’lmagan axolining kayfiyatiga tasir qiladi. Vujudga kelgan sharoitda valyutamizni joriy etishimiz – birinchi navbatda xibos kitob operasiyalarini murakkablashtiradi, ba’zan esa shakllangan xo’jalik aloqalarini to’gridan – to’gri izdan chiqarishga olib keladi. Eng yaqin istqiqbolning tub muammosi – tuzilmalarni o’zgartirish siyosatini xayotga tatbiq etishdir. Totalitar tizimning merosi – uning iqtisodiyotining noto’gri tarmoqlar tuzilmasi respublikada xali uzoq vaqt o’zining salbiy tasirini ko’rsatadi. Birnchi navbatda respublikada ishlab chiqariladigan juda katta miqdordagi xom ashyo va mavjud ishlab chiqarishning qauvvatlarining asosiy qismini tayyor maxsulot ishlab chiqarishga jalb etish zarurdir. Xalq xo’jaligining xom ashyoviy yo’nalishlarini bartaraf etish ruspublika iqtisodiyotining bararor bir maromda rivojlanishini taminlash inkonini beradi, ish bilan taminlanmagan mehnat rusurslarini ishlab chiqarishga jalb etishga kadrlarning kasb darajasini oshirishga, maxsulotni chetdan keltirishga va tashqariga chiqarishni muvofiqlashrishga ko’maklashadi, asosiysi – O’zbekistonning mustaqilligiga uning xalq turmushi darajasining o’sishiga ishonchli kafolatlar yaratadi. Txminiy xisob kitoblar shuni ko’rsatadiki, agar respublikadagi mavjud xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlasak yalpi milliy mahsulotni 2 baravardan ortiq. Milliy daromatni esa – taxminan 3 baravar ko’paytirish mumkin. O’zbekiston o’zining istiqlol va taraqqiyot yo’lini tanlab oldi, o’zining ijtimoiy yo’naltiri;gan bozor iqtisodiyoti yo’lini iishlab chiqdi. Milliy xususiyatlar va an’analarni xisobga olgan xolda bozor munosabatlariga o’tishning aniq ustuvorliklarini. Prinsiplarini va yo’nalishlarini aniqlab oldi. Ikki yillik tajribada tanlangan yo’lning tog’riligini ishonarli tarzda tasdiqladi. Voqlikning o’zi buni yaqqol ko’rsatib qo’ydi. Respublikada ijtimoiy – siyosiy barqarorlik va fuqorolar totuvligi puxta ta’minlangan. Xo’jalik aloqalari buzilishi, rublning qadrsizlanishi va boshqa sababla natijasida iqtisodiyotga tashqaridan bo’layotga salbiy ta’sirlarga qaramay iqtisodiyot barqaror ishlab turibdi. Axolining kam ta’minlangan, ijtimoiy qatlamalarining huquqlari kafolatlangan va ximoyalangan. Yangi bozor munosabatlarining kurtakalari sobitqadamlik bilan xayotga kirib bormoqda. Bugungi kunda iqtisodiy isloxatlarning barcha vositalarini sozlash, ularni to’la ishga tushirish zarur. Respublikadagi xar bir kish xo’jalik xodimi, xar bir ishchi ilg’or firklovchi xar bir kishi isloxatlar g’oyasi bilan yashamog’i lozim. Isloxatchilarning maqsad va yo’nalishlari aniq belgilab olingan. Iqtisodiy isloxot mexanizmi ijtimoiy xayotning xamma soxalarida: xalq xo’jaligida, tarmoqlarda, xar bir korxona va xo’jaliklardan torib xar bir ish joyigacha keng joriy etilmog’i lozim. Bu jarayonning moxiyatini chuqur anglash bozorni trtibga solish usullarini egallab olish, o’zini badnom etgan samarasiz buyruqbozlik uslubi va prinsiplaridan eski konservativ tafakkur va boqimondalik kayfiyatidan qatiyan voz kechmoq zarur.
O’z istiqbol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu – totalitazm merosidan xalos bo’lish va poklanish mafkuraviy illati yerqazgan ziyon – zaxmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etgan etidigan yo’ldir. Bu – johon svilizatsiyasiga qo’shilish, chinakam siyosiy va iqtisodiy istiqlolga erishish yo’lidir. Bu yo’ldan faqat xaqiqiy vatanparvargina, o’z mamlakati va xalqining taqdiri uchun butun qalbi va yuragini bag’ishlagan o’z manfaatini respublikaning qadratli va farovon bo’lishiga erishish maqsadlariga bo’ysundira oladigan, bunga o’zining kuch – g’ayrati, tashabbusi. Bilimi va mehnatini bag’ishlay oladigan kishilargina yura oladi. Respublikaning xar bir fuqorosi respublika taqdiridagi tarixiy o’zgarishlarda ishtirok etayotganligini, kelajak uchun shaxsiy masu’liyatini xaqiqiy xis etgan taqsirdagina xalqimiz chinakam erkin va baxti yor yashaydigan kuchli davlat kurishi mumkin>
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.
Yaqin o‘tmishda Qoraqalpog‘istonning qiyofasi qanday edi, faxrlanishga arziydigan nimasi bor edi?.. Mustaqillik yillarida qanday o‘zgarish, yangilanishlar ro‘y berdi? Kecha mehmon kelsa, nimalarni ko‘rsatish mumkin edi, bugunchi?..
Bu kabi savollarga birdaniga javob berish qiyin. Chunki mustabidlik davridagi muammolarni ham, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarni ham sanab adog‘iga yetish qiyin. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘tkir masalalar, aholi turmushidagi qiyinchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi. Masalan, istiqlolning dastlabki yilida minglab aholini ichimlik suvi bilan ta'minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i, 2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik, 2001-yilda Nukus-Sulton Uvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida barpo etilgan va o‘z mahsulotini xorijga chiqarayotgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ust-yurt gaz-kimyo majmuasi Qoraqalpog‘iston sanoatining yuksalish davrini boshlab berdi.
Xorijlik sheriklar bilan kashf etilgan «Jel», «G‘arbiy Orol», «Tillali», «Sayhun», «In'om», «Arslon» konlari mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanidagi «Kameks-KK» korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi «Avto Qayip mayshi» mas'uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.
O‘lkada namunali loyihalar asosida 2982 ta qishloq uylari qurilib bitkazildi. Bu ishlar davom ettirilmoqda. 93 ta kasb-hunar kolleji, 10 ta akademik litsey barpo etildi.
O‘tgan yili Nukus shahrida zamonaviy «Baxt uyi», Do‘stlik kanali qirg‘og‘ida ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish maskanlari hamda «Toshkent» mehmonxonasi qoshida zamonaviy «Yoshlar markazi» foydalanishga topshirilda.
Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal'a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlaridagi «Kamolot» uylarida hovli to‘ylar nishonlandi.
Hozirgi kunda respublikada 37 ta zamonaviy shifoxona, 230 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 188 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |