Protsessorlar avlodi
IBM PC platformasining uzoq yillar davomida rivojlanishida
protsessorlarning bir necha o‗nlab avlodi almashdi, lekin ularning
hammasi hozircha sakkiz avlodga joylashmoqda. Ma‘lumot uchun o‗tgan
avlodlarning qisqacha obzori.
1. Birinchi avlod – IBM PC kompyuterlarida ishlagan Intel 8086
protsessorlaridir. Bugungi kunda bu kompyuterlar haqida gapirishga hojat
yo‗q.
2. IBM PS AT 286 kompyuterlari ikkinchi avlod Intel 80286
protsessorlarida yig‗ilar edi. 80-yillar oxirida bunday kompyuterning
narxi ikkita «Volga» avtomobili narxiga teng kelar edi, lekin bugun bu
kompyuter sovg‗aga olishga ham arzimaydi. Dasturaviy ta‘minotni
124
tanlashga bo‗lgan ovoragarchilik (ularni topish kundan-kunga qiyin bo‗lib
bormoqda) erishgan natijalarni oqlamaydi.
3. Uchinchi avlod protsessorlari Intel 80386 da yig‗ilgan IBM PC
AT 386 kompyuterlarida bugunchalik ishlasa bo‗ladi. Ular «elektron
yozuvchi mashina» sifatida xizmat qilishi mumkin va Internetda chiday
oladigan darajada ishlashni ta‘minlash qobiliyatiga ega. Lekin umumiy
printsip mavjud: model qanchalik eskirgan bo‗lsa, unga zarur bo‗lgan
dasturlarni topish shunchalik qiyin, ularni sozlash shunchalik qiyin va
buning uchun shunchalik ko‗p bilim va tajriba zarur bo‗ladi. Shu sababli,
bunday eski kompyuterni sotib olishga tejalgan mablag‗, ovoragarchilikka
arzimaydi.
4. To‗rtinchi avlod protsessorlari Intel 80486 da yig‗ilgan IBM PC
AT 486 kompyuterlarida dasturlarning zamonaviy to‗plami bilan bugun
ishlasa bo‗ladi, lekin bu dasturlar versiyalari ikki-uch avlodga eskirgan.
Bu holda ham o‗tmishga o‗tib ketgan narsalarni o‗rganishga vaqt
sarflanadi, lekin bu foydadan holi emas. Olingan tajriba yangi dasturlarni
va yangi kompyuterlarni o‗zlashtirishda asqotadi.
5. Beshinchi avlod protsessorlari (Intel Pentium 60 va Intel Pentium
66)da birinchi Pentium kompyuterlari yig‗ilgan. Texnikaviy nuqtai
nazardan bu kompyuterlar ko‗p yangi narsalar berishgan bo‗lsa ham,
iste‘molchi nuqtai nazaridan to‗rtinchi avlod protsessorlari haqida
aytilgan gap bularga ham taalluqli.
6. Oltinchi avlod protsessorlariga Intel Pentium 75, 90, 100 va 133
asosidagi modellar kiradi. Bugungi kunda ular eskirib bo‗ldi, lekin ofis
dasturlarida ishchi hujjatlarni ishlab chiqishga mo‗ljallangan tizimlarda
ishlashni davom ettirmoqdalar. Ular kompyuter o‗yinlariga ham yaraydi,
125
lekin hammasiga emas. Oltinchi avlod protsessorlari bazasida yig‗ilgan
kompyuterlarni yettinchi avlod protsessorlariga o‗tkazib, operativ xotira
hajmini orttirib, bikr disk, videokarta, tovush kartasi, CD-ROM
diskovodlarini almashtirib, asta-sekin modernizatsiya qilish mumkin.
7. Bugungi kunda ishlayotgan protsessorlarimiz yettinchi avlodga
taalluqli. Bu avlodni hozirgi paytda eskirgan Intel Pentium MMX, Intel
Pentium II, Intel Pentium III, Intel Pentium IV va Intel Pentium Pro
protsessorlari ochib berdi.
Mikrosxemalarning eng katta kompaniyasi Willamette yadrosida
128 Kbayt ikkinchi daraja keshli ikkita yangi Intel 1,7 GGts Celeron
protsessorini ishlab chiqdi. Yangi protsessorlar qimmat bo‗lmagan
personal kompyuterlarida foydalanish uchun mo‗ljallangan.
Takt chastotasi 1,7 GGts bo‗lgan Intel Celeron protsessori 0,18-
mikronli texnologiya bo‗yicha ishlab chiqiladi va 400 MGts chastotada
ishlaydigan shinani ta‘minlab turadi (5.1-rasm). Intel Celeron markaziy
protsessorlari MS-DOS, Windows 3.1, Windows for Workgroups 3.11,
Windows 98, Windows 95, OS/2, UnixWare, SCO UNIX, Windows NT,
Windows 2000, OPENSTEP va Sun Solaris operatsion tizimlarida
ishlaydigan dasturali ta‘minot bilan butunicha bir-biriga to‗g‗ri keladi
(chiqishadi).
126
4.1-rasm. Takt chastotasi 1,7 GGts bo‗lgan Intel Celeron protsessori
Ushbu
qo‗llanma
yozilayotgan
paytda
sakkizinchi
avlod
protsessorlari – Intel Itanium va Intel Itanium 2 hamda AMD Opteron
paydo bo‗ldi. Bu – IBM PC uchun birinchi 64-razryadli protsessorlardir.
Intel kompaniyasi Intel Itanium 2 protsessorining unumdorligi
haqida ma‘lumotlarni publikatsiya qildi. High-end serverlari va
superkompyuterlar uchun mo‗ljallangan bu protsessorning unumdorligi –
Itanium protsessori unumdorligidan ikki marta yuqoridir.
Yuqori ko‗rsatkichlarga mikroarxitekturadagi yangiliklar va chip
takt chastotasi oshirilishi hisobiga erishildi. Itanium 2 protsessori
kristallda 3 Mbayt uchinchi darajali keshga ega, yangi protsessorning takt
chastotasi 1 GGts.
Bitta Itanium 2 protsessori va E8870 chipseti bilan jihozlangan
tizimlar Stream testida (xotiraning o‗tkazuvchanlik qobiliyati) yuqori
natijalar – taxminan 3,7 Gbayt/s – ko‗rsatishi lozim, bu – Itanium
protsessorli tizim ko‗rsatkichlaridan 2,5 marta yuqoridir.
Kompaniya vakillari Itanium ning keyingi avlodlari – Madison va
Deerfield 2003 yil o‗rtalarida, Montecito esa – 2004 yilda chiqishini
ma‘lum qilishdi.
2003 yil 22 aprelida AMD kompaniyasi Opteron server
protsessorlarining yangi seriyasini taqdim qildi (8.2-rasm).
127
4.2-rasm. AMD Opteron
Yangichiplarx86-64
instruktsiyalarito‗plamidanfoydalanishadivayangi
64-
razryadliinstruktsiyalargamaxsusoptimallashtirilgandasturalimahsulotlarbi
lanhamdax86
komandalarto‗plamibazasidagiprotsessorlikompyuterlaruchunmavjud 32-
razryadliilovalarbazasibilanishlashqobiliyatigaega.
AMD fikricha 32-razryadli dasturlarni to‗laqonli qo‗llab-quvvatlash
Intel ga nisbatan bozor afzalligini ta‘minlashi kerak. Intel 64-razryadli
Itanium protsessorlarini chiqarmoqda; ular hozirgi paytda keng tarqalgan
dasturlar bilan yaxshi chiqishmaydi.
Yangi protsessorlar oldingilariga nisbatan katta unumdorlikka ega.
Bir protsessorli konfiguratsiyalar uchun Opteron 146 protsessorining eng
katta unumdorligi – sekundda 7168 mln. nazariy operatsiyalar
(MTOPS)dir, 144-modelda esa 6451 mln. MTOPS. Ikki protsessorli
konfiguratsiyalarda Opteron 246 dagi kompyuter unumdorligi 13667
MTOPS, 244-modelda esa – 12300 MTOPS. To‗rtta Opteron 846
protsessordagi server sekundda 26667 mln. nazariy operatsiyalarni
bajaradi, o‗xshash Opteron 844 dagi mashinada esa – 24000 MTOPS.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |