O‗zbekistonrespublikasi oliyvao‗rtamaxsusta‘limvazirligi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/150
Sana31.12.2021
Hajmi2,93 Mb.
#238715
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   150
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari oquv qollanma

Grafikaviy tezlatgichlar 
Zamonaviy  videokarta  –  o‗z  xotirasida  ekran  obrazini  saqlaydigan 
va monitor uchun signalni shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi 
paytda  bu  o‗zining  mikroprotsessorlariga  ega  bo‗lgan  miniatyuradagi 
kompyuter  bo‗lib,  o‗zi  hisoblarni  bajarish  va  ekranda  nima  va  qanday 
qurilayotganini boshqarish qobiliyatiga ega. Videokartalarning hisoblarni 
va tasvirlarni qurish qobiliyatini apparatli videotezlanish deb ataladi (agar 
videokartada bunday qobiliyat bo‗lmasa, yuk asosiy protsessorga tushadi 
va  bu  holda  dasturali  videotezlanish  haqida  gapirishadi).  Zamonaviy 
kompyuter  o‗yinlari  uchun  videoadapterda  tezlanish  funktsiyalarining 
bo‗lishi zarur. 
Videokarta  qandaydir  hisoblarni  bajara  olishi  uchun  u  berilgan 
algoritmlar  bo‗yicha  ishlashi  kerak.  Nozik  joyi  shundaki,  dastur 
tuzayotgan  dasturchilar  bu  algoritmlar  haqida  oldindan  bilishlari  lozim. 
Bundan  besh  yil  oldin  sharoit  bunday  edi  –  videokartalarni  ishlovchilar 
ularga  tezlatuvchi  funktsiyalar  kiritishar,  lekin  foydalanilishi  mumkin 
bo‗lgan  dasturlar  yo‗q  edi,  ular  umuman  mavjud  emas  edilar.  Bunday 
hollarda  odatda  videokartaga  alohida  diskda  qandaydir  bittagina  o‗yin 


170 
 
ilova qilinar edi, unga qaraganda sotib oluvchi qoyil qolardi, lekin qolgan 
boshqa  hamma  dasturlar  bilan  videokarta  oddiydek  ishlar  edi. 
Videotezlanishni optimallashtirish atamasi shunday paydo bo‗ldi. Bunday 
hollarda  ushbu  dastur  ushbu  videokarta  uchun  optimallashgan  yoki, 
aksincha,  videokarta  ushbu  dastur  uchun  optimallashgan  deyishardi; 
bunda  videokartani  yaratuvchilar  va  dasturni  yaratuvchilar  hamkorlikda 
ishlagan bo‗lardilar. 
Bunday  tezlatkichdan  foydalanuvchiga  manfaat  kam,  chunki  hech 
kim  faqat  bittayu-bitta  dastur  bilan  ishlayvermaydi,  ayniqsa  bu  o‗yin 
bo‗lsa. U tez me‘daga tegadi. Shunda videokartalarni ishlab chiquvchilar 
shunday dasturni topishga qaror qilishdiki, u bilan ko‗p foydalanuvchilar 
ishlay 
olsin 
va 
o‗zlarining  videotezlatkichlari  unga  nisbatan 
optimallashsin.  Ko‗p  qidirishga  to‗g‗ri  kelmadi,  yechimi  topildi,  bu  – 
Windowsdir.  Uning  darchalari  va  darchalarining  elementlari  o‗n 
millionlab  kompyuterlar  uchun  tamoman  bir  xil.  Windows  standart 
elementlari  tasvirini  tezlatish  imkonini  beradigan  videokartalar  2D-
tezlatkichlar (ikki o‗lchamli, tekis grafika tezlatkichlari) nomini oldi. 2D-
tezlatkichlari haqiqatda operatsion tizim va uning ilovalari bilan ishlashni 
tezlatdi.  Windows  darchalari  ramkalariga  sig‗magan  (joylasha  olmagan) 
narsalarning  hammasi  (birinchi  navbatda  ular  multimedia  dasturlari  va 
kompyuter o‗yinlari edi) uch o‗lchamli (3D) grafika jabhasiga o‗tkazildi.  
3D-tezlatkich  ko‗p  miqdordagi  mayda  zarrachalardan  tasvirni 
yasaydi, ularning bir-biri bilan o‗zaro ta‘sirini, bir-birini qanday to‗sishini 
anislaydi,  so‗ngra  ularni  bo‗yaydi  yoki  tayyorlab  so‗yilgan  tekstura 
(tuzilma)  bilan  to‗ldiradi.  Tabiiyki,  bularning  hammasini  har  xil 
algoritmlar yordamida bajarish mumkin. Shuning uchun bu jabhada uzoq 


171 
 
vaqt  yagona  standartlar  bo‗lmadi  va  dasturlarni  hamda  videokartalarni 
ishlab  chiqaruvchilar  «klan»larga  ajralib  ketishdi.  Standartlar  paydo 
bo‗lganda  esa,  ular  orasida  kurash  boshlanib  ketdi.  Kompyuter  
texnikasida «standartlar kurashi» bilan tez-tez uchrashishga to‗g‗ri keladi. 
Mahsulotni sotib olish paytida qaysi standart yutib chiqishini topa bilsak, 
bu  uning  uzos  vaqt  va  ajoyib  ishlashini  ta‘minlaydi.  Agar  topa  olmasak, 
yaqin kelajakda sotuvda paydo bo‗ladigan kompyuter  o‗yinlari va boshqa 
dasturlar  bizning  kompyuterda  ishlamaydi  (agar  ishlasa  ham  juda  sekin 
ishlaydi),  chunki  bizning  jihozlarimiz  ishlab  chiqaruvchilar  nazarda 
tutgan qandaydir funktsiyalarni bajarmaydi. 
3D-grafika  jabhaqida  standartlarni  kutubxona  (библиотеkа)lar  deb 
atashdi.  Bu  atama  dasturchilardan  keldi.  O‗zlarining  mikrodasturlarini 
(ulardan  dastur  yig‗ishadi)  ular  bu  mikrodasturlarni  kutubxonalarga 
biriktirish  yo‗li  bilan  standartlashtiradilar.  Agar  videotezlatkich  XYZ 
firmasining  standart  grafikaviy  kutubxonasi  bilan  ishlash  uchun 
optimallashtirilgan  bo‗lsa,  bu  firmaning  hamma  dasturlari  tezlanish 
funktsiyalaridan foydalanishadi.  
 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish