IV. Devonxona bo‘limining tuzilmasi
9. Devonxona bo‘limining tuzilmasi devonxona mudiri va 1-toifali mutaxassisdan iborat bo‘ladi.
Devonxona bo‘limining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi.
10. Devonxona bo‘limining ishlari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq ish tashkil etiladi.
11. Devonxona bo‘limi o‘z faoliyatida tuman hokimiga bo‘ysunadi. Devonxona bo‘limi mudiri tuman hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |