Iqtisodiyoti
Bagʻdod tumanida yetakchi tarmoq- paxtachilik. Paxta tozalash zavodi, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mahalliy sanoat kombinatlari, mebel va poyabzal fabrikalari, avtobaza bor. Xoʻjaliklarda chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Tumanda 1 qoʻshma korxona, 134 kichik korxona va 1 kooperativ korxopa mavjud. Bulardan eng muhimi „Fayz-Yavor“ mebel ishlab chiqarish Oʻzbek-Slovakiya qo‘shma korxonasidir. Tumanning Ultarma qishlogʻida Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutining Qoʻqon tayanch punkti joylashgan. 48 ommaviy kutubxona, 17 klub, 12 madaniyat uyi, 2 muzey, 745 oʻrinli 5 kasalxonp, 62 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 192 vrach, 1092 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1931 yildan „Bagʻdod hayoti“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 4000).
Do'stlaringiz bilan baham: |