1 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi ma’ruzasi. — «Xalq so‘zi», 2016-yil 8-dekabr.
159
Ushbu fikrdan ko‘rinadiki, aynan yoshlar siyosatini amalga
oshirishda yuksak m a’naviyatli kishilarni, ya’ni ma’nan barkamol
avlodni shakllantirmay turib, bugungi mustaqillik davriga mos
yoshlarga xos bo‘lgan qadriyatlar, ideallar va tamoyillarni qaror
toptirib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, bu haqda flkr yuritganda, Ab
dulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo
najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir» degan
chuqur m a’noli so'zlari bejiz aytilmagani yaqqol ko‘rinadi. Ush
bu so‘zlar o‘tgan asr boshida qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan
boisa, hozirgi vaqtda ham shunchalik muhim va dolzarb aha
miyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda davlatimizning ushbu sohadagi siyosatida
ma’naviy-ma’rifiy jabha va ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivoj
lantirish, m a’muriy idoralar va mansabdor shaxslar, fuqarolik
institutlarining bu yo‘nalishdagi tamoyillar va talablarga hurmat
bilan munosabatda bo‘lishiga erishish kabilar bu boradagi eng
ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Bunda yoshlarga xos ijtimoiy xususiyatlar, ulardagi jismoniy
va m a’naviy o‘zgarishlar, emotsional holatlar va xulq-atvor bi
lan bog‘liq jihatlarga alohida e’tibor qaratish nihoyatda muhim
ahamiyatga ega. Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlariga mos tur-
li-tum an o‘quvlar va mashg‘ulotlar, tashviqot va targ‘ibot tadbir-
lari, xilma-xil ko‘rinishdagi aksiyalar va reklama kompaniyalari
tizim idan muayyan dastur va rejalar asosida majmuaviy tarzda
foydalanish ma’naviy ta’sirning keng tarqalgan vositasi sifatida
hozirgacha ham keng qo‘llangan va bundan keyin ham o‘z aha-
miyatini saqlab qolaveradi.
Xullas, hozirgi islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida
yoshlar bilan ishlashda barcha tashkilotlar va muassasalar oldiga
butunlay yangi vazifalar qo‘yilmoqda. Yangi jamiyat va demokra
tik davlat qurishning strategik maqsadlari ular faoliyatining aso
siy yo‘nalishlarini inson haq-huquqlarini va uning farovonligini
ta’minlashga qaratishni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida,
faoliyati yoshlarga doir siyosatni amalga oshirish bilan bogliq
160
bo‘lgan barcha kishilarning yangicha qarashlarga ega bo‘lishini,
zamonaviy ish usullarini egallashni, o‘z burchi va mas’uliyatini
chuqur his etishi lozimligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |