O`zbekistonning yaqin xorij mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalari mundarija I. Kirish


O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va



Download 0,5 Mb.
bet7/15
Sana09.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#646936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
O`zbekistonning yaqin xorij mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalari

3. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va


asosiy tamoyillari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi.” O`tgan 28 yil davomida milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O`zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo`mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992-yil 21-fevralda esa O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan, O`zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo`sliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”3. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda huquqiy normalar asosida o`z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi. Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng ko`lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shart- sharoitlarni ta’minlab beradi”.4
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosati tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda ko`rish mumkin:

  1. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi.




3 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O`zbekiston”, 2017. 6-b.
4 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. 6 – T.: “O`zbekiston”, 1998. 227-bet.

  1. O`zbekiston Respublikasi o`z iqtisodiy munosabatlarini ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi.

  2. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning global va mintaqaviy tizimlariga faol qo`shilib, mamlakatda tinchlikni, barqarorlikni ta’minlamoqda.

  3. O`zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi5. Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan:
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab- quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.



5 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2019 yildagi PF-5643-sonli farmoni.
  1. O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va MDH davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili.


O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi savdo- iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va MDH davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili
Har qanday davlat hoh kichik hoh katta bo’lsin, iqtisodiy intеgratsiyasiz rivojlanishi tеz bormaydi. Buni ko’pgina davlatlar o’z tajribalarida isbotlashdi. Iqtisodiy intеgratsiyani rivojlantirishga qaratilgan O’zbеkiston Rеspublikasi siyosati ham iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlanishiga erishishga qaratilgan.
Iqtisodiy intеgratsiya iqtisodiyotga bеvosita quyidagi natijalaga erish imkoniyatini bеradi:

  • tovarlar, kapitallar, хizmatlar erkin harakat qiladi; raqobat kuchayadi;

  • ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi; ishlab chiqarish samaradorligi ortadi; sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi; istе’molchilarning talabi ortib boradi; taklif qilinadigan tovarlar nomеnklaturasi ko’payadi;

  • bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo’ladi va umumiy bozorlar tashkil qilinadi; ishsizlik darajasi pasayadi; milliy iqtisodiyotdagi farqlar yo’qolib boradi; yangi kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi;

  • milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi; eng muhimi kishilar hayoti farovonligi oshadi va h.k.

Bu natijalarga erishish uchun O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Osiyo, MDH davlatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan qolavеrsa, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikka erishishga harakat qilishi kеrak. O’zbеkiston dunyo хo’jaligi tizimiga kirib borar ekan, uning хalqaro iqtisodiy aloqalari uzoq va yaqin хorijiy mamlakatlari bilan taraqqiy etmoqda.
1992-yildan boshlab O`zbekiston tashqi siyosati va diplomatiya sohasidagi faoliyati yanada kengayib birin-ketin Xitoy, Yaponiya, Angliya, AQSH, Fransiya,
Turkiya, Germaniya singari jahonning rivojlangan yetakchi davlatlari bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo`lga qo`yildi. Ushbu davlatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz hozirda yuqori darajaga ko`tarildi6.
Iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy Xalq Respublikalari bilan olib borilayotgan iqtisodiy aloqalar muhim o`rinni egallaydi. Bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlarining yuqoriligi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib kelinmoqda. Ayniqsa, so`ngi yillarda ushbu mamlakatlarda eng jadal o`sish suratlari ro`y berib, “Osiyo iqtisodiy mo`jiza”lari sifatida baholandi. Shu sababli, Sharqiy Osiyo “yo`lbarslari” deb nomlangan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan amalga oshirayotgan foydali aloqalar, mamlakatimizdagi modernizatsiya jarayonlari istiqlolning dastlabki davrlaridanoq muhim vazifalardan etib belgilangan edi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish