O’zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o‘rni. Reja: Mustaqil O’z



Download 26,59 Kb.
bet1/8
Sana05.08.2021
Hajmi26,59 Kb.
#138765
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o‘rni


O’zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o‘rni.

Reja:

1.Mustaqil O’zbekistonning BMTga qabul qilinishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘mi

2.O’zbekiston va Rossiya munosabatlari taraqqiyotining yangi bosqichi

3.O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi o‘mi va mavqeyining oshib borishi

4. O’zbekiston va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti

5.O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan qardoshlik munosabatlarining yanada rivojlanishi

6. Toshkent-Sharq darvozasi


Mustaqil O’zbekistonning BMTga qabui qilinishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni

Tariximizning ana shu o‘tgan davrini aniqrog‘i 16 yillik musta-qil taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diploma-tik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘Iamli ishlami ham alohida qayd qilish lozim.

Ta'kidlash joizki, mustaqillik davrigacha respublika Tashqi ishlar vazirlgi apparatida bor yo‘g‘i 10-15 nafar xodim bo‘lib, ular nomiga-gina vazifasi hisoblangan ishlar, ya’ni protokol majburiyatlari va turli tadbirlar, asosan chet ellik mehmonlami qabul qilish bilan shug‘ulla-nardi, xolos. 0‘sha davrda tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan bir amaldor ayni paytda kommunal sohasini ham boshqarganining o‘ziyoq bu masalaga qanday yuzaki qaralganini ko‘rsatib turibdi.

Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o‘ta muhim tashqi siyo-siy masalalami hal qilishga, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy muno-sabatlar sohasida eng maqbul yo’llami topishga to‘g‘ri keldi.

G‘oyat qisqa fursatda bu sohada Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar qo‘mitasi, keyinchalik esa, Tashqi iqtisodiy alo-qalar vazirligi va boshqa qator davlat boshqamv organlari tuzildi, diplomatik kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yaratildi.

Mustaqillikka qadar yurtimizda birorta ham xorijiy davlat elchi-xonasi yo‘q edi. Hozirgi vaqtda chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diplomatik vakolatxonasi bor. O’zbekistonda esa 86 ta elchixona va savdo vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.

Mamlakatimizning qulay geosiyosiy o‘mi, uning birinchi nav-batda o‘z miliiy manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, xalqaro maydonda obro'-eTiborining ortib borishini ta’minladi.

Keyingi davrlarda o‘ziga obro‘ topmoqchi bo’lgan «ko‘p vek-torlik siyosati» olib borish degan turli qarash va yondashuvlar ha-

qida chiqishlar bo‘lmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz olib bo-rayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida hech kimga sir bo‘lmagan bir sir turibdi-O’zbekiston manfaati va yana bir bor O’zbekiston manfaati. Bizning bu sohadagi barcha qadam va harakatlarimiz faqat ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan, desam, ayni haqiqat bo‘ladi.

Hozirgi kunda O’zbekiston BMT, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkor-lik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkor-lik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotllar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo-da yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalaming noqonuniy aylanishi bilan bog’iiq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolami hal etish ishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

* * *

Jahon amaliyotidan maTumki, har bir mustaqil davlat, ayniq-sa, mustaqil taraqqiyot yoTiga kirgan mamlakatlar, hech qachon o‘z qobig‘iga o‘ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yoTini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga qo‘shilish orqali o‘z taqdirini belgilagan. Shuning uchun ham O’zbekiston mustaqil dav-lat maqomiga ega bo’lgach jahon hamjamiyatiga qo‘shilish yoTini tutdi. Bu borada mamlakatda olib borilgan amaliy ishlami tasavvur qilishdan oldin XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xal-qaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim.



MaTumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema-SSSR va AQSH yetakchi bo’lgan g‘oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi.

1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach, yangi-g‘oyat mu-rakkab va qaltis bir davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgilari quyi-dagilardan iborat edi.

Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy boTinish ro‘y berdi. Kuchlar mar-kazi ilgari ikki joyda boTsa, endilikda o‘z taqdirini o‘zi belgilash orqali ichki imkoniyatlami ishga solish, har kim o‘z aravasini o‘zi tortish zamrati tug‘ildi.

Ikkinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik kuchaydi. Ya’ni sa-noati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaya boshladi.

Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko‘rinadi. Ya’ni, tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlaming asosiy boy-ligi hisoblanadi. Lekin sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu bayliklami nazorat qilishni o‘z qo‘llariga olishga intila boshladilar.

Uchinchidan, dunyoda insonning biologik tur sifatida yasha-shiga bevosita xavf-xatar mavjud bo‘lib qoldi. Ya’ni yalpi yadro umshi xavfi ancha kamaygan bo‘lsa ham, ekologik tanglik xav-fi, biogenetik buzilishlar tahdidi hamon tahlikali holatda saqlanib qolmoqda edi.

To‘rtinchidan, jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot odamlar dunyoqarashining o‘zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqa-ro munosabatlaming rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta'siri sezildi. Davlatlar va xalqlar o‘rtasida o‘zaro birlashishga intilishni kuchaytirgan, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an'analar va ma’naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillami ishlab chiqish zarar bo‘ldi.

Turli davlatlararo va hukumatga daxli bo’lmagan xalqaro tashki-lotllaming ahamiyati oshib, dunyo yangi tizimga o‘tishi davrida ularning faoliyatini qayta qurish va isloh etish ehtiyoji tug‘ildi.

Bu o‘z navbatida nega shunday qilish kerak, degan haqli savolni tug‘diradi. Buning javobi oddiy: ko‘pchilik xalqaro tashkilotllaming faoliyatlari asosan davlatlaming o‘zaro murosasini ta'minlashga qa-ratilgan edi, xolos.

Bugungi ahvol xalqaro tashkilotllardan eng yirik muammolarga ahamiyat berishni, jarayonlar ichiga kirib borishni, ta’sir doirasini kengaytirishni, hech bo’lmaganda, hammaga barobar odilona va xo-lisona munosabatda bo’lishni talab etadi.

Beshinchidan, rivojlanishning hozirgi bosqichida har qanday mamlakatning nufuzi, awalo, uning eng yangi texnologiyalami qa-bul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgilanadigan boTdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilinsa, O’zbekistondagi o‘tish davri boshqa yosh mustaqil mamlakatlarga nisbatan samara-liroq boTdi. Natijada O’zbekiston jahon iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tezroq kirib bordi va o‘z salohiyatini aniq-ravshan ko‘rsata oldi.


Download 26,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish