Soliq imtiyozlari - davlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat. Soliq imtiyozlari soliq undiriladigan daromad turlarini qisqartirib, umumiy kamaytirilgan daromaddan soliq olish, soliq olinmaydigan minimal daromadni belgilash, soliq stavkalarini kamaytirish, soliqni toʻlab boʻlish muddatini qulay qilish orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchilarga nisbatan tabaqalashtiriladi, muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadni koʻzlaydi. Soliq imtiyozlari davlat qoʻlida bozor iqtisodiyotini tartibga solishga xizmat qiladi. Ular orqali iqtisodiy faoliyatning maʼlum bir turlari ragʻbatlantiriladi. Sharoitga qarab Soliq imtiyozlari qayta koʻrib turiladi. Soliq imtiyozlari berishning xilmaxil shakllari jahondagi koʻpgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (1997)da ayrim yuridik shaxslar va faoliyat turlari uchun hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun Soliq imtiyozlari belgilangan.
Soliq stavkasi — soliq obʼyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq miqdori; pul summasi hisobida undiriladi. Mac, ish haqi yoki foydaning pulda hisoblangan miqdori, yerning ga hisobidagi sathiga nisbatan hisoblangan soliq. Soliq stavkasi qonun yoʻli bilan turli usulda belgilanadi: qatʼiy yoki proporsional belgilangan stavkalar — soliq obʼyekti miqdoriga nisbatan oʻzgarmaydigan bir xil ulushda undiriladi. Mac, Oʻzbekistonda korxonalar molmulkidan undiriladigan soliq 4% qilib belgilangan, ushbu Soliq stavkasi obʼyekt qiymati (molmulk qiymati)ning maʼlum ulushiga teng (4%) boʻladi; progressiv soliq stavkasi — soliq obʼyekti miqdoriga qarab ortib boruvchi stavkalar. Oʻzbekistonda soliq qonunchiligiga koʻra eng kam ish haqining 5 barobariga teng qismiga 13%, undan 10 marta oshgan qismiga 21% Soliq stavkasi belgilangan va daromad miqdorining ortib borishi bilan Soliq stavkasi ham oshib boradi (2004, 1 yanvar). Regressiv soliq stavkasi — daromadlarning oʻsishi bilan stavkalar miqdori kamayib boradi. Jahon mamlakatlari amaliyotida kamdankam, asosan, qazib oluvchi tarmoklarda qoʻllanadi. Nolli soliq stavkasi — eksportga moʻljallangan tovarlar i.ch.ni ragʻbatlantirishda qoʻllaniladi. Mac, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi boshqa tovarlar tushumi boʻyicha olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasidan chegirib kamaytiriladi. Bunday Soliq stavkasini qoʻllash iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi.
Aksiz (fransuzcha: accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |