Smarakansa deb atagan. Keyinchalik so’g’d tili o’rnini fors tili egallagach, taxminan milodning IX asri o’rtalarida Smarakansa Samarqand deb atala boshlagan. A.Asqarovning «O’zbekiston tarixi» kitobida Samarqand turkiycha Semizkent, Xitoy manbalarida Kan deb yuritilgan. XSH asrdan, ya’ni mo’g’ullar bosqinidai so’ng besh asr o’tgach, Samarqand - Afrosiyob deb yuritila boshlagan. O’lkamizda olib borilgan arxeologiyaga oid qazilma ishlari So’g’diyonada yashagan aholining yuksak dehqonchilik va chorvachilik madaniyatiga ega bo’lganliklarini ko’rsatadi. Bu yerda hunarmandchilik ham rivoj topganini keyingi 25—30 yil davomida Samarqandda Afrosiyob — /, Qashtsadaryoda Yerqo’rgon — /, Buxoroda Buxoro — 1 va boshha yerlarda olib borilgan qazilma topilmalari ko’rsatadi. So’g’diyonada kulolchilik va sopolchilik hali bu yerga ahmoniylar kelmasdan ilgari ham, miloddan avvalgi IX—VIII asrlardayoq rivojlanganini isbotladi.
Qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari haqida fanda hanuzgacha aniq bir fikrga kelinmagan. So’nggi 15-20 yil ichida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va ularni yozma manbalar bilan solishtirish natijasida tarixiy viloyatlar hududlari, joylashuviga tarixiy chegaralari muammolariga aniqliklar kiritish imkoniyati paydo bo’ldi. Ma’lumki, davlatlarning etnik va siyosiy chegaralari paydo bo’lishidan oldin aholi joylashuvining geografik chegaralari paydo bo’ladi. Qadim zamonlardan boshlab qabila va qabila guruhlari, keyinroq esa xalqlar o’zlari joylashgan katta va kichik hududlarda o’z chegaralarini belgilab olganlar.Antik davr tarixchilari qadimgi O’zbekistonning ba’zi viloyatlari (So’g’diyona, Baqtriya) chegaralari haqida yozganlarida aholining aralash joylashganligini hisobga olmaganlar. SHuning uchun ham ular aholining hududiy joylashuvi va chegaralarining o’ziga xos xususiyatlarini aniq belgilab berolmaydilar. Gerodot O’rta Osiyo xalqlarini alohida satrap-o’lkalarga joylashtirsa ham ular joylashuvining geografik chegaralarini aniq belgilamaydi.Ahmoniy hukmdorlari o’zlari bosib olgan hududning sharqiy chegaralari haqida bilmasliklari mumkin emas edi. Hech bo’lmaganda Kir II yoki Doro I, yoki bo’lmasa ahmoniy podsholari yurishlaridan so’ng sharqiy chegaralar - viloyatlar geografiyasi, aholi joylashgan asosiy joylar, yo’llar, yirik manzilgohlar, qal’alar haqida aniq ma’lumolar olingan bo’lishi kerak. Ammo qadimgi fors yozma manbalarida bular haqida eslatilmaydi2. Qadimgi fors yozuvlarini o’rganish asosida qadimgi O’zbekistonning, jumladan, So’g’diyonaning miloddan avvalgi VI—IV asrlarga oid siyosiy tarixiga doir ko’plab muammolarga aniqlik kiritildi3. Gerodot, Ksenofond, Ktesiylar So’g’diyonaning qo’shni viloyatlar bilan chegaralari haqida nafaqat aniq, balki, umumiy xulosalarga ham ega bo’lmaganlar. So’g’diyonaning tarixiy geografiyasiga oid ko’pgina dolzarb masalalarni hal etishda makedoniyalik Iskandar yurishlari to’g’risida yozib qoldirgan tarixchi va geograflarning ma’lumotlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu ma’lumotlar tarixiy adabiyotlarda ham keng yoritilgan. Antik davr yozma manbalari So’g’diyonaning janubiy chegaralarini Oks-Amudaryo deb beradilar. Iskandarning yurishlari paytida Oks Baqtriya va So’g’diyona o’rtasidagi chegara rolini bajargan. Strabonning yozishicha, Oks daryosi "So’g’diyonani baqtriyaliklar o’lkasidan" ajratib turgan. Strabon So’g’diyonani Baqtriyananing yuqorisida, sharqiy yo’nalish tomonda, Oks va Yaksart oralig’ida joylashtirib, uning chegaralarini ancha kengaytirib beradi. Kurtsiy Ruf Navtaka, Ksenippa so’g’diylar yerlari deb eslatib o’tadi.
Tadqiqotchilar orasida Aleksandr Makedonskiyning yurishlari, aniqrog’i uning So’g’diyona yerlariga Oksning qaeridan kechib o’tganligi turli munozaralarga sabab bo’lmoqda. Kechuv joyini ba’zi olimlar SHo’rob1 desa, ba’zi olimlar Kerki atrofida2 deydilar. A.Sagdullaev esa bu joyni Kerki va SHo’rob o’rtasida bo’lgan deb hisoblaydi3.SHuni ta’kidlash mumkinki, antik mualliflarning O’zbekistonning janubidagi aholi joylashuvi va tarixiy viloyatlarning chegaralari haqidagi tasavvurlari deyarli umumiy edi.
Miloddan avvalgi P—I asrlarda Sirdaryo, Yettisuv cho’llari va Orol dengizi atroflariga Xunn qabilalari ko’chib kelib o’troq hayotga o’ta boshlaganlar. Xunnlar asli Markaziy Osiyo cho’llarida tashkil topgan yirik qabila ittifoqdir.IBichurin. N.Gumilev bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu turkiyzabon kabila birlashmalari to’g’risidagi malumotlar Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756 yildan boshlab tilga olingan. Xunnlar juda katga xududllarda yashaganlar. Ular Oltoy, Markaziy Osiyodan G’arbiy Yevropa yerlarigacha, janubda Kaspiy dengizi bo’ylari hamda SHimoliy Kavkaz yerlarigacha bo’lgan joylarga egalik qilar edilar. Bu salttanat haddan tashqari katga hududlarga yoyilib ketganligidan ikki qismga: G’arbiy va SHarqiy Xunn saltanatiga bo’lib idora kilingan. SHimoli-sharqdan Turonga ko’chib kelgan Xunnlar mahalliy aholi bilan qo’shilib ketganlar. Natijada Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy tilda so’zlashuvchi etnik guruhlar qatlami ko’paygan va ular Qang’uy yoki Kanha davlatiga birlashganlar. Ana shu davrdan e’tiboran Markaziy Osiyoda turkiy tillar ta’siri kuchaya borga. Ayniqsa, bu jarayon Turk hoqonligi davrida yanada rivoj topgan. Bu davrga kelib, SHimoliy Enasoy (Yenisey)dan tortib to Sirdaryoning o’rta oqimiga qadar cho’zilgan keng hududlarda yashagan aholining asosiy so’zlashuv tili turkiy til bulgan.Jamiyatdagi ma’lum bo’g’in sifatida ilk shaharlarning paydo bo’lishi butun jamiyat hayotidagi chuqur sifatiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, ushbu tarixiy - madaniy rivojlanish natijasida shaharlar qishloqlardan ajralib chikadi. Ushbu ajralish tufayli ikkala qarama-qarshilik birlashuviga asoslangan jamiyat rivojlanishinining davr taqozo etgan o’ta muhim yangi konuniyatlari ma’lum tuzum sifatida o’rnatiladi. Muhim yangi ijtimoiy jarayon sifatida shaharlar shakllanishidagi dastlabki shart-sharoitlar ilg’or va nisbatan jadal rivojlangan (ma’lum tarixiy va tabiiy sharoitlarda, albatta) jamiyatda, ko’p qirrali mehnat taqsimoti jarayonining doimiy chuqurlashuvi natijasida paydo bo’ladi.
Ilk shaharlarning paydo bo’lish asoslari va omillari masalalari bo’yicha turli yillarda V.M.Masson, B.ALitvinskiy, A.A.Asqarov, T.SH.SHirinov, E.V.Rtveladze, A.S.Sagdullaev, B.Eshovlar tadqikot ishlarini olib bordilar. Ular o’z tadkiqotlarida ilk shaharlar paydo bo’lish asoslari, omillari va shart-sharoitlari, dunyo tarixidagi qadimgi shaxarlar bilan qiyosiy taxlil masalalari ko’rib chiqildi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, kammahsul mehnat va ishlab chikaruvchi kuchlarning nisbatan past darajasi sharoitida mehnat taqsimoti jamiyat rivojlanishining yagona asosi edi. Ayrim tadqikotchilarning fikricha, doimiy tabakalanish jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va qo’shimcha mahsulot o’sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib keladi. Bu jarayon esa o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-maishiy imkoniyatlar yaratadi . O’rta Osiyoning har bir tarixiy-madaniy vohasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlangan dehqonchilik.asosida ilk shahar markazlari paydo bo’ldi. O’zidd ilk shaharsozlik belgilarini aks etgiruvchi markazlarga hozirgi kunda Janubiy Turkmanistondagi Oltindepa, Namozgohtsepa, Ulug’depa, janubiy O’zbekistondagi Sopollitepa, Jarqo’ton, shimoliy Afg’onistondagi Mundigaq, janubi-sharqiy Erondagi So’xta, shimoliy Erondagi Hisor kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatdagi mavjud shart-sharoitlar va omillar miloddan avvalgi SH ming yillikning oxiri P ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyo xududlarida o’zida shaharsozlik madaniyati belgilarini aks ettiruvchi axoli manzilgoxlarining paydo bo’lishiga olib keldi. Dastlabki shaharlarda aholining turli ishlab chikarishdan kelgan ko’shimcha mahsuloti, yirik inshootlar-saroylar, ibodat-xonalar, mudofaa inshootlari kabi kurilishlarda, madaniy va iqtisodiy aloqa-larda o’zining moddiy aksini topdi.CHust madaniyati yodgorliklari tarkibiga kiruvchi asosiy katga manzilgohlar Dalvarzintepa, CHust, Ashqoltepalar Farg’ona vodiysidagi o’zida ilk shaharsoapik belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklar hisoblanadi. Aynan Dalvarzintepa va CHustning atrofi devorlari bilan o’rab olingan bo’lib, ularda hukmdor yashaydigan ark ajralib turadi. Dalvarzintepa miloddan avvalgi P ming yillikning so’shti choragidan boshlab ma’lum muddat Farg’ona vodiysining yirik madaniy va iqtisodiy markazi bo’lib xizmat qilgan.So’g’diyonada, xususan Samarqand So’g’di hududlarida ilk davlat uyushmalari va shaharlar shakllanishida quyidagi yirik omillar shubhasiz yetakchi rol o’ynaganligini ta’kidlaydi. So’g’diyonaning Hisor tog’ oldi tizmalarida, Qashqadaryoshshg yuqori oqimida va Qarshi vohasida shaharsozlik madaniyatining uzluksiz shakllanish jarayonlarini kuzatish mumkin. O’rta Zarafshon vohasidagi eng yirik va dastlabki ochilgan ko’hna shahar Afrosiyob hisoblanadi. A.Makedonskiy davridagi Marokanda (Samarqand) aynan Afrosiyob o’rnida joylashganligini V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiy kabi sharqshunoslar ilgari surganlar. Ular Marokanda shahrining ikkita qal’asi borligini K.Kurtsiy Ruf ma’lumotiga asoslanganlar. So’g’diyona davlatchiligida Afrosiyob muhim ahamiyatga ega. Qashqadaryo vohasi (Janubiy So’g’d)da Yorqo’rg’on ko’hna shahri bo’lgan.
Miloddan avvalgi VI - IV asrlar Buxoro vohasining eng muhim ajralib turadigan tomoni - Buxoro, Varaxsha, Ramish, Xo’ja Bo’ston kabi ko’hna shaharlarning paydo bo’lishidir. Miloddan avvalgi V-IV asrlarga kelib hozirgi Buxoro o’rnida va atroflarida shaharsozlik madaniyati rivojlangan izlarini kuzatish mumkin.Xorazmning eng qadimgi shahar - qal’alaridan biri bo’lgan Ko’zaliqirning shakllanishi miloddan avvalgi VII-V asrlarga oiddir. Ushbu yodgorlikni S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm ekspeditsiyasi chuqur o’rgangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |