O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘LI. Reja



Download 55,53 Kb.
bet1/6
Sana14.02.2022
Hajmi55,53 Kb.
#447994
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5199767595024127603


O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO‘LI.
Reja

  1. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li. “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar.

  3. O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li.

  4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.



1. O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS TARAQQIYOT YO‘LI. “O‘ZBEK MODELI” VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Tarixdan ma’lumki, o‘z mamlakati milliy manfaatlarini hisobga olmay, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash mumkin emas. Turli xorijiy mamlakatlar taraqqiyot modeliga ko‘r-ko‘rona tayanib, ish tutgan MDH doirasidagi ayrim mamlakatlarda islohotlarda depsinish hollari, tashqi qarzga botish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ochilib, o‘zining zaif tomonlarini ko‘rsatdi. Dunyoda XX asrning boshlarida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining Amerika va Yevropa modellari, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa, o‘ziga xos Germaniya va Yaponiya modellari shakllandi. Keyinchalik, o‘zini to‘liq oqlagan Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida taraqqiyot modellari yuzaga keldi. Shuningdek, mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlarida ko‘proq boshqa modellardan andoza olingan yo‘llar tanlandi.
Lekin ushbu davlatlar tajribasi biron bir davlatning rivojlanish yo‘lini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib bo‘lmasligini amalda isbotladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari barcha mamlakatlarni bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo‘lganligi tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo‘lmaydi. Fransiyada chop etiladigan «Liberason» gazetasi muxbirining «Turkiya modeli» xususida bergan savoliga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagicha: «Turkiya bozor munosabatlari yo‘liga o‘tib erishgan tub o‘zgarishlari bilan ham hurmatga loyiqdir. Biroq, mustaqil O‘zbekiston Turkiya yo‘lidan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmoqchi emas. Odamzod birovning bo‘yiga qarab o‘ziga to‘n bichmaydi” deya javob bergan edi.
2020-yilning 8 sentabrida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida xaqli ravishda ta’kidlaganidek: «Zamonaviy O‘zbekistonning tarixi - bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir».
Chorak asr mobaynida umrboqiy modelga aylanib ulgurgan, jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha puxta o‘ylangan, dunyoda «o‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish orqali O‘zbekiston zamonaviy jadal va barqaror rivojlanib borayotgan davlatga aylandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan belgilab olindi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999-yil 14- aprel) quyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasi
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni sarhadlarimiz daxlsizligini, malakatimiz yaxlitligini ta’minlash.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat mas’uliyatli va murakkab vazifa–iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekistonning Birinchi Pezidenti tomonidan belgilab berildi:
-o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
-qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
-ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun xujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ularni mazmun-mohiyati jihatidan quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mukin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, yer to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug‘urta, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosbatlarni tartibga soluvchi, soliq kodeksi, bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqidagi qonunlar qabul qilindi.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan belgilanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
O‘zbek modelining hayotga izchil tatbiq etilishi yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bugun O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil, barqaror va jadal o‘sayotgan jahondagi juda kam sonli mamlakatlar safidan mustahkam o‘rin oldi. Ijtimoiy, madaniy sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar nufuzli xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan keng e’tirof etilib, yuksak baholanmoqda.

Download 55,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish