O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Download 1,31 Mb.
bet49/61
Sana13.05.2022
Hajmi1,31 Mb.
#602964
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
ўзбекистоннинг мустақллик даври тарихи охирги вариант

Ichki iste'mol bozori- Aholining turmush darajasi ichki iste'- ning himoya qilinishi mo1 bozoriga, oziq-ovqat mahsulotlar.
va uy-ro'zg'or buyumlan narx-navosi- ga bog'liq, albatta. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida amalga oshirilgan narxlarni erkinlashtirish jarayonida aholini ijti­moiy himoyalash, ichki iste'mol bozorini davlat tomonidan na­zorat qilish choralari ko'rildi. Narxlar 1992-yil yanvaridan boshlab bosqichma-bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan ko'rib qo'ygan holda erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Mahka­masining „Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'­risida" gi qaroriga muvofiq 1992-yil 10-yanvardan boshlab O'zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat mol- lari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste'moli mollari, ba- jarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o'tildi. Hukumat aholini himoyalash maqsadida chek- langan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining che- garasini, ko'rsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflarini belgilab qo'ydi. Shu munosabat bilan don, bug'doy yetishtirish uchun, un va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika budjetidan to'landi. O'quvchi va talabalarga bepul nonushta va imtiyozli ovqat berishdan ko'rilgan zarar davlat hisobidan qop- landi, bolalarga mo'ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori- darmonlarni ishlab chiqarishda korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi.
yilda qat'iy belgilangan va tartibga solib turiladigan narx- larda sotiladigan tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning ro'yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat to­monidan tartibga solish to'xtatildi.
yilning oktabr—noyabr oylarida xalq iste'nioli mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo'yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Lekin aholini ijti­moiy himoya qilish maqsadida non va unning narxlari, uy-joy, kommunal xo'jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi to'la aholi zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko'rsatuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismi davlat tomo­nidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi.
Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat ichki iste'mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli konipensatsiya jamg'armalarini tuzdi, bolalar uchun na­faqalar joriy etdi, aholiga konipensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'lovlarini keng qo'lladi. Korxonalarning o'z xodimlariga ijti­moiy yordam ko'rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag'lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste'mol mol­lari va xizmatlarining ko'pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o'rni davlat budjeti hisobidan qoplandi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o'quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzon- lashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning birinchi bosqichi davomida ijtimoiy himoyalash xarajatlari respublika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi.


Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktab- dan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tib- biyot xodimlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat kvarti- ralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to'lovlar sohasida initiyozlar berildi.
Yolg'iz pensionerlar turar joy va kommunal xizniatlar uchun haq to'lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan me'yorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.
O'quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo'shimcha to'lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag'lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to'lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikoh- dan o'tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulot­lari sotib olishning imtiyozli tartibi qo'llanildi.
1994-yil 24-avgustda „Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to'g'risida" Prezi­dent farmoni e'lon qilindi. Farmonga ko'ra 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo'nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo'li bilangina 30 ta turli soha va yo'nalishlar bo'yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag'larning sochilib ketishiga olib keldi.
1992— 1994-yillarda ko'rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy himoyalashga yo'naltirilgan bo'lib, yordamga muhtoj bo'lgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlasbda to'la samara berniayotgan edi.
1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o'tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo'ldi. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to'lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo'lgan oil­alarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag'lari, shuningdek, korxona va tashkil- otlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o'tkazgan mablag'lari hisobidan maxsus jamg'armalar tuzildi. 1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga ma­halla qo'mitalari orqali 6 mlrd so'm nafaqa berildi.
Kam ta'minlangan oilalarga ko'rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o'sib bormoqda. Faqat 2000-yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so'm miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
O'zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo'lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta'minlash, oilada ayolning mavqeyini ko'tarish maqsadi bilan uyg'unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda 1997- yil— „Inson manfaatlari yili", 1998-yil - „Oila yili", 1999-yil - „Ayollar yili", 2000-yil - „Sog'lom avlod yili", 2001-yil - „Onalar va bolalar yili", 2002-yil — „Qariyalarni qadrlash yili", 2003-yil „Obod mahalla yili", 2004-yil „Mehr va muruvvat yili", 2005-yil „Sihat-salomatlik yili", 2006-yil „Homiylar va shifokorlar yili", 2007-yil „Ijtimoiy himoya yili" deb e'lon qilinib, bu yillarda oilani mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o'rnini ko'tarish, sog'lom, oqila xotin-qizlar av- lodini voyaga yetkazish, qariyalarni e'zozlash, go'zal diyori- mizdagi barcha mahallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo'lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi.
Aholi jamg'armalarini himoya qilish choralari ham amalga oshirildi. Prezidentning 1995-yil 20-dekabrdagi „Aholining omonatlardagi va davlat sug'urta bo'yicha pul mablag'larini in- deksatsiya qilish to'g'risida" gi farmoniga binoan 1992-yil yan- variga qadar jamg'arma bankiga pul qo'ygan 3 milliondan ortiq omonatchilarning 35 mlrd so'mga teng bo'lgan, qadrsizlanib qolgan omonatlari indeksatsiya qilindi. 1996-yildan boshlab jamg'arma bankiga pul qo'ygan odamlar o'z pullarini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tu­fayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang'ich shart-sharo- itlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo'lgan O'zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o'tishga muvaffaq bo'ldi. Oldindan ko'rilgan oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'niinladi.
Mustaqillik sharofati bilan aholiga Maishiy xizmat maishiy xizmat ko'rsatish sohasi
rivoj topdi. Maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari to'liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vu­judga keldi. 2002-yil 1- avgust holatiga ko'ra respublikamizda 63 mingdan ortiq xususiy-maishiy xizmat ko'rsatish shoxobcha- lari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xiz­mat ko'rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko'rilgan tadbirlar natijasida 1991— 2007-yillarda 36 ming kilometr suv quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko'rsatkichlar І991 -yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko'p demakdir.
Istiqlol yillarida qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta'- minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o'sdi.
Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi. 1991-2000- yillarda 70 million m2 turar joy binolari qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholi salomatligiga g'amxo'rlik qilish Sog'liqni saqlash O'zbekistonda amalga oshirilayotgan
kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „OITS bilan kasallanishning oldini olish to'g'risida" (1991-yil), „Davlat sanitariya nazorati to'g'risida" (1992-yil), „Fuqarolar salo- matligini muhofaza qilish to'g'risida" (1996-yil 29-avgust), „Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida"gi (1997- yil) qonunlari aholi salomatligini saqlashning huquqiy kafolati bo'lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991 —1996-yillarda 249 ta tish protezlash muassasalari va stomatologik poliklinikalar, 28 ta xo'jalik hisobidagi tibbiy ko'rik poliklinikalar, jami 342 ta tibbiyot muassasalari, 1999—200 1-yilda 154 ta tibbiyot subyektlari xususiylashtirildi. Shaxsiy tibbiy xizmat ko'rsatuvchi subyektlar ham vujudga keldi. 2001-yilda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsat- noma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko'rsatuvchi subyektlar soni 4000 taga yetdi.
Aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish ishlariga respublika Sog'liqni saqlash vazirligi, uning viloyatlar va Toshkent shahar boshqar- malari, shahar va tumanlari boiimlari bosh-qosh bo'lmoqdalar. O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qizil Yarimoy jamiyati, „Sog'lom avlod uchun", „Mehr-shafqat", „Sog'lom- lashtirish va sport", nogironlar respublika jamg'armalari sog'­liqni saqlash tarmoqlarini rivojlantirishga ko'maklashnioqdalar.
Respublikamizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e'tibor berilmoqda. Hukumat topshirig'i bilan „Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo'yicha Milliy dastur", „Yosh avlodni sog'lomlashtirish kom- pleks dasturi" ishlab chiqildi. Ularning hayotga tatbiq etilishi ijo- biy natijalar berdi. Barcha shahar va tumanlarda ,,0na va bola" markazlari tashkil etildi. Nukus, Namangan, Qarshi, Jizzax shaharlarida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tek- shirish institutining filiallari ochildi. Minglab bolalar polikli- nikalari, akusherlik-ginekologiya kabinetlari, tug'uruqxonalar, „Nikoh va oila" hamda tibbiy-genetik konsultatsiya punktlari onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatmoqdalar. Yosh oilalarni mustahkamlash maqsadida 311646 ta yosh oila tibbiy patronaj nazoratiga olindi, 102390 nafar turmush qurayotgan yoshlar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi, 89125 nafar yoshlar oila va nikoh asoslari bo'yicha o'qitildi. Onalar va bolalarga ko'rsatilgan g'amxo'rlik natijasida tug'ilish jarayonida bolalar va onalar o'limi keskin kamaydi. 1991 -yilda bolalar o'limi har 1000 ta tug'ilgan bolaga 51,4 tani tashkil etgan bo'lsa, 1999-yilda bu ko'rsatkich 20,2 taga yoki 2,5 baravarga kamaydi. Shu yillarda onalar o'limi har 100 ming tirik bolaga nisbatan 65,3 tadan 31 taga yoki 2,1 marta kamaydi.Yetim bolalar va farzandsiz oilalar to'g'risida g'amxo'rlik „Kinderdorf" (bolalar mahallalari) Avstriya loyihasining O'z­bekistondagi sa'y-harakatlari natijasida yetim bolalar va farzand­siz oilalarning ko'pchiligi uy-joyli va bus-butun oila bo'lib yashash baxtiga muyassar bo'lmoqdalar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabr- dagi „O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlash tizimini is­loh qilish Davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni va mazkur far- monning ijrosini ta'minlash yuzasidan qabul qilingan hukumat qarori aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Belgilangan Davlat dasturini hayotga tatbiq etish borasida katta tadbirlar amalga oshirildi.
2001-yil mart oyida Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli 1- klinik shifoxona negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish ilmiy markazi barpo etildi. Qurilish ishlariga 4 mlrd so'm sarflandi. Markazda 760 o'rinli 8 ta jarrohlik markazi aholiga kecha-kunduz shoshilinch tibbiy xizmat ko'rsatmoqda. Davlat dasturiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish markazining filiallari, 171 ta tuman markaziy shifoxonalarida bo'limlar tashkil etildi va faoliyat ko'rsatmoqdalar. Markaz va uning filiallari rivojlangan mamlakatlarda tayyorlangan eng za­monaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ularni sotib olish uchun Ispaniya hukumati tomonidan 10 mln yevro kredit, Yaponiya hukumati tomonidan 7 mln dollar grant be­rildi. Shuningdek, Germaniya, AQSH, Isroil davlatlari ham kreditlar va grantlar ajratmoqdalar. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar tibbiyot uskunalari, dori-darmonlar bilan beg'araz yordam bermoqdalar.
Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish ning rivoj­langan tizimi bunyod etildi. 1991—2001-yillarda 19,5 ming o'rinli shifoxonalar, 95,7 ming tashrifli poliklinikalar qurilib foydalanishga topshirildi. 1991- yilda shifoxonalar soni 1300 tani tashkil etgan bo'lsa, 2001-yilda ularning soni 1500 tadan ortdi. Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 3 mingdan 4,8 mingta- ga yetdi yoki 1,6 baravar ko'paydi. Qishloq joylarida 3000 dan ortiq qishloq vrachlik punkti tashkil etildi.
Respublikamizda shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, yosh shifokorlarni tayyorlash ishlariga alohida e'tibor berildi. Bu borada 7 ta oliy tibbiy o'quv yurtlari, o'rta tibbiy bilim yurtlari va kollejlar faoliyat ko'rsatmoqda. Aholiga turli ixtisosliklar bo'yicha tibbiy xizmat ko'rsatuvchi mutaxassis-shifokorlar soni ming nafarga ko'paydi. O'zbe­kistonda bir shifokorga o'rta hisobda 300 ga yaqin kishi to'g'ri keladi, bu ko'rsatkich ko'pgina mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir.
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini dori-darmon bilan ta'minlashda katta qiyinchiliklar mavjud bo'lib, ikkitagina kor­xona dori-darmon ishlab chiqarar edi. Ular aholining dori-dar­mon vositalariga bo'lgan ehtiyojini 1 — 1,5 foizgagina qondirardi, xolos. Shu boisdan farmatsevtika sanoatini tez sur'atlar bilan rivojlantirish dolzarb vazifalardan edi.
yilda Prezident I. A. Karimov farmoni bilan ,,0'zfarm- sanoat" davlat aksionerlik konserni tuzildi, unga aholini o'zimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan ta'minlash vazifasi yuklandi. 1994—2002-yillarda farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish uchun 50 mln AQSH dollari jalb qilindi. Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar sarmoyadorlari ishtirokida qo'shma korxonalar barpo etildi. 2002- yilda respublikada dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonalar va qo'shma korxonalar soni 61 taga yetdi.
Farmatsevtika korxonalari 1994- yilda 47,2 mln so'mlik 34 xil mahsulot ishlab chiqargan bo'lsa, 2001-yilda 12 mlrd so'mlik 340 xil mahsulot ishlab chiqardi. 2001 yilda aholining dori-darmonga bo'lgan ehtiyoji respub­likada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo'g'i 4,5 foizga qondirilgan bo'lsa, 2001- yilda bu ko'rsatkich 25 foizgacha o'sdi. 50 dan ortiq davlatdan dori-darmon keltirilmoqda. 2001-yildan boshlab chetdan dori vositalari keltiruvchi tashkilotlar qo'shim- cha qiymat solig'idan ozod etilgan.
Aholini dori-darmonlar bilan ta'minlashda dorixonalarning o'rni kattadir. 1994-yilda „Dori-darmon" davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi. Davlat tasaraifidagi 2525 ta dorixona­larning ko'pchiligi xususiylashtirildi. 2001-yilda xususiy dorixo- nalar soni 2722 taga yetdi.
Istiqlol yillarida aholining keng qatlamlariga tibbiy xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi, tibbiy xizmat ko'rsatish sifati oshdi.
6-Mavzu: O’ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA MADANIY RIVOJLANIShI.

Ma’ruza mashgulоtiningta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli





O`quv vaqti: 80 minnut

Talaba sоni

O`quv mashg`ulоtining tuzilishi
Ma’ruza rеjasi


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish