«O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qUish to'g’risida» Qonun qabul qilindi. Qonunda 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi. 17 moddadan iborat mazkur Qonunda suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berildi.
Shunday qilib, xalqimizning mustaqillikka erishish-dek asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Bir yuz yigirma besh yil davom etgan Rossiyaning mustamlakachilik davriga, shuningdek, podsho va sovet mustabid tuzumiga chek qo’yildi. O’zbek xalqining muqaddas va tarixiy orzusi ushalib, o’zining mustaqil davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida uch ming yillik o’tmishga ega O’zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo’lib yozildi. Mustaqillik xalqimizning XX asrda erish-gan eng yuksak yutug’i, ajdodlarimiz to’kkan qutlug’ va tabarruk qonning mahsuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |