O‘zbekistonning mustaqil yuksalishi mobaynida qilingan ishlarni
sarhisob qiladigan boʻlsak, ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilganligining
guvohi boʻlamiz. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi» sohasida ham
keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekis-
ton Respublikasi Davlat Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respub-
likasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan
buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir
qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi,
ular boʻyicha xalqaro talablarga javob beradigan milliy standartlar
va boshqa me'yoriy hujjatlar yaratilishi, hisob milliy satandartlarining
buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga tenglashtirilishi, vatani-
mizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb
etadi.
Respublikamiz oliy va oʻrta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan
iqtisodiy bilimlar ichida muhim o'rinlardan birini buxgalteriya hisobi
egallaydi. Chunki, buxgalteriyani biznesning tili deydilar.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari xoʻjalik mexanizmining tarkibiy
qismi boʻlib, marketingdek, menejmentdek ishbilarmonlik va tadbir-
korlik faoliyatlarini iqtisodiy axborotlar bilan ta'minlovchi asosiy
manba hisoblanadi.
Shularni hisobga olgan holda ushbu darslik Toshkent Moliya va
iqtisodiyot kolleji o‘qituvchilari Ulugʻbek
Inoyatov, Surayyo Yusupo-
va, Feruza Salimbekovalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar ta'limi
markazi, Oʻrta maxsus kasb-hunar ta'limini rivojlantirish instituti
tomonidan budjet tashkilotlari, kichik korxonalar, sanoat tarmoqlari,
qishloq xo'jaligi korxonalari hisobchi xodimlari hamda kasb-hunar
kollejlari talabalari foydalanishlari uchun qayta nashrga tayyorlandi.
O‘quv qoʻllanmada hisobning mohiyati va tashkil etilishi, pul
mablagʻlari bilan hisoblashuvlar va kredit muomalalarining hisobi,
moddiy zaxiralar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi,
mehnat va ish haqini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi hisobi, kichik korxonalar hamda
3
fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, tayyor
mahsulot va uni sotishning hisobi, fondlar va moliyaviy natijalarni
hisobga olish, buxgalteriya hisoboti, budjet muassasalarida buxgal-
teriya hisobining xususiyatlari mavzulari talabalar uchun oddiy va
tushunarli qilib ko'rsatib berilgan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda
buxgalteriya hisobi va hisobotini mustaqil fan hamda amaliyotda
kompaniyalar boshqaruvining muhim boʻgʻini sifatida xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirish oʻta muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida boʻlgani kabi, buxgalteriya
hisobi borasida ham ulkan oʻzgarishlar sodir boʻldi. Keyingi yillar
mobaynida xalqaro standartlarga toʻla-toʻkis javob beruvchi
buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida koʻpgina islohotlar olib
borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha
kengayib borayotganligi, integratsiya
jarayonlari chuqurlashayotganligi,
qoʻshma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga
chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim
mamlakatlar oʻrtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi
tizimini jahon standartlariga ko'chirishni yanada qattiqroq talab
qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy
dasturulamal bo'lib hisoblanadi.
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar
darajasiga yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning
uchinchi yoʻnalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari borasidagi vazifalar ijrosi
tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bogʻliqdir.
3
0
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini
zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatining foydalilik darajasini
doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini
toʻgʻri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda buxgalteriya hisobining
ahamiyati katta boʻlib, undan yanada
unumli foydalanish zaruriyati ortib
boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib
oʻtilgan talablarning bajarilishida muhim oʻrinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli
fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy maʼlimotlarga koʻra buxgalteriya
hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida toʻrtta yirik davlat:
italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning
qarashlari bir-biriga oʻxshamaydi. Ularning taʼlimotlariga koʻra
buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan,
italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va
huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari
matematika, angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb
qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti,
obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi
borasidagi ularning qarashlari turlichadir.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar
kelajakda professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblarni
egallashga intilayotgan, qiziquvchan, fidoiy, pragmatik hamda zukko
talabalar uchun zamonaviy talablarga javob bera oladigan darslik
yaratish lozim. Ushbu darslik oliy ta'limning iqtisodiyot yoʻnalishidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |