To‘rtinchidan, Markaziy Osiyo mintaqalarining umumiy muammosi suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni barqarorlashtirishdir[5].
Yagona energetika tizimining qayta tiklanishi O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Yagona elektr energiyasi bozori iste’molchilarga oshkora narxlar belgilash imkonini beradi va a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mintaqalaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar doirasida “suvning quyi qismi”dagi davlatlarda (Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston) suv tanqisligini bartaraf etish, “suvning yuqori qismi”dagi mamlakatlarni (Qirg‘iziston va Tojikiston) esa gidroelektr stansiyalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish orqali suv sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shunday qilib, mintaqaviy va mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarni yanada kuchaytirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona iqtisodiy bozorni yaratish, mintaqaviy va jahon bozorlarida mahsulotning raqobatbardosh-ligini oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, yagona ilmiy va ta’lim salohiyatini shakllantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali ularning taraqqiyotiga sezilarli ijobiy turtki beradi.
Joriy yilning 25-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hama Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy va Janubiy Osiyo munosabatlarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha strategik qarashlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston axborot-tahliliy tuzilmalari, Strategik rivojlanish markazi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari, shuningdek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda ekspertlar tomonidan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston olib borayotgan faol tashqi siyosat hamda mazkur yo‘nalishda Davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barcha darajalardagi aloqalar jadallashtirilgani tufayli o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi siyosiy muhiti shakllandi. Bu esa, avvalo savdo, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, birgalikda hal etish imkonini berdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan Hindiston va Pokiston kabi qator davlatlar bilan faol tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘sib, 2020-yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hajmi 1,38 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Bu O‘zbekistonning jami tashqi savdo hajmining 3,8 foizini tashkil qiladi.
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ushbu tashbbuslar va amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyati bilan ham dolzarb ahamiyat kasb, mintaqada tinchlikni ta’minlash va aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, yirik infratuzilmaviy hamda madaniy-gumanitar loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarida barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan, global pandemiya davrida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligi mintaqaviy munosabatlarni chuqurlashtirish – barqaror, jadal rivojlanayotgan mintaqani shakllantirishga yordam beradigan talab yuqori bo‘lgan jarayon ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois, davra suhbatida Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan nafaqat iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, balki yangi mintaqalararo darajadagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha siyosiy muvofiqlashtirilgan harakatlarni ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |