Qirg`iziston bilan aloqalarda ham rivojlanish kuzatiladi. Prezident Atambayev muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoyevni yaxshi tanishini, O`zbekistondagi prezidentlik saylovlaridan so`ng ikki o`rtadagi aloqalar yanada iliqlashishi haqida gapirmoqda. Qirg'iziston rahbari 30-noyabr kuni o`tkazgan matbuot anjumanida o`zaro aloqalarda ziddiyat manbasi bo`lib kelgan Qambarota elektr stansiyasi haqida to`xtalgan va bu inshootni O`zbekiston bilan hamkorlikda qurish taklifini bildirgan. Karimov davrida O`zbekistonning eng ziddiyatli aloqalari aynan shu qo`shni davlatlar bilan bo`lgani e`tiborga olinsa, uning o`limi ortidan o`tgan uch oy mobaynida kuzatilgan o`zgarishlar munosabatlardagi taranglik Karimov shaxsiga bog`liq edi, degan xulosani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |