O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi
Uy sahifam
Mening kurslarim
Kun_Tarix_Tarix_2-k_Uzb-mad-san-tarix-1-potok
2-Ma'ruza: Antik davrda O’rta osiyo xalqlari madaniyati va san’ati.
2-seminar mavzu: Ellin madaniyati va san’ati.
2-seminar mavzu: Ellin madaniyati va san’ati.
Setup phase
Description
Reja:
1. Ellin madaniyati va san’atini kirib kelishi.
2. Ellin madaniyatining memorchilikda aks ettirilishi.
3. yunon-Baqtriya davlati.
Markaziy Osiyo san’ati va madaniyat rivojlanishining yangi bosqichi Aleksandr Makedonskiyni istelolardan keyingi
davrdan boshlandi. Sharq va G‘arbning bog‘lovchisi Buyuk Ipak yo‘lining tuguni bo‘lgan bu yo‘l avvalgi davrlarga
nisbatan faol katalizator vazifasini o‘ta boshladi. Uning Shimoliy G‘arbiy va Shimoliy sharqiy hududlari bilan aloqasi
ham yangi mazmun va yo‘nalish kashf eta bordi. Ayniqsa Urol atrofi, Oltoy va Sibir erlari bilan bo‘lgan
munosabatlarda tasir etish va tasirlanish jarayoni sezilarli bo‘ldi. Salavkiylar davrida Markaziy Osiyo erlariga yunon
(ellin)
madaniyati tezkorlik bilan kirib kela boshlaydi. Hukmdorlar shu erda o‘zlarini mavqlarini mustaxkamlab olishga
harakat qilib, ko‘plab yunonistonlik san’atkorlarni ishga taklif qiladilar, turli erlarda yangi shaharlar barpo etadilar,
mahalliy din va urf-odatlariga tegmaganlari xolda yunon madaniyatining tarkalishiga etibor beradilar. Salavkiylar
tijorat, savdo - sotiq ishlariga e’tibor berishlari bu erda xunarmandchilik, dexqonchilik ishlarini jonlanishiga, qurilish
ishlariga sezilarli ishlar amalga oshishiga imkon beradi. Muomalaga pul kiritildi.
Me’morchilik san’atida avvalgidek asosan xom g‘isht asosiy qurilish materiali sifatida ishlatilsa ham, shu bilan birga
qumtosh, marmar va pishiq g‘isht ishlatila boshlandi, devor pardoziga mahsus qorishmalar, alebastrli qoplamalar
kirib kela boshladi. Ayniqsa grek me’morchilik san’ati ta’sirida qurilgan saroylar, gimnasiya, ibodatxonalar
me’morchilik jarayonida muhim bo‘ldi. Lekin bu davrga xos me’morchilik yodgorliklari kam o‘rganilgan.Bu davr
yodgorligi shimoliy Afgoniston hududidagi Oy xonum yodgorligi shu davr memorligi o‘zgarishlaridan dalolat
beradi.Uning qurilishi uslubi antik san’at an’analari asosida ishlangan pollari mazaika bilan pardozlangan. Kapitel va
ustunlar ham uning ko‘rinishiga alohida fayz baxsh etgan Tasviriy san’at bu davrda o‘z rivojini davom ettirdi, saroy va
zodagonlarning uylari rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatildi, mahobatli haykaltaroshlik va mayda
plastika san’atida asarlar yaratildi. Marmarda haykallar, fil suyagida ritonlar ishlandii. Bu davrda quyish san’ati
rivojlandi. Bu san’at rivoji numizmatika-tangalar zarblash sanatida yaqqol bilinadi. Markaziy Osiyo erlariga bo‘rtma
tasvirli tangalarning kirib kelishi Salavkiylar sulolasi nomi bilan bog‘liq . Bunday uslubda tanlangan chiqarish YUnon
mamlakatida keng rivoj topgan bo‘lib uni O‘rta Osiyo madaniy- iqtisodiy hayotiga kirib kelish muhim voqia edi. O‘rta
Osiyoda pullar zarb etish maqsadida o‘lkaga Yunon ustalarining keng qo‘lamda jalb etilishi «O‘rta Osiyocha» mo‘jaz
portret san’atining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu erda ishlangan shunday portretlar davr hukmronligining na faqat
tashqi ko‘rininshiga balki fe’l atvorini ham o‘z haqqoniy tasvirlanishi bilan yunonistonda yaratilgan tanga yuzasiga
ishlangan bo‘rtma tasvirlardan o‘tib ketdi.
Setup phase
Current phase
The workshop is
currently being set up.
Please wait until it is
switched to the next
phase.
Submission phase
Submit your work
Assessment phase
Grading evaluation phase
Closed
Yunon (Grek) Baqtriya davlati. Salavkiylar davrida isloxatlar o‘tkazilib, avval mavjud bo‘lgan satrapliklar mayda
qismlarga ajratilib, bu qismlar eparxiya, uning bo‘laklari giparxiya va nixoyat giparxiya bo‘laklari stasmoslariga
ajratilib, har bir bo‘limga boshliqlar - hokimlar belgilangan edi. SHunday eparxiya hokimi Diodot 1 Soter Salavkiylar
kurashi va ziddiyatlaridan foydalanib, u o‘zini Baqtriya erlarining podshohsi deb elon qilgan. Miloddan avvalgi
taxminan 250- yillardan boshlab bu davlat YUnon (Grek) Baqtriya deb yuritila boshlangan. Uning hududi So‘g‘diyona,
Margiyayona(Turkmanistonning janubiy sharqiy tomonlari), Farg‘ona va CHochning bir qismini o‘z ichiga olgan. Bu
davlat deyarli 100 yildan ortiq vaqt mobaynida mavjud bo‘lib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida sezilarli iz
qoldirgan. Grek - Baqtriya podisholigi davrida Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida me’morchilik komplekslari
yuzaga keladi, shaharsozlik yangi davrini boshidan kechirdi. Me’morlikda yangi g‘oyalar rivojlandi, yangi yangi
shaharlar barpo etildi. SHulardan biri Dmitriy asos solgan (P asr ) Termiz ( Demet-Termet o‘zgarishida) shahri
rivojlandi. Bu davrda ayniqsa Ellin san’ati ta’siri sezilarli darajadi bo‘ldi. O‘lkada ko‘plab binolar qad ko‘taradi. Bino
qurishda ellin memoriy uslublari ishlatilgan. Jumladan ustun, kapitel ishlatilgan, pollarga mazaika yotqazilgan,
ustunlar ko‘p xollarda kapitellar bilan tugallangan. Grek-Baqtriya erlarida mavjud shaharlar kengaytirildi, odamlar
yashaydigan katta bo‘lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi. Yangi shaharlar aniq to‘rtburchak yoki kvadrat
shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o‘rab chiqildi, to‘rtburchaksimon minoralar bunyod etnldi. Qurilgan binolarda
serjilo korinf orderi keng qo‘llanildi. Gretsiya san’ati ta’siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va ularga ishlangan
bo‘rtma tasvirlarda ham seziladi. Tangalarning old tomonida hukmdor (podishoh) xomiysi bo‘lgan mobuda tasviri
va yozuv mavjud, tanganing orqa tomonida esa hukmdorning aylana ichidagi bo‘rtma tasviri yon tomonidan
ishlangan. SHuni takidlash kerakki bu tangalar yuzasidagi bo‘rtma tasvirlar uslubi jihatidan yunon klassik san’ati
an’analarida , eng avvalo Fidiy, Praksitel, Lissip ijodiga xos uslubda bajarilgan, jumladan Fidiyning Olimpdagi Zevs
haykaliga taxlid qilish sezilarli Podisho bo‘rtma tasvirlari real va haykaltarosh tasvirlanuvchi faqat o‘xshatib
qolmasdan balki uning harakterining ham ochishga intilganligi bilinadi. M. Demetriy tasviri tushirilgan tangada
Dimitriy harakteri va mavqi fil shakli bor bo‘lgan bosh kiyimda tasvirlangan. Bu belgi podishoni Hindistoning zab
etganligi va uning hukmdorligiga ishora hisoblangan.
Dmitriy portreti shu davr realistik portreti san’atining nodir yodgorligi hisoblanadi. haykaltarosh bu portretda
tasvirlanuvchining o‘ziga xos individual qiyofasi va harakterini ifodali aks ettira olishi bilan kishini xayratlantiradi. Shu
davrda ishlangan Evkratid bo‘rtma tasvirda kuchli, irodali shaxs qiyofasi gavdalanadi. Aksinicha Gelioil portretida
padarkushlik bilan taxtni egallagan hokimning majruh dunyosi yuz muskullari , dumoloq va ma’nosiz boqishida
bilinadi. Amaliy san’atda ham Gretsiya san’atiga taqlid qilish yoki Gretsiya san’ati namunalaridan foydalanish keng
avj oldi. Mahalliy ustalar grek kulolchilik formalaridan o‘z ijodlarida keng foydalandilar.
Sharq va G‘arbning yaqinlashuvini Grek-Baqtriya boshlab beradi, Parfiya davlati va san’atida rivoj topadi. Ellinistik
davr O‘zbekiston san’atida mahobatli haykallar ham ishlanganligi ma’lum. Bu haykallarda mahalliy va yunon san’ati
an’analari uyg‘unlashib ketgan. Artemida bu erda Anaxit simosida mujasamlashdi. Uning oltindan ishlangan
haykallarining boshida nur sochib turgan toji bo‘lgan, Bunday haykal Baqteriyaning bosh ibodatxonasida o‘rnatilgan.
Bunday nur taratib turgan toj Demitriy tamgasining orqa tomonidagi haykallarida ham ishlatiladi.
OLDINGI FAOLIYAT
← 2-Mavzu: Antik davrda O’rta
osiyo xalqlari madaniyati va
san’ati.
...ga o'tish
KEYINGI FAOLIYAT
Adabiyotlar →
Aloqada bo'ling
https://t.me/mtsamduuz
Ma'lumot hisobotlarini saqlash sahifa
Mobil ilovani yuklab oling
Switch to the standard theme