O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi


FANIGA KIRISH. IBTIDOIY DAVR MADANIYATI



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

FANIGA KIRISH. IBTIDOIY DAVR MADANIYATI 
Reja: 
1.
 
O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti, 
maqsad va vazifalari. 
2.
 
Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari. 
3.
 
Ibtidoiy davrning ma`naviy madaniyati. 
Mavzuning o’quv maqsadi: 
Talabalarga O’zbekistonning madaniyati va 
san’ati fanining maqsadi va vazifalari, ibtidoiy davrning madaniy bosqichlari 
hamda ma’naviy madaniyati haqida ma’lumot berish. 
 
O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari. 
O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi kursi madaniyatimizning 
rivojlanish umumiy qonuniyatlarini o`rgatadi. O’zbekiston madaniyati va san’ati 
tarixi fanining predmeti O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlardan to 
xozirgi kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, madaniy va 
ma`naviy hayotini xolisona o`rganish va tushuntirishdan iborat. Mazkur kursning 
asosiy vazifasi insonning tabiat va jamiyat bilan birgalikdagi faoliyati hamda 
kishilarning ma`naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat.
Madaniyat-insonlardan ijodiy faoliyat tufayli yaratilgan moddiy va ma`naviy 
boyliklar majmuasiga aytiladi. Madaniyat atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotida 
rang-barang ma`noni anglatadi. U lotincha “ishlov berish, parvarish qilish” 
ma`nosini anglatsa, keyinchalik “ma`rifatli bo`lish, tarbiyali, bilimli bo`lish” 
mazmunida ishlatiladi. O`zbek tilida ko`p ishlatiladigan “madaniyat” atamasi 
arabcha “madaniy” – “shaharlik” degan ma`noni anglatadi. Madaniyat insonni 
to`la qonli faoliyati “Inson tomonidan yaratilgan muhit”, “Insoniyat yaratgan 
moddiy va ma`naviy qadriyatlar majmuidir”. Madaniyat tushunchasi XX asrga 
kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimidan o`rin oldi.



Insoniyat jamiyat doimiy raqvishda rivojlanishda bo`lib, o`zgarib 
takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda xilma xil madaniyatlar mavjud bo`lib, 
insonlar dunyoning o`zgacha anglagan va qabul qilgan. Madaniyat jamiyatning 
mahsuli ijtimoiy hayotining muhim jabxalaridan biri. Madaniyatsiz jamiyat 
bo`lmagandek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida bo`lmaydi. 
Jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat boyib borsa, madaniyat ham 
yuksaladi. Alohida bir shaxsning alohida madaniyati bo`lmaydi. Shaxs muayyan 
jamiyatdagi madaniy muhitda yashaydi va madaniyati shaqllanadi. Madaniyat va 
san’at evolyusiyasi, bir tomondan, va O‘zbekiston davlatchiligining rivojlanishi 
ikkinchi tomondan, bu tarixiy jarayonning uzluksizligi izchilligi va o‘zaro 
shartlanganligi haqida guvohlik beradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida mafkuraviy 
«funksiyaning roli ortib boradi va yangi davrga kelib davlat qurilishi uning 
ma’naviy negizini tashkil etuvchi eng muhim jihatini belgilagan holda etakchilik 
qiladi. Madaniyatning muayyan ko‘rinishi davlatchilik rivojining ma’lum 
bosqichiga muvofiq keladi. Mavjud ma’lumotlar tahlili davlatchilikning 
rivojlanishi ma’nosida O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bir qancha 
davrlarni ajratish imkonini beradi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish