118
to'playdi, ularga ko'plab iltifotlar ko'rsatadi. U o'z saroyida shoirlar bilan
muntazam ravishda mushoiralar o'tkazib turadi.
Shuningdek, Abdulazizxon
mamlakat obodonchiligi yo'lida ko'plab
qurilishlarni amalga oshiradi, me'moriy
binolar qurdirib o'z saroyi qoshida yirik kutubxona tashkil ettiradi.
Shayboniylardan keyingi davrda taxt tepasiga kelgan Ashtarxoniylar ham o'z
davrining o'qimishli va yetuk kishilari bo'lganlar. Ularning ko'pchiligi uch tilni
(turk, fors va arab tillarini) mukammal bilganlar. Dunyoviy va diniy ilmlarni
egallaganlar. Imomqulixon, Nazarmuhammadxon, Abdulazizxon,
Subhonqulixon
she'riyatda qalam tebratganlar. Masalan, Subhonqulixon Nishoniy taxallusi bilan
she'r bitgan. Imomqulixon yetuk siyosatchi, insonparvar va ra'iyatparvar
bo’lganligi uchun ham 30 yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan. Uning davrida
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlik vujudga kelgan. Imomquhxon chiqarilgan
qonun va farmoyishlarning bajarilishini nazorat qilib borgan.
Shunga qaramasdan, ashtarxoniylar davrida mamlakatni holdan toydiruvchi
o'zaro
taxt talashishlar, beklar va boylar o'rtasidagi ixtiloflar davom etgan.
Xalqning o'zaro kurashlardan qiynalayotganligini ko'rgan ijod ahllari, masalan,
Turdi (Farog'iy), Boborahim Mashrablar o'z asarlarida hukmdorlar, beklar,
sultonlar va ayrim din rahnamolarini qattiq tanqid ostiga olgan. Chunki ularga
nisbatan xalqda ishonch qolmagan edi. Ular diyonat, insof, adolat va
xalqparvarlikdan uzoqlasha boshlagan edilar. Ma'lumki,
qayerda diyonat, imon-
e'tiqod, adolat hukm surarkan, o'sha joyda el hukmdordan xursand, o'sha yerning
shoirlari hukmdorlar madhida bo'lgan, xalqning turmushi, ijtimoiy munosabatlar va
hodisalar, botiniy va zohiriy ishqning kuychisiga aylangan. O'zaro nizolar esa
xalqni hayotdan bezdiradi. Tarafkashlik kuchayadi. Tinch va osuda hayot,
ra'iyatparvar hukmdorlar xalqning orzusiga aylanadi. Shu boisdan Turdi o'z
asarlarida
mamlakatni parchalab, boylik to'plashga intilayotgan yuqori tabaqa
vakillarini tanqid ostiga oladi.
Jamiyat hayotining taqdiri butunlay ruhoniylar qo’liga o'tgach, ya'ni XVII
asr oxiridan boshlab Markaziy Osiyo madaniyatida tushkunlik kayfiyatlari
kuchaydi. Tasavvuf ta'limotining ildizlari jamiyat ma'naviy hayotining ko'pgina
119
sohalariga chuqurroq kirib bordi. Ayniqsa, tasavvufning qalandarlik oqimining
ta'siri kuchaydi. Qalandarlar tasavvuf ta'limotini yoyishning qudratli vositasiga
aylandilar. Ular nafaqat diniy ta'limotni, balki tarki dunyochilikni targ'ib qilishni
ham asosiy vositasiga aylanganlar. Shuningdek, ular devonalik yo'li orqali
adolatsizlikka qarshi kurashganlar ham.
Umuman olganda, bu davr abadiy jarayonida bir tomondan ko'proq botiniy
va zohiriy ishq-muhabbatni kuylash ko'zga yaqqolroq tashlansa, ikkinchi
tomondan, riyokor dindorlar, ochko'z boylar,
boylik to
l
plashga intiluvchi beklar
tanqid ostiga olinadi, uchinchi tomondan esa, inson qismati taqdirning azaliy
hukmi ekanligi g'oyasi ilgari suriladi. Ham Shayboniylar, ham
Ashtarxoniylar o
’
z
saroylari qoshida ko'plab san'atkorlarni to'plab, ularga homiylik qilganlar. Natijada
nafaqat she'riyat va me'morlik san'atlari, balki musiqa san'ati ham taraqqiy etadi.
Ikkala sulola hukmronligi davrida mohir sozanda va xonandalar, shoir-
bastakorlardan Mavlono Kavkabiy, Mavlono Rizo, Mavlono Pirmuhammad Kulol,
Ali Do'st Noiy, Amir Ali Akbar Samarqandiy, Amir Masti Kobuziy va boshqalar
xalq orasida mashhur bo'lgan.
XVI-XVII asrlarda yashagan Mavlono Kavkabiy va Darvesh Ali Changiylar
musiqashunoslikka oid asarlar yaratishib, kuy va qo'shiq, ularning turlari hamda
shakllari masalasini yoritib berdilar. Masalan, Hasan Xoja Nisoriyning yozishicha,
“Va mullo Kavkabiy musiqa sohasida Ubaydullaxon nomiga bir risola tasnif etib,
unda ta'lif va iyko' haqida so'z yuritgan, hajm, jinslar bahsini ham keltirib, yettita
bo'lgan birinchi tabaqa zarbidan va o'n uchta bo'lgan ikkinchi tabaqa zarbidan hosil
bo'luvchi 12 maqomni 6 ovozda nazm qilib, manzumaga kulliyot bog'langankim.
musanniflar bir ovozdan bu dilkash amalga tahsinlar aytib kelmoqdalar”. Kavkabiy
maqom yo'llari va musiqaning nazariy tomonlarini yoritib bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: