116
Ashtarxoniylar davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati tarixnavislik
fanining rivojlanganligidir.
Buning boisi, birinchidan, millatning shakllanish
jarayoni, milliy o’zlikni anglashga,
ikkinchidan, o’zi mansub bo’lgan xalq, elat
yoki urug'ning kelib chiqishi, ularning til, e’tiqod, ruhiyat birligi, xalq tarixida ro’y
bergan hodisalarni yoritishga bo’lgan intilishning kuchaya borishi, boshqa
urug’lar, elatlar bilan aloqasi va boshqa jihatlarini bilishga, uchinchidan.
milliy
ong, milliy g'urur va millatparvarlikning shakllana borishi natijasidir. XVI asrdan
boshlab Markaziy Osiyoda yashayotgan turli xalqlar, elatlar va uruglarning tarixini
yorituvchi asarlar yaratish an'anaga aylana bordi. Masalan, Shayboniylar davrida
tarixga oid quyidagi asarlar vujudga keldi. Muallifi noma'lum bo'lgan “Tavorixi
go'zidayi Nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiy va Muhammad
Solihlarning “Shayboniynoma”lari, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdat al-ason”,
Fayzulloh Ro'zbixonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning
“Badoye' ul-vaqoye'”, Hofizi Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”
va boshqa
asarlari yozildi.
Ashtarxoniy hukmdorlardan Subhonqulixon davrida fan taraqqiyotida
ozgina bo'lsa-da siljish ro'y berdi. Masalan, Mulla Tursun Faroziy, Mulla Ne'mat
Samarqandiylar matematika, astronomiya va geometriya bo'yicha,
Abdulla
Ofarinketiy, Ali Buxoriy, Mulla Rahmat Samarqandiylar musiqashunoslik bo'yicha
faoliyat ko'rsatdilar.
Subhonqulixon 1697-yilda Buxoroda 18 hujrali “Dorush-shifo” nomli
madrasa-kasalxona qurdirdi. Bu maskan qoshida tashxisxona, dorixona, kutubxona
va boshqa yordamchi binolar mavjud bo’lgan. “Dorush-shifo” xarajatlariga vaqf
mulklaridan keladigan 40 ming tanga ajratilgan. Subhonqulixon o'z saroyiga
tabiblarni yig'ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar tashkil etib turgan. Bu
anjumanlarda o'sha davrda keng tarqalgan kasalliklar
va ulami bartaraf etish
yo'llari, tabobatga oid yangiliklar tinglangan. Subhonqulixonning o'zi tabobatga
oid ikkita asar yozgan. Bu asarlar o'zbek tilida yozilgan bo'tib, ularning birinchisi
“Subhon tibbiyoti” deb nomlangan va unda turli xil kasalliklarni aniqlash hamda
davolash yo'llari tushunarli tarzda tasvirlab berilgan. Ikkinchi asari 8 qismdan
117
iborat bo'lib, “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti” deb yuritilgan. Asarning har bir
qismida dorilarning sifatli tayyorlanishi va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan.
Uning o'zi bu xususda shunday deb yozadi: “O'tmishdagi
tabiblar bizga arab va
fors tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar. Men turk (o'zbek) tilida yozilgan tibbiy
kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors tilida yozilgan kitoblardan
foydalana olmaydi. Shuning uchun men o'z kitoblarimni turk (o'zbek) tilida
yozdimki, undan o'zimizning odamlar foydalansinlar”.
Xullas, bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turli xil etnik
guruhlarning kelib chiqishi, tili, urf-odatlari, moddiy hayot shart-sharoitlari hamda
taxt tepasida turgan hukmdorlar sulolalari, ulaming davlat tepasiga kelishi, zafarli
yurishlari va taqdiri haqidagi turli xil tarixiy asarlar yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: