Diniy qarashlari.
Turk xoqonligi hududlarida o'troq, ko'chmanchi va
yarimko'chmanchi aholi yashaganligi sababli, ularning diniy qarashlarida ham
turli-tumanlik mavjud bo'lgan. Masalan, o'troq aholi o'rtasida ko'proq
zardushtiylik, buddaviylik, moniylik dinlari asosiy diniy e'tiqodlar bo'lgan bo’lsa,
ko'chmanchi aholi o'rtasida ko'proq totemizm va shomonlik hukmron diniy
tasavvurlar hisoblangan. Yarimko'chmanchi aholi o'rtasida ham totemistik, ham
zardushtiylik, ham xristianlik, ham monizm, ham Anaxita va Er Xubbiga sig'inish
mavjud bo'lgan.
Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» O'rta Osiyo, Eron hamda
Ozarbayjon xalqlarining eng qadimiy yozma yodgorligi va madaniy boyligi
bo'lganligi sababli, bu diniy e'tiqod maxsus mavzu sifatida ko'rib chiqiladi.
Arablar bosqiniga qadar O'rta Osiyo xalqlari zardushtiylik, buddaviylik,
xristianlik, monizm va boshqa bir qator dinlarga e'tiqod qilganlar. Otashparastlik
bu davrning hukmron dini hisoblangan. Bu e'tiqod So'g'diyona, Xorazm, Choch
viloyatlarida hukmron din darajasiga ko'tarilgan. Tohariston, Farg'ona, Yettisuv va
Sharqiy Turkistonda buddaviylik dini keng tarqalgan. Shu sababli bu hududlarda
olib borilgan qazishmalar natijasida ko'plab budda ibodatxonalari topilgan.
Masalan, Tohariston hududidagi Balx shahrida yuzga yaqin, Termizda o'nga yaqin,
Kabodiyonda uchta hamda Farg'ona vodiysidagi qadimgi Quva shahri
53
xarobalaridan ikkita buddaviylarning ibodatxonalari topilgan. Quva shahridagi
ibodatxonalarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida loydan yasalgan
rang-barang haykal va haykalchalar qazib olingan.
Turk xoqonligi davrida O'rta Osiyo va u bilan muntazam ravishda madaniy
aloqalar olib boruvchi Sharqiy Turkiston hamda Xitoy xalqlari mafkuraviy
hayotida monizm dini ham muhim rol o'ynagan.
Ma'lumki, moniylik dini zardushtiylik, nasroniylik va buddaviylik
dinlarining qo'shiluvi natijasida vujudga keldi. Uning asoschisi Moniy hozirgi
Iroqda 216-yilda tug'ilgan bo'lib, mazkur uchala dinning asosiy jihatlarini:
zardushtiylikdan ezgulik va yovuzlikning o'zaro kurashi; buddaviylikdan
taqvodorlik yo'lini; nasroniylikdan missiya (xudoning vakili) g'oyalarini
birlashtirib, dastlab qadimgi Midiya va Eron hududlarida targ'ib qila boshlaydi.
Eron shohi Bahrom I tomonidan 277-yili qatl etiladi. Uning izdoshlari o'z
targ'ibotlarini Markaziy Osiyo, so'ngra Sharqiy Turkiston va Xitoyda olib
boradilar.
Mazkur ta'limotga ko'ra, dunyoning o'zi ikki qarama-qarshi kuch – ezgulik
va yovuzlikning o'zaro kurashidan iborat. Insonning o'zi ham ruh-nur va jism-
zulmatdan iborat. U aqlli mavjudod bo'lganligi uchun ham zulmat va yovuzlikka
qarshi kurashishi zarur. Taqvodorlik – bu kurashdagi eng to'g'ri yo'l. Taqvodorlik
orqaligina inson o'zining keyingi hayotida jannatga tushadi. Ibodat bilan mashg'ul
bo'lish, ro'za tutish va sadaqa-ehson berish moniylikning asosiy talablari
hisoblanadi. Turk xoqonligi davrida moniylik So'g'diyona, Tohariston, so'ngra,
Sharqiy Turkiston va Xitoyda keng tarqaladi. Sharqiy Turkiston va Xitoyda keng
tarqalishida so'g'diyonalik missionerlarning roli benihoya katta bo'lgan. VIII asrda
uyg'ur xoqonlari moniylikni davlat dini deb e'lon qiladilar. Xitoy imperatorlari esa
so'g'dlarga Xitoy hududlarida ibodatxonalar qurishga va moniylikni targ'ib qilishga
ruxsat beradi.
Moniy va uning izdoshlari o'z ta'limotlarini targ'ib qilishda san'atga, ayniqsa,
uning musiqa va tasviriy san'at turlariga alohida e'tibor beradilar. Ular musiqa va
tasviriy san'atning inson ruhiyatiga chuqurroq kirib borishi, dindorning nozik
54
tuyg'ularini o'zgartirishi va ag'dar-to'ntar qilib yubora olish qudratiga alohida
e'tibor beradilar. Shu boisdan ular diniy marosimlarni o'tkazishda musiqa
san'atidan keng foydalanadilar. Ibodatxonalarni bezashda esa tasviriy san'atga
alohida o'rin ajratadilar, diniy sujetlardan keng foydalanishadi. Bu bilan Markaziy
Osiyo va unga yondosh bo'lgan mintaqalar va davlatlar, jumladan sharqiy
Turkiston va Xitoyda musiqa va tasviriy san'atning rivojlanishiga samarali ta'sir
ko'rsatadilar.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Turk xoqonligi davridagi haykaltaroshlik
va qo'shiqchilik san'atlarining rivojlanishida buddaviylik va zardushtiylikning o'rni
ham beqiyos katta bo'lgan. Sababi, buddaviylikda Budda ibodatxonalari va stupalar
bezagida nafaqat terrakota haykalchalar, balki relyefli va gorelyefli haykallardan
ham keng ko'lamda foydalanilgan. Mazkur haykallarda Budda va uning izdoshlari
hisoblangan bodhisatvalarning haykallari yaratilib ibodat-xonalarga joylashtirilgan.
Zardushtiylik dini esa qo'shiqchilik san'atining rivojiga beqiyos darajada
katta ta'sir ko'rsatgan. Chunki, zardushtiylar ibodatida Ahuramazda va boshqa ezgu
kuchlar qo'shiq bo'lib kuylanuvchi goxlar (qo'shiqlar) orqali madh etilgan. Yovuz
ruhlarga la'natlar o'qilgan. Boshqacha qilib aytganda, diniy madhiyalar va goxlarni
birgalashib kuylash diniy marosimlar hamda bayramlarning sho'x-shodon va zavqli
o'tishini ta'minlagan.
Oltoy hamda Janubiy Sibirdan ko'chib kelgan turkiy qavmlar o'rtasida
shomonga e'tiqod qilish ham saqlanib qolingan. Chunki ko'chmanchi chorvador
qavmlarda hali urug' jamoasi an'analari saqlab qolingan edi. Xuddi shuningdek,
tuproq, suv, olov va havoni yaratgan Ko'k tangriga e'tiqod qilish, unga atab ot,
sigir, va qo'y qurbonlik qilish marosimi ancha muhim bo'lgan. Shu o'rinda nima
sababdan buddaviylik Markaziy Osiyo xalqlarining mustahkam diniy e'tiqodiga
aylanmadi, degan savol tug'iladi. Axir buddaviylik hatto turkiy sulola-Kushonlar
tomonidan davlat dini deb e'lon qilingan edi-ku?
Turklar azaldan tabiatning ayovsiz qarama-qarshiligi ostida yashaganlar.
Ular iqlim sharoiti birmuncha mo'tadil bo'lgan hindlarga nisbatan injiq tabiat
hodisalari va turli urushqoq qavmlar orasida yashaganlar. Ularning yumshoq
55
ko'ngil bo'lishi, yovga rahm-shafqat qilishi o'lim bilan baravar bo'lgan. Shimolning
ayovsiz sovuqlariga, tabiatning turli xil sinovlari va har qanday qiyinchiliklarga
dosh bera oladigan mustahkam iroda talab qilinar edi. Shu boisdan ham turklar o'z
mijozlariga to'g'ri kelmagan Hindiston dinlarini qabul qilishga mutlaqo
urinishmagan. Xususan, Budda dini VI – VIII asrlar davomida Markaziy Osiyoda
tarqala boshlagan edi. Biroq Ko'k Turk hukmdori Bilga xoqon va uning vaziri
To'nyuquq bu dinni yumshoqlik va miskinlikni targ'ib etgani, jangu jadalni va
hayvon so'yishni man qilgani, xullas, turklarning hayot tarzlariga mos kelmagani
uchun rad etdilar. Chunki Budda din millatning harb qudratini buzib, Chin (Xitoy)
xavfiga yo'l ochishi mumkin edi. Shuning uchun ham turklar har bir ishda milliy
xususiyat, ehtiyoj va andishalardan kelib chiqib ish qilishardi. Ayni choqda IX asr
arab mutafakkiri Johizning: «Moni dinini qabul etgan uyg'urlar jang qobilyatini
yo'qotdi – degan ta'kidini eslamoq joiz.
Shomoniy turklar jang asnosida dushmanni o'ldirishni gunoh emas, balki
savob hisoblashardi. Shuning uchun ham Ko’k turk xoqonlari va beklari o'ldirilgan
yog'iy (dushman) urug'larining chirkin haykallarini (balballarini) o'z mozorlari
yoniga tiklashib, bularning oxirat uchun foydali bo'lishiga shubha qilmasdi. Bu
ham ularning jangovarligidan bir shohidlik beradi.
Demak, tabiat sinovlariga zo'r matonat bilan dosh bergan, yovlarga nisbatan
beshafqat bo'lgan turklar tabiatiga buddaviylikdagi azob-uqubat haqidagi ta'limot -
tug'ilish, yashash, kasallik va o'lim azob – uqubatdan iborat ekanligi, azob-
uqubatga faqat taqvo, tinimsiz ibodat bilan shug'ullanish yo'li orqali chidash
mumkinligi haqidagi ta'limot to'g'ri kelmas edi.
Turkiy qavmlarning olovga e'tiqodi nihoyatda yuqori bo'lgan. Chunki
ularning tasavvuriga ko'ra olov tozalovchilik xususiyatiga ega. Qadimgi Turklarda
qavmga begona bo'lgan kishi ular yashayotgan hududga kirganda yoki qavm
oqsoqoli (hukmdori) huzuriga kirayotganida albatta ikki olov orasidan o'tish shart
bo'lgan. Firdavsiyning Shohnoma asarida ham Siyovushning o'z o'gay onasining
hayvoniy hirsini rad etganligi uchun nohaq ayblanishi, otasiga o'zining begunoh
ekanligini olov o'rtasidan ziyon-zahmat chekmasdan o'tishi orqali isbotlaganligini
56
hikoya qilinadi. Turk xoqonligi davriga kelib, Buddaviylik markazlari O'rta
Osiyoning madaniy jihatdan birmuncha rivojlangan markazlari Buxoro, Balx va
Bomiyonda saqlanib qolingan. Arablar istilosi arafasida Buxoro hududida ko'plab
buddaviy ibodatxona (Vihara)lar saqlanib qolingan. Arablar Poykent shahrini
ishg'ol qilganlarida shahardagi ibodatxonalarda kumushdan yasalgan budda
butlarini to'plab eritadilar.
Islom dinining Turk xoqonligi hududiga kirib kelguniga qadar, mamlakatda
turli xil bayramlar nishonlangan. Movarounnahr islomlashtirilgunicha O'rta Osiyo
xalqlari turli xil bayramlar, sayillar va marosimlarni o'tkazganlar. O'rta Osiyo
xalqlarining asosiy odat, marosim va bayramlari koinot, tabiat, fasllar va mehnat
faoliyati bilan bog'liq bo'lgan. Ajdodlarimiz borliqdagi muhim to'rt narsa (quyosh,
havo, yer, suv)ni aniqlash bilan bir qatorda, ular bilan bog'liq to'rt ulug' kunni ham
belgilab, nishonlashga odatlanishgan. Masalan, tabiatning Uyg'onish kun-tun
tengligi, dala ishlarining boshlanishi pallasida Navro'z; yozda – quyosh tik bo'lib,
tun qisqarib, kunning uzayishi davom etganida, havo harorati yuqori darajaga
ko'tarilib suvga ehtiyoj kuchayganida suvga bag'ishlangan tadbir – Angom
(Vaxshangom); kuzda kun-tun tenglashib yilning ikkinchi yarmi boshlanganida –
dehqonlar daladagi hosilni yig'ib olgan vaqtda Mehrjon (Chir-ruj, Nim-sarda);
qishda – eng uzoq tun va qisqa kun sodir bolib, sovuq avjiga chiqqanida (qishki
chilla) isitishga ehtiyoji kuchaygan paytda Sada-Olov bayrami (gulxanlarda
isinish) kabilarni uyushtirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |