O`zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi



Download 74,5 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2017
Hajmi74,5 Kb.
#159
1   2
1978 yili O`zSSRning uchinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan. 1978 yil 19 mart kuni O`zSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasi mutbuotda e'lon qilingan. O`zSSR Oliy Sovet Prezidiumi tomonidan 15 aprel kuni Oliy Sovet sessiyasida O`zSSR Konstitutsiyasi loyihasi SSSRning 1977 yil 7 oktabrida amalga kiritilgan Konstitutsiyasiga mosligi muhokama qilinib ayrim moddalariga o`zgartirishlar kiritilgan va 19 aprel kuni qabul qilingan. Konstitutsiyaning tuzilishi kirish qismidan, XI bo`lim, 21 bob va 183 moddadan iborat bo`lib, ushbu Konstitutsiyada ham Sovet hokimiyatini amalga oshish qoidalari va ishchi dehqon sinfining kommunistik jamiyat qurishdan iborat oliy maqsadi belgilab berilgan. Masalan, Konstitutsiyaning kirish qismida, “xalq davlat hokimiyatini Sovetlar orqali amalga oshiradi” deb “kommunistik partiyaning jamiyat hayotidagi rahbarligi va yetakchilik qilishi”ga ko`p ta'rif berilgan. 70 yildan oshiqroq vaqt davomida qabul qilingan Konstitutsiyalarda xalq hokimiyati haqida chiroyli so`zlar bayon qilingan, lekin amalda joylarda tuzilgan viloyat, tuman, shahar, qishloq va posyolka Sovetlari kommunistik partiya dasturlari, rejalari bilan tashkil qilingan, soxta saylovlar o`tkazilgan jamiyat va davlat hayotida hech qanday ahamiyatga ega bo`lmagan.

1977 yildagi SSSR Konstitutsiyasi Sovet Ittifoqida “markaz”dan davlat boshqaruvining tuzilish shaklini belgilab bergan. XIX Umumittifoq partiya konferensiyasi materiallarida, KPSS platformasi: "Hozirgi shart-sharoitlarda partiyaning milliy siyosati", Sovet Ittifoqini yangilash g`oyalari ilgari surildi, hayotiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan boyitish nazarda tutilgan. “markaz” oldidagi respublikalarning majburiyatlari, vazifalarini mustahkamlab bergan: "SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalarning huquqiy va hayotiy rivojlanishini o`rganishda, shunga diqqatni jalb etish lozimki, partiya va davlatning milliy siyosatni amalga oshirishdagi kamchiliklari tufayli Sovet Ittifoqi tarkibiga zo`rlik bilan kiritilgan respublikalar yanada "markaz"ga qaram davlatga aylanib borganlar, shu bilan birga, kam sonli xalqlarning huquqiy holatida hech qanday o`zgarishlar, siljishlar bo`lmagan. Konstitutsiya va qonunlar tez-tez o`zgartirilgan. Natijada, Ittifoqning inqirozi tarqalib ketishi tezlashgan va milliy munosabatlar sohasida murakkab vaziyatni keltirib chiqargan.

1991 yilning 19-21 avgust kunlari Moskvada sodir bo`lgan davlat to`ntarishi, SSSRning imperiya sifatida bundan buyon hukmronlik qilishga qodir emasligini ma'lum qilib qo`ydi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda "O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tish-tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin. O`zbekistonni Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tinchliksevar mamlakatlar tomonidan tan olinib qo`llab-quvvatlanganligi O`zbekistonning tinch yo`l bilan o`z huquqini mustahkamlab olishida juda katta yordam berdi.

1917 yil fevral inqilobidan keyin, Sovetlar imperiyasini o`rnatgan bolsheviklar Turkistonda 1918 yildan boshlab o`z mustamlakachilik siyosatini, yangi-yangi hujjatlar qabul qilish usullari bilan amalga oshira boshlaganlar. O`rta Osiyo xalqlaridagi milliy g`urur va mustaqil davlatchilikka intilish ruhini yo`q qilish maqsadida, yerlik xalqlar tarixi soxta ma'lumotlar bilan yaratilgan. Mustaqillik, ozodlik uchun kurashgan ota-bobolarimiz millatchilik, panislomizm, panturkizm harakati deb qoralangan. Shuningdek, kommunistik partiya olib borgan siyosat tufayli millionlab begunoh kishilarning qatag`on qilinishiga, qonunsiz, sudsiz yo`q qilib yuborilishiga shart-sharoitlar yaratilgan. Shunga qaramasdan, O`zbekiston xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashini to`xtata olmaganlar.

O`zbekiston o`zining maqsad va taraqqiyot yo`lini belgilab, 1991 yil 31 avgustdagi Oliy Kengash yig`ilishida qabul qilingan "Davlat Mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonunni butun dunyoga e'lon qildi. 1991 yil 21 dekabrda Sobiq Ittifoq respublikalari rahbarlari o`zaro hamkorlikni tenglik asosida, xalqaro huquq normalariga tayangan holda tashkil etishni yo`lga qo`yish maqsadida va sobiq Ittifoq taqdirini uzil-kesil hal etish uchun Olmaotada uchrashdilar. Sakkiz respublikaga Armaniston, Moldaviya va Ozarbayjon Respublikalari ham qo`shildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi deklaratsiyasiga 11 respublika rahbarlari qo`l qo`ydilar:



Shunday qilib, 1922 yilda ta'sis etilgan SSSR Ittifoqi barham topdi va Olmaotada 11 ta Mustaqil Davlatlarning Hamdo`stligi vujudga keldi.


1[12].Karimov I.A: "Bunyodkorlik yo`lidan",. T., "O`zbekiston " – 1996. 340-bet

2[13] A.X Saidov. Qiyosiy konstitutsiyashunoslik. T.: 1993, 3-bet.

3[14] Qayumov R.Q. O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi. Darslik. T., IIV Akademiyasi, 1997y. 54 b.

4[15] Qayumov R.Q. O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. Darslik. T., IIV Akademiyasi, 1997 y 55 b.

Aim.uz


Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish