2021-YEAR REJA: - O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining to‘laqonli sub’ektiga aylanishi
- O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar
- O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining to‘laqonli sub’ektiga aylanishi O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda O‘zbekistonni 170 dan ortiq davlat tan olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O‘zbekiston elchixonalari va moliya tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati bilan savdo-iktisodiy munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochgan. O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. "O‘zbekiston,-degan edi Islom Karimov,- milliy manfaatlariga mos keladigan, ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish - davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir". O‘zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bilan 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Prezident Islom Karimov "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" ma’ruzasida (2005 yil 28 yanvarda) tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib:
1) dan, davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va maqsadi bitta -u ham bo‘lsa, O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbekiston manfaatidir.
2) Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash. Albatta bunda mintaqada strategik mavhumlik saqlanib qolayotganligini ham tan olish kerak.
3) "Qo‘shning tinch - sen tinch" hayotiy naqliga rioya etish.
4) BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish. Shuningdek, YeXHT, Yevropa Ittifoqi, NATO, AQSh, Rosiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar bilan demokratik tamoyillar asosida aloqalarni rivojlantirish.
5) Xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashda birdamlikni ta’minlash va h.k.
XX asr oxirlariga kelib jahon siyosiy xaritasida tub o'zgarishlar - Dunyoning kapitalizm va kommunizm deb ikki qutbga bo'linishi tugadi;
- - «Sovuq urush» kompaniyasi davri tugadi;
- - Dunyoning mafkuraviy jihatdan burjua va kommunistik ideologiyalar tomonidan o'z ta'sir doiralariga bo'lib olishiga chek qo'yildi;
- - Sotsializm (kommunizm) va uning tayanchi bo'lgan SSSR siyosiy tizim va qudratli davlat sifatida jahon xaritasidan o'chdi;
- - Eng muhimi, yangi mustaqil davlatlar, shu jumladan mustaqil O'zbekiston davlati paydo bo'ldi.
Jahonda uchta tamoyil ustunlik qila boshladi - Birinchi tamoyil Rivojlangan va ayniqsa rivojlanib kelayotgan davlatlar demokratik institutlarni, uning tartib-qoidalarini hayotga joriy etishda ancha ilgarilab ketdilar. Xususan, islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni demokratlash-tirish va erkinlashtirish, inson huquqlarini ta'minlash, aholini davlat ishlariga ko'proq jalb etish, siyosiy hurfikrlik, erkin saylovlar masalalarida jiddiy siljishlar bo'ldi.
- Ikkinchi tamoyil. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlar demokratiya, o'zaro hamkorlik, madaniy, siyosiy, iqtisodiy yaqinlashishlar umumiyinsoniy ahamiyat kasb etib bormoqda. Natijada jahon bo'yicha yagona axborot xududi, yagona demokratik qadriyatlar shakllanmoqda, globallashuv yuz bermoqda.
- Uchinchi tamoyil. Davlatlararo munosabatlarda integratsiya-lashuv kuchaymoqda. Masalan, ular o'z tayyorgarligi va iqtisodiy salohiyatiga qarab mintaqalar bo'yicha siyosiy (EXHT, MDH), iqtisodiy (EI, ATR, Evroosiyo, ShHT), harbiy-siyosiy (NATO) jihatidan integratsiyalashib bormoqda.
O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo'shiluvi natijasida
1
- Birinchidan, davlatimiz dunyo hamjamiyatida o'z o'rnini topdi.
2
- Ikkinchidan, endi dunyoning turli burchaklarida hamma o'zbekni, O'zbekistonni taniy boshladi.
3
- Uchinchidan, xalqaro tashkilotlarga kirish va ular bilan hamkorlik qilishi O'zbekiston uchun har tomonlama samarali bo'lmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston tashqi siyosati borasidagi qiyinchiliklar - 1. Sobiq sovet tuzumi O'zbekiston tashqi siyosati jilovini o'z qo'lida ushlab turardi;
- 2. Tashqi aloqalarni yurituvchi tegishli idora va tashkilotlar yo'q edi;
- 3. Xalqaro munosabatlar va huquqiy me'yorlar sohasida tajribasizlik;
- 4. Eksport, import va valyuta resurslarini taqsimlashda tajribaning yo'qligi;
- 5. Mutaxassis kadrlarning etishmasligi;
- 6. Tashqi siyosat bobida tajribaning yo'qligi va boshqalar edi.
Bugungi O'zbekiston - Keyingi yillarda Osiyo mamlakatlari bilan ham aloqalar kengayib bormoqda. Xususan Xitoy bilan elektr, gaz, suv hisoblagichlar, Hindiston bilan dori-darmon, Janubiy Koreya bilan avtomobil sanoati sohasida hamkorliklar samarali natijalar bermoqda. Asaka avtomobil zavodi buning yorqin misolidir. Natijada O'zbekiston jahonda 28 avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatga aylandi. Bu biz uchun katta faxrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |