O'ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIDAGI O'RNI
Mustaqil O'zbekiston davlatining jahon hamjamiyatiga qo'shiluvi. Joining of independent Uzbekistan to world partnership 2. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. Main conceptions of external policy of Uzbekistan Republic 3. O'zbekistonning jahon mamlakatlari bilan har tomonlama o'zaro manfaatli, diplomatik, siyosiy– iqtisodiy va madaniy- ma'rifiy aloqalari. The contacts of Uzbekistan with other world states 4. O'zbekistonning mintaqada va jahonda tinchlik, osoyishtalik va hamkorlik uchun kurashdagi o'rni va roli. The struggle to calmness, partnership of Uzbekistan in continent and in world. Reja:
XX asr oxirlariga kelib jahon siyosiy xaritasida tub o'zgarishlar - Dunyoning kapitalizm va kommunizm deb ikki qutbga bo'linishi tugadi; - «Sovuq urush» kompaniyasi davri tugadi; - Dunyoning mafkuraviy jihatdan burjua va kommunistik ideologiyalar tomonidan o'z ta'sir doiralariga bo'lib olishiga chek qo'yildi; - Sotsializm (kommunizm) va uning tayanchi bo'lgan SSSR siyosiy tizim va qudratli davlat sifatida jahon xaritasidan o'chdi; - Eng muhimi, yangi mustaqil davlatlar, shu jumladan mustaqil O'zbekiston davlati paydo bo'ldi.
Jahonda uchta tamoyil ustunlik qila boshladi Birinchi tamoyil Rivojlangan va ayniqsa rivojlanib kelayotgan davlatlar demokratik institutlarni, uning tartib-qoidalarini hayotga joriy etishda ancha ilgarilab ketdilar. Xususan, islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni demokratlash-tirish va erkinlashtirish, inson huquqlarini ta'minlash, aholini davlat ishlariga ko'proq jalb etish, siyosiy hurfikrlik, erkin saylovlar masalalarida jiddiy siljishlar bo'ldi.
Ikkinchi tamoyil. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlar demokratiya, o'zaro hamkorlik, madaniy, siyosiy, iqtisodiy yaqinlashishlar umumiyinsoniy ahamiyat kasb etib bormoqda. Natijada jahon bo'yicha yagona axborot xududi, yagona demokratik qadriyatlar shakllanmoqda, globallashuv yuz bermoqda. Uchinchi tamoyil. Davlatlararo munosabatlarda integratsiya-lashuv kuchaymoqda. Masalan, ular o'z tayyorgarligi va iqtisodiy salohiyatiga qarab mintaqalar bo'yicha siyosiy (EX?T, MD?), iqtisodiy (EI, ATR, Evroosiyo, Sh?T), harbiy-siyosiy (NATO) jihatidan integratsiyalashib bormoqda.
Bugungi kunda O'zbekiston 1992 yil 2 martda jahonning eng nufuzli xalqaro tashkiloti - Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zoligiga qabul qilindi. Shu bilan O'zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli sub'ektiga aylanganligi qonuniy rasmiylashtirildi. Ma'lumki, sobiq sho'rolar davrida SSSR dan BMTga uning o'zi va ikki ittifoqchi Respublikasi Ukraina SSR va Belorussiya SSR a'zo edi. O'zbekiston uchun bu orzu edi, chunki u nomiga, ya'ni ko?ozda suveren edi. Shundan so'ng qisqa davrda O'zbekiston E?XT (1992 y 30 yanvar), I?T (1992 y noyabr), Evropa Ittifoqi (1996 yildan), NATO (1994 yildan), YuNESKO (1993 y), ?o'shilmaslik harakati (1992 y), Sh?T (2004 y), Evroosiyo Ittifoqi (2005 y) kabi ko'plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan ham o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yildi. Respublikamizda xorijiy davlatlarning 43 ta elchixona va konsulxonasi, 20dan ortiq yirik xalqaro tashkilotlarning missiyalari ishlab turibdi. o'z navbatida, O'zbekistonning ham xorijiy mamlakatlarda 40 dan ortiq elchixona, konsulxona va turli vakolatxonalari faoliyat kursatmoqda.
O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo'shiluvi natijasida Birinchidan, davlatimiz dunyo hamjamiyatida o'z o'rnini topdi. Ikkinchidan, endi dunyoning turli burchaklarida hamma o'zbekni, O'zbekistonni taniy boshladi. Uchinchidan, xalqaro tashkilotlarga kirish va ular bilan hamkorlik qilishi O'zbekiston uchun har tomonlama samarali bo'lmoqda.
Amalda qilingan ishlar O'zbekistonga demokratik tamoyillar kirib kelmoqda. Rivojlangan demokratik davlatlarning bozor munosabatlariga o'tish tajribasini o'rganish imkoniyati va bu borada hamkorlik aloqalari kuchaymoqda. Orol muammosini hal etish bo'yicha hamkorlik qilinmoqda, mabla? ajratilmoqda. 3. YuNESKO homiyligida qadimiy shaharlarimiz Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, ?arshi, buyuk mutafakkir allomalarimiz Beruniy, Xorazmiy, Far?oniy, Moturidiy, Imom Buxoriy va boshqalarning yubileylari o'tkazilmoqda. 4. Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator ijobiy ishlar qilinmoqda.
2. Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston tashqi siyosati borasidagi qiyinchiliklar 1. Sobiq sovet tuzumi O'zbekiston tashqi siyosati jilovini o'z qo'lida ushlab turardi; 2. Tashqi aloqalarni yurituvchi tegishli idora va tashkilotlar yo'q edi; 3. Xalqaro munosabatlar va huquqiy me'yorlar sohasida tajribasizlik; 4. Eksport, import va valyuta resurslarini taqsimlashda tajribaning yo'qligi; 5. Mutaxassis kadrlarning etishmasligi; 6. Tashqi siyosat bobida tajribaning yo'qligi va boshqalar edi.
Bularning barchasi mustaqil tashqi siyosat tamoyillarini ishlab chiqishni taqozo etar edi. Tajriba esa yo'q. Xo'sh! Unda biz nima qildik va nimaga tayandik? Tabiiyki, jahon tajribasiga va o'z milliy tarixiy an'analarimizga. Bu vazifa yurtboshimiz I.Karimov zimmasiga tushdi. U yillarda ko'plab xorijiy davlatlarga, nufuzli xalqaro anjumanlarga rasmiy, do'stona va amaliy tashriflar bilan borib va o'z navbatida ularni O'zbekistonda qabul qilib, bu boradagi tajribalarni o'rgandi. Shunday qilib to'plangan tajribalar asosida O'zbekistonning tashqi siyosiy yo'li ishlab chiqildi. U yurtboshimizning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li», «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat» kabi asarlarida milliy manfaatlar ustuvorligi hisobga olingan holda ilmiy va nazariy jihatdan ishlab chiqildi.
O'zbekiston tashqi siyosati asosiy tamoyillari: 1. o'z milliy davlat manfaatlarini ustun qo'ygan holda barcha davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni keng rivojlantirish. Bu har qanday davlat bilan hamkorlik qilganda nima foyda ko'ramiz demakdir. 2.Tenglik, o'zaro manfaatdorlik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik. 3. Mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar barcha davlatlar bilan ochiq siyosat yuritish. 4. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, qo'rqitmaslik. 5. Davlatlararo munosabatlarda umumbashariy qoidalarni ustun qo'yib, xalqaro hujjatlarni tan olish va ularga qat'iy rioya qilish. 6. Tinchlik va xalqaro xavfsizlik uchun kurash, ziddiyatlarni tinch yo'l bilan hal etish, yadrosiz hudud bo'lib qolish. 7. Inson huquqlariga oid xalqaro qoidalarga sodiqlik va ularni bajarish. 8. Barcha davlatlar bilan to'la ishonch asosida ikki va ko'p tomonlama aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish.
O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng jahondagi barcha davlatlar bilan har tomonlama teng, o'zaro manfaatli diplomatik, siyosiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga kirishdi. 16 dekabr 1991 yildan O'zbekistonni jahonda tan olish pallasi boshlandi. Natijada 1992 yil oxirigacha jahondagi 129 ta davlat O'zbekiston bilan aloqa o'rnatdi. Bular orasida A?Sh, RF, Angliya, Frantsiya, Germaniya kabi yirik davlatlar bor edi. Natijada bugungi kunda er yuzining turli chekkalarida ishonchli va manfaatdor sheriklarimz paydo bo'ldi. Bular orasida Osiyoda, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Evropada, Germaniya, Frantsiya, Chexiya, Amerika qit'asida, A?Sh kabi davlatlar shuningdek, RF qo'shnilarimiz Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa 130 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bor. A?Sh, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi kabi jahonning nufuzli mamlakatlari esa O'zbekistonning strategik hamkorlari hisoblanishi ayniqsa ahamiyatlidir.
Bugungi O'zbekiston Keyingi yillarda Osiyo mamlakatlari bilan ham aloqalar kengayib bormoqda. Xususan Xitoy bilan elektr, gaz, suv hisoblagichlar, ?indiston bilan dori-darmon, Janubiy Koreya bilan avtomobil sanoati sohasida hamkorliklar samarali natijalar bermoqda. Asaka avtomobil zavodi buning yorqin misolidir. Natijada O'zbekiston jahonda 28 avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatga aylandi. Bu biz uchun katta faxrdir.
2005 yil oxiri va 2006 yil boshida O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Rossiya bilan aloqalari yangi bosqichga ko'tarildi. Birinchidan, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti Rossiya, Belorus, ?ozo?iston, ?ir?iziston o'rtasidagi Evroosiyo ittifoqi bilan qo'shildi. Natijada bu har ikki iqtisodiy tashkilot o'rtasida yagona Evroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti paydo bo'ldi. Ikkinchidan, Rossiya va O'zbekiston munosabatlari «ittifoqchilik darajasiga» ko'tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |