Shanxay hamkorlik tashkiloti
1996– yilda Shanxayda, 1997– yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida shartnomalar imzolangan edi.
“Shanxay forumi” yoki “Shanxay beshligi” tashkiloti tuzildi.
2001– yil iyunda bo’lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
HHT ochiq tashkilot bo’lib, o’zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda.
1996– yilda Venada Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlatlari rahbarlari uchrashib, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida o’ziga xos tuzilmaga asos soldi. 1999–yil aprel oyida O’zbekiston ham unga qo’shildi va bu tashkilotga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUAM deb yuritiladi.
GUAM tashkiloti
GUUAM mamlakatlari 1993–yilda Bryuselda asos solingan Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yo’lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda. TRASEKA dasturining amalga oshishi xalqaro yuk tashishning global tizimini shakllantirish, Sharq va G’arb mamlakatlarini bog’lovchi Buyuk ipak yo’lini tiklash, mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
GUUAM mamlakatlari 1993–yilda Bryuselda asos solingan Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yo’lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda.
TRASEKA dasturining amalga oshishi xalqaro yuk tashishning global tizimini shakllantirish, Sharq va G’arb mamlakatlarini bog’lovchi Buyuk ipak yo’lini tiklash, mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Islom hamkorlik tashkiloti
Islom konferensiyasi tashkiloti 1969 yil 25 sentabrda Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan islom davlatlari sammitida tashkil etilgan.
2011 yil 28 iyunda tuzilma nomi Islom hamkorlik tashkiloti, deb o‘zgartirilgan. Bugungi kunda tashkilotga 57 mamlakat a'zo bo‘lib kirgan.
O‘zbekiston 1996 yilda a'zo bo‘lgan.
Islom hamkorlik tashkiloti xalqaro huquqning sub'yekti hisoblanadi. Tashkilot doirasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
2016 yil 18-19 oktabr kunlari Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |