Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina
SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O’zbekiston
davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.
Xalqaro vaziyatda tub o’zgarishlar sodir bo’lsada, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi
xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo’lmoqda:
1.
Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik
va ziddiyatlar yanada o’sdi. Mamlakatlar o’rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg’or
texnologiya, erkin sarmoyalarni to’plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta.
Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar
mavjud.
2.
Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o’rtasida milliy-etnik va
diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy
mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o’zi yashaydigan joylarni tashlab,
boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo’lgan.
3.
Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy
ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida
vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar
o’rtasida “haqiqiy” va “soxta” dindorlik belgilari bo’yicha qarama-qarshilik
chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa
sivilizatsiyalar o’rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga
urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O’zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa
mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
4.
“Sovuq urush” siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi
kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda
saqlanayotganligi, yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib
borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid
bo’lib qolmoqda.
5.
Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik
vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar
insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
6.
Tobora
kuchayib
borayotgan
korrupsiya,
uyushgan
jinoyatchilik,
giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo’rt bo’lib turganligidan dalolat beradi.
Bizni qurshab turgan olam g’oyat murakkab va muammoli bo’lib keldi, hozir ham
shunday bo’lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro
munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro
barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo’lib qoldi. Hatto ayrim olingan
mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon
hamjamiyatining vazifasiga aylandi.
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab ehtiyojlarining g’oyat darajada o’sganligi
bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari,
ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa
mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv
zaruriyat bo’lib qoldi.
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham,
boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo’linmasdir. Shu boisdan
barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqadadir.
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish
nuqtai-nazaridan va o’z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jug’rofiy-strategik
imkoniyatlarga ega.
7.
Qadim zamonlarda Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li
O’zbekiston hududi orqali o’tgan. Bu yerda savdo yo’llari tutashgan, tashqi aloqalar
hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa
va Osiyoni bog’laydigan yo’llar Markaziy Osiyodan, uning o’rtasida joylashgan
O’zbekistondan o’tmoqda.
8.
Markaziy Osiyoda jug’rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan
O’zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash,
barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
O’zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida
joylashgan.
1.
Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada
yetakchi o’rida turadi.
2.
Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zahiralari va strategik
materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o’zini
ta’minlashga qodir.
3.
O’zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o’zini neft,
gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga
ega.
4.
Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli
insoniyat sivilizaliyasida salmoqli o’rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy
jarayonlariga ta’sir o’tkazish salohiyatga ega.
Jug’rofiy-siyosiy jihatdan O’zbekistonda qiyinchiliklar tug’diruvchi omillar ham
mavjud. Jumladan:
5.
O’zbekiston o’zining jug’rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik
tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan mintaqada joylashgan. O’zbekiston fors ko’rfazi,
Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari
joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu
hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko’pgina yirik davlatlar va
bizga qo’shni davlatlarning geografik manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi
kuzatilmoqda.
6.
Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O’zbekistonni etnik, demografik,
iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar kurshab turibdi.
Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstrimizm, etnik murosasizlik,
narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirib kelinayotgan, ichki
mojaro avj olgan Afgoniston kabi beqarorlik o’chog’i bilan chegaradosh.
7.
Sovetlar
davrida
Markaziy
Osiyoda,
jumladan,
O’zbekistonda
kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo’nalishda
transport komunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O’zbekiston bevosita dengizga
chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan
mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o’tadigan olis yo’l bo’lib,
O’zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib,
mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi.
8.
Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |