Bu yil mintaqada iqtisodiyoti oʻsishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat — Oʻzbekiston boʻlib, iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda
Bog'liq O\'ZBEKISTONNING IJTIMOIY SOHADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
Bu yil mintaqada iqtisodiyoti oʻsishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat — Oʻzbekiston boʻlib, iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.
Bu yil mintaqada iqtisodiyoti oʻsishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat — Oʻzbekiston boʻlib, iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.
Karantin Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan yuz minglab mehnat muhojirlarini ham daromadsiz qoldirdi. Pandemiya tufayli butun dunyo boʻylab pul oʻtkazmalari 20 foiz ga qisqarsa, Markaziy Osiyoda deyarli 28 foizga pasayadi.
Shu asnoda Jahon banki 2,6 millionga yaqin Markaziy osiyoliklar kambagʻallik chizigʻidan pastga tushib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Shu asnoda Jahon banki 2,6 millionga yaqin Markaziy osiyoliklar kambagʻallik chizigʻidan pastga tushib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Bunday muhim sharoitlarda hukumatlarning asosiy vazifasi nafaqat kasallikning tarqalishini jilovlash, balki aholining zaif qatlamlarini hamda ish va daromad manbaisiz qolganlarni qanday qoʻllab-quvvatlashdan ham iboratdir.
Bundan tashqari, kambagʻallik darajasini kamaytirish vazifasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylandi. Uzoq muddatga moʻljallangan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqarorligini taʼminlash strategiyasining bosh maqsadi qilib qoʻyildi. Prezidentning shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida “Birinchi navbatda aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish — biz uchun bosh vazifalardan biri boʻlib qoladi”, deya aniq aytildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi kambagʻallikni qisqartirish jarayonlarini tartibga solish uchun maxsus tashkil etildi. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, 2030-yilgacha Kambagʻallikni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqishga qaror qilindi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlashni muvofiqlashtirish borasidagi ishlar samaradorligini mustahkamlash maqsadida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.