O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish strategiyaSI” fanining



Download 33,73 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2022
Hajmi33,73 Kb.
#415882
  1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi (4)


O’ZBEKISTONNING IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANISh STRATEGIYaSI”
FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Reja:


  1. Fanning predmeti hamda manbalari.




  1. Fanning asosiy tushunchalari va ijtimoiy–gumanitar fanlar ora- sida tutgan o’rni.




  1. Fanni o’rganishning nazariy va amaliy ahamiyati.
    1. Fanning predmeti hamda manbalari


O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanini o’rganish mamlakat xayotida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish bilan bog’liq qonuniyatlarni bilish va o’rganishda, demokratik taraqqiyot yo’lida «o’zbek modeli» ni tatbiq etishda muhim aha- miyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan boglab olib borishga o’rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida o’zining nufuzli o’rniga ega bo’lishi, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy ma’naviy merosni qadrlash, vatan- parvarlik tuygularini mustahkamlashga ko’maklashadi. Mamlakatda erkin demokratik fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi.


“Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish stra- tegiyasi” fanini o’rganishning o’ziga xos zarurat va sabablari mavjud.
Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to’grisida muayan mo’’tadillashgan ilmiy kontseptsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demo- kratik jamiyatning qiyofasi asoslari yashash va rivojlanishining umum- e’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat xalqning milliy
– ma’naviy xususiyatlari bilan bog’liq jihatlari tobora keng miqyosda o’z ifodasini topmoqda.
Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topgani e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo’li ekanini deyarli barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko’lam kasb etayotganligi taraqqiyot strategiyasi bilan bog’liq masalalarni fan sifatida o’rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.
Ikkinchidan, O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat strategiyasining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning milliy g’oya bilan bog’liqligini o’rganish zaruriyati ham shu qonuniyat bilan bog’liqdir.
Ijtimoiy – gumanitar va ijtimoiy – siyosiy fanlar qatorida uning maxsus fan sifatida o’kitilishi dunyodagi demokratik o’zgarishlar bilan bog’liq umumiy qonuniy asoslarga ega bo’lgani bois uni hisobga olish zarur. Har bir mustaqil mamlakat o’zining taraqqiyot yo’lini va qurayotgan jami- yatini bilishga, uning qonuniyatlarini aniqlab olishga ehtiyoj sezadi. Shu nuqtai nazardan hozirgi paytgacha ijtimoiy – siyosiy fanlar tizimida huqu- qiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga, bu jarayonlarning milliy g’oya bilan bog’liqligini asoslashga bevosita taalluqli bo’lgan masalalarni ilmiy jihatdan aniq bir voqelik sifatida yaxlitligicha o’rganuvchi fan vujudga kelmagan. Fikrimizcha, “Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fani aynan shu jarayonni to’liq qamrab olish imkoniyatga ega. Negaki, bu fan eng avvalo jahon tsivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda, mamla- katimizning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, adolatli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning nafaqat nazariy masalalarini, balki uning amaliy jihatlarni yaxlit tarzda o’rganadi.
Uchinchidan. Bu fanni yana shuning uchun ham o’rganish zarurki, Sharq va Farb tsivilizatsiyalari tutashgan makonda tarixda birinchi bor umume’tirof etilgan demokratiya tamoyillari milliy qadriyatlar bilan to’ldirilmoqda. Jamiyatimizdagi bu jarayonni atrofimizda ro’y berayotgan ijtimoiy ho- disalar, voqealar va ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni aniq voqeligi- miz bilan chambarchas o’rganish, taxlil etish zarur.Bu zarurat mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning «Pirovard maqsadimiz – ijtmoiy yo’nalti- rilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan ibo- ratdir»1 deb ta’kidlagan umumstrategik vazifani amalga oshirish bilan bog’liq. Bu vazifa “Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ri-





1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997, 3-bet.
vojlanish strategiyasi” fanini o’rganishning zarur qilib qo’ygan uchinchi asosiy sabablardan biri deyish mumkin.
Ma’lumki, o’tgan XX asrning so’nggi yilligi dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lganligi bilan xarakterlanadi. «Ular hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o’tmishga ega bo’lgan, o’z siyosiy mus- taqilligini tinch yo’l bilan qo’lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo’liga qadam qo’ydi»2. Ana shunday mustaqil taraqqiyot yo’liga qadam qo’ygan davlatlar turli mintaqalarda joylashgan bo’lib, ular Markaziy Evropaning (5 ta), Boltiqbo’yi davlatlarining (3 ta), Bolgariya va Ruminiya, Farbiy-Sharqiy Ev- ropa mamlakatlarining (5 ta), mustaqil hamjamiyatdagi davlatlarning g’ar- biy qismida (4 ta), Kavkazorti davlatlarida (3 ta) va Markaziy Osiyo davlatlaridan (5 ta)ni o’z ichiga oladi.3 Ana shu mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan va dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeini mustahkam- lashga intilayotgan, tenglar orasida teng bo’lishga, jahon maydonida o’ziga xos nufuzli o’ringa ega bo’lishga harakat qilayotgan davlatlardan biri O’zbe- kiston Respublikasidir.
«Mustaqillik, O’zbekiston xalqi hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. O’z mustaqilligini, erkini qo’lga kiritgan har bir xalq o’z taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat bunyod etishda o’z andozasini ishlab chiqishga harakat qiladi.»4
O’zbekiston ham o’zining milliy davlatchilik negizlariga xos bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiyot yo’lini belgi- lab oldi. Mamlakatning oldida turgan maqsadni ta’kidlar ekan, I.A.Kari- mov shunday deydi: «Biz quradigan jamiyat O’zbekiston xalqining munosib turmushini, xuquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatla- rimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini; insonning ma’naviy-ahloqiy



2O’sha erda.
3 YuNISEF. Ijtimoiy monitoring. 2003 yil, 2-bet
4 Karimov I.A.O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 1992, 35-bet.
barkamolligini ta’minlashi kerak»5. Bu erda u yoki bu mamlakatga xos bo’lgan demokratiya ko’rinishidan andoza olish to’grisida ketmayotganligini hisobga olish muhim. Asosiy maqsad – O’zbekiston taraqqiyot strategiya- sining mohiyatini, uning milliy g’oya bilan bog’liqligini o’rganish asosida demokratik taraqqiyot yo’lida rivojlanayotgan boshqa jamiyatlardan farqli jihatlarini hamda umumiy tomonlarini aniqlashga qaratilgan.
“Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish stra- tegiyasi” fanining predmeti mamlakatda demokratik jamiyatning shaklla- nishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e’tirof etilgan umumbashariy printsiplari hamda milliy tamoyil- larga asoslanadi. Ayni paytda uning mamlakatimizga xos va mos xususiyat- laridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jami- yatini qurish yo’llari va qonuniyatlarini o’rganish, bu fanning predmeti va ob’ektini tashkil etadi.
Shuningdek, O’zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning ob’ektidir. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti bir tomondan, demokratik jamiyat to’grisidagi mavjud qarash- larga, nazariyalarga hamda mamlakatimizning davlatchiligi tarixiy merosi bilan bog’liq mutafakkirlarning goyalarini hisobga olsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida demokratik jamiyat qurilishi to’grisidagi muhim kontseptual g’oyalar va qarashlarning ishlab chiqilishi, unda O’zbekistonning o’ziga xos rivojlanish yo’li xususiyatlariga tayanadi. Uchinchidan, bu sohada mustaqillik yillarida erishilayotgan zafarlarni demokratik jamiyat qurish tajribasi yutuqlariga tayanib o’rganadi. O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rni, o’zaro manfaatli hamkorlik asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish qonuniyatlarini bilish ham muhim o’rin tutadi. Mamlaka- timizda demokratik jamiyat qurilishi ijtimoy hayotimizning biron-bir sohasi bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning barcha jabhalaridagi o’zgarishlarning negizlarini o’z ichiga oladi va o’rganadi. Bunda mamlakat



5O’sha joyda.
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti demokratiyalashuvining va siyosiy hayotining erkinlashtirilishi, davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, uning mann- bai, fuqaro – jamiyat – davlat munosabatlari asosiy negiz hisoblanadi.



    1. Download 33,73 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish