O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish strategiyaSI” fanining


Fanning asosiy vazifalari va tushunchalari



Download 33,73 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2022
Hajmi33,73 Kb.
#415882
1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi (4)

Fanning asosiy vazifalari va tushunchalari


“Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish stra- tegiyasi” fani mustaqillik tufayli vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimidan o’ziga yarasha o’rin olayotir. Bu zarurat mustaqil davlati- miz misolida demokratik jamiyat qurish jarayonida qo’lga kiritilgan yutuq- lar, ayrim hayotiy saboqlarning ilmiy tahlil qilinishini taqazo qilmoqda. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning mohiyatini bilish, unga ijodiy yondashish uchun mamlakatimiz taraqqiyotining strategiyasini, bu strategiya- ning milliy g’oya bilan bog’liqligini chuqur o’rganish zarur. Bu strategik vazifani faqatgina ushbu fan bajaradi.


“Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish stra- tegiyasi” fani o’z oldiga bir necha vazifalarni qo’ygan. Bular ko’proq mamla- katda demokratik fuqarolik jamiyati qurish strategiyasining o’ziga xos va umume’tirof etilgan qonunlarini bilish, nazariy xulosalar va umumlash- malar chiqarishdan iboratdir. Xususan, fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkin- likni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusini hurmat qilish bilan bog’liq qadriyatlarni shakllantirish asosiy vazifalardandir. Bu vazifalar fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va fa- rovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo’ladi. U fan sifa- tida ana shundan ulug va bunyodkorlik ishlariga xizmat qiladi. Buning uchun u turli xil uslublardan foydalanadi. Bular dunyo fanlari foydalanib kelayotgan tajriba, qiyosiy tahlil, empirik-sotsiologik va ilm-fanning boshqa zamonaviy uslublaridir.
“Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish stra-tegiyasi” fani bilan bog’liq tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning shakllanishi qadimgi dunyoga borib taqaladi. Ular orasida «demokratiya» tushunchasi alohida o’rin tutadi. «Demokratiya» yunoncha so’z bo’lib, tarjima- da «xalq hokimiyati» (demos – xalq, krotos - hokimiyat) ma’nosini bildi- radi. Demokratiya deb oliy hokimiyat bevosita xalqqa tegishli bo’lgan va xalqning hohish-irodasi bilan amalga oshadigan davlat va jamiyatga ayti- ladi. Albatta «demokratiya» atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muximdir. «Bi- nobarin, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - biz o’z istagimizdagi demo- kratiyaga qanday mazmun baxsh etmaylik, agar u hayotimizning har bir soniya- siga singib ketmasa, turmu-shimizning ajralmas qismiga aylanmasa, hamma shiorlar va ta’riflar yo mazmunsiz baqir-chaqir yoki hech narsani anglatmay- digan so’z o’yini bo’lib qolaveradi»6. Demokratiyaning vazifa – fuqarolar- ning xuquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat. Lekin hozir- gacha hech qaysi davlat bunga mukammal erishmagan, faqat unga harakat qilib kelmoqda. Demokratik boshqaruv jarayonida siyosiy hayotda ishtirok etish nafaqat fuqarolarning muhim siyosiy faollik belgisi bo’libgina qolmas- dan, bu ularning huquqlari, balki burchlari ekanligini ham anglash muhim axamiyat kasb etadi. Shu jixatlarni xam xisobga olish muximdir.
Demak, birinchidan, demokratik jamiyat davlatchilik soxasida xar bir mamlakat va xalqning demokratiyada umume’tirof etilgan qadriyatlari va tamoyillari hisobga olinadigan, milliy – madaniy merosi xususiyatlariga tayaniladi, fuqarolarning xuquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan boshqaruvda fuqarolar faol ishtirok etadigan jamiyatdir.





6 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 6-jild. – T.: O’zbekiston, 1998, 180-bet.
Ikkinchidan, umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfa- atlari yo’lida ko’pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini xurmat qilish tushuniladi.
Uchinchidan, uni batafsil taxlil qilganda esa demokratiya xalqning o’z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari xam xar bir shaxsning manfaatlari va xuquqlarini o’zboshimchalik bilan cheklashlar-u shu yo’sindagi xarakatlar- dan ximoya qilish ham, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish shakli ekanligi ham ayon bo’ladi.
Demokratiya g’oyasi jaxonning eng rivojlangan mamlakatlarida asosiy va etakchi tamoyilga aylanguncha ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichla- rida murakkab, ziddiyatli, ba’zan esa fojeali o’zgarishlarga uchragan. Bugungi kunda demokratik qadriyatlarning asosiy tushunchalarini to’la- to’kis o’zlashtirib olish jamiyatni demokratlashtirishning muxim sharti bo’lib qolmoqda.
Fanning asosiy tushunchalari turkumiga quyidagilar ham kiradi:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda ishlatiladigan umumiy tushunchalar. Masalan; jamiyat, tsivilizatsiya, erkinlik, xuquq, qonun, madaniyat, taraqqiyot, demokratiya:

  2. Ijtimoiy-siyosiy fanlarda ishlatiladigan tushunchalar bilan yaqin bo’lgan tushunchalar: xuquqiy davlat, xususiy mulk, fuqarolik jamiyati, siyo- sat, siyosiy hokimiyat, siyosiy tashkilotlar, siyosiy tizim, siyosiy rejim, siyosiy plyuralizm, siyosiy ong, siyosiy madaniyat va v.b.

  3. Mazkur fanning tarkibidan joy olgan tayanch tushunchalar: taraqqiyot strategiyasi, erkinlik, mustaqillik, milliy g’oya, davlatchilik, demokratik jamiyat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va hokazo.

Fanni o’rganish jarayonida liberal demokratiya, demokratiya va bozor iqtisodiyoti, demokratiya sharoitida inson xuquqlari va erkinligi, «demo- kratiya va millatlararo munosabatlar, davlatni demokratik boshqarish, demokratiyani asosiy unsurlari bilan bog’liq tushunchalar ham ko’proq ishla-
tilishi tabiiy. Bu tushunchalarning har birining o’ziga xos ma’nosi va mazmuni bor.

Download 33,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish