O’zbekistonning erkin iqtisodiy zonalari: 2020 yil yakunlari va 2021 yilda rivojlanish istiqbollari



Download 18,83 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi18,83 Kb.
#520599
Bog'liq
Erkin iqtisodiy zonalar 2021


O’zbekistonning erkin iqtisodiy zonalari: 2020 yil yakunlari va 2021 yilda rivojlanish istiqbollari
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida 21 ta erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) mavjud bo’lib, ulardan 19 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo’jaligi va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashgan.
2008 yildan 2021 yilgacha bo’lgan davrda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida 2,4 milliard dollarlik jami 448 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 764,6 mln dollarni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 34 mingga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (730,7 mln dollarlik 73 ta loyiha), "Urgut" EIZ (312,9 mln dollarlik 55 ta loyiha), "Navoiy" EIZ (282,8 mln dollarlik 53 ta loyiha) va "Buhoro-agro" EIZda (325,1 mln dollarlik 112 ta loyiha) amalga oshirildi.
2020 yil yakuniga qadar faoliyat ko’rsatayotgan EIZ hududlarida umumiy qiymati 487,4 mln dollarga teng bo’lgan 128 ta loyiha amalga oshirildi. Shundan 162,1 mln dollarni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar tashkil etadi. Loyihalar zamonaviy issiqxonalar qurish (204,7 mln dollarlik 62 ta loyiha), qurilish materiallari ishlab chiqarish (140 mln dollarlik 18 ta loyiha), kimyo va neft-kimyo sanoati (50,6 mln dollarlik 13 ta loyiha), oziq-ovqat sanoati (15,9 mln dollarlik 10 ta loyiha), to’qimachilik sanoati (20,1 mln dollarlik 8 ta loyiha), mashinasozlik (6 mln dollarlik 2 ta loyiha), charm-poyabbzal sanoati (14,9 mln dollarlik 5 ta loyiha), elektrotexnika sanoati ( 13,7 mln dollarlik 3 ta loyiha), farmasevtika sanoati (56,3 mln dollarlik 6 ta loyiha), mebel va qog’oz ishlab chiqarish (1,1 mln dollarlik 1 ta loyiha) kabi sohalarni qamrab oldi.
Ko’rib chiqilayotgan davrda EIZ ishtirokchi korxonalar 11,9 trln so’mlik 538 turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarib, 257,6 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qildilar, bu esa pandemiyaning salbiy iqtisodiy oqibatlariga qaramay, 2019 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 145 foizga oshdi. Shuningdek, 186 ta yangi korxona EIZ ishtirokchisi maqomini oldi.
Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borildi. Xususan, “Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Hujjat bilan EIZlarni yaratish, ular faoliyat ko’rsatishining muddatini uzaytirish va tugatish, chegaralarini o’zgartirish tartibi belgilandi hamda ularni boshqarish tizimi, o’z hududida joylashtirish uchun investisiya loyihalarini tanlash tamoyillari, shuningdek, EIZ ishtirokchilarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi qayta ko’rib chiqildi.
Bundan tashqari, hujjatda EIZ hududida infratuzilma obyektlarini qurish yoki qayta ta’mirlash ishlari markazlashtirilgan hamda nomarkazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
EIZlarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash ularning samarali ishlashi va yangi investorlar va tadbirkorlarni o’z hududlarida loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishning asosiy omili hisoblanadi. Shu munosabat bilan, 2021 yilda mavjud EIZni muhandislik-kommunikasiya tarmoqlariga ulash bo’yicha ishlarni bajarish uchun 890 mlrd so’m ajratish rejalashtirilgan.
Xususan, bu EIZdagi investisiya faoliyatining ijobiy prognozlari bilan bog’liq. 2021 yilda Respublikaning erkin iqtisodiy zonalarida qiymati 2,9 mlrd dollarlik 443 ta yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, ulardan 1,4 mlrd dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar hisoblanadi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 552 yangi turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi va 41,6 ming yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Bundan tashqari, joriy yilda “Buxoro-agro” EIZ, “G’ijduvon” EIZ va “Urgut” EIZ hududlarini kengaytirish, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasida yangi erkin iqtisodiy zonani - “Qoraqalpog’iston-agro” va Farg’ona viloyatidagi ikkita maxsus erkin iqtisodiy zonalar - "Andijon-tekstayl" va "Namangan-tekstayl"ni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Download 18,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish