O‘zbekistonning eng yangi tarixi


  yildan boshlab yangi, to‘rtinchi bosqichga qadam qo‘ydik



Download 343,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana10.08.2021
Hajmi343,3 Kb.
#143772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1ZjDIoPJ2hff2yo0rOI5choCj4pL8a3c

2017  yildan boshlab yangi, to‘rtinchi bosqichga qadam qo‘ydik. Ushbu 

bosqich demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada 

chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi. 



O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat 

va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 

mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  hamda  hayotning  barcha  sohalarini 

liberallashtirish  bo‘yicha  ustuvor  yo‘nalishlarni  amalga  oshirish  maqsadida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoev  tomonidan  olib  borilayotgan 

izchil islohotlar, qabul qilingan Xarakatlar strategiyasi va boshqa davlat dasturlarini 

amalga oshirish borasida olib borilayotgan chuqur islohotlar natijalarini o‘rganishga 

qaratilgan.  Ushbu  bosqich  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  yanada 

demokratlashtirish,  xalq  davlat  uchun  emas,  davlat  idoralari  xalq  uchun  xizmat 

qilishi  kerak  tamoyilining  ilgari  surilishi,  xalq  bilan  muloqot  tizimini  yo‘lga 

qo‘yilishi, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini 

ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga 

va  demokratik  bozor  islohotlarni  chuqurlashtirishga  qaratilganligi  bilan 

xarakterlanadi. 

Mustaqillik  yillarida  tarixiy  voqealarni  o‘rganish  qanday  ilmiy-nazariy 

metodologik  asoslarga  tayanishining  ahamiyati  juda  katta.  Sho‘rolar  hokimiyati 

davrida  tarixni  o‘qitish  va  o‘rganish  ishlari  marksistik  metodologiyaga 

bo‘ysundirilgan  edi.  Har  qanday  voqeani  yoritishga  komfirqa  mafkuraviyligi, 

partiyaviylik,  sinfiylik  nuqtai  nazaridan  yondoshildi.  Oqibatda  ko‘pgina  tarixiy 

voqea-hodisalar  soxtalashtirildi,  o‘tmish    qoralandi,     ma’naviy  merosimiz,  milliy 

qadriyatlarimiz  haqoratlandi.  Bu  borada  mamlakatda  hukmron  bo‘lgan  totalitar 

tuzumning salbiy roli katta bo‘ldi. Tarix   totalitar tuzum xizmatkoriga, targ‘ibotchi 

va himoyachisiga aylantirilgan edi. 

Kishilik  jamiyatining  tarixiy  voqea,  hodisalarni  o‘rganishning  muhim 

nazariy-metodologik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi 

dialektik metoddir. Inson hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika 

olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‘ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro 

bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. 

Dialektik  metodologiya  har  qanday  mamlakat  tarixini  jahon  xalqlari  tarixi  bilan 

bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi. Negaki har bir xalq, davlat tarixda milliylik, 

o‘ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti 

bilan  umumiy  bog‘lanishdadir.  Shundan  kelib  chiqib  O‘zbekistonning  eng  yangi 

tarixini dunyoda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga bog‘lab o‘rganish muhim 

ahamiyatga ega. 

“Ma’naviyatini  tiklashi,  tug‘ilib  o‘sgan  yurtida  o‘zini  boshqalardan  kam 

sezmay boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. 

Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning 

har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil 

aqidalar  ta’siriga  olish  mumkin  emas.  Tarix  saboqlari  insonni  xushyorlikka 

o‘rgatadi,  irodasini  mustahkamlaydi”.  O‘zbekistonning  Birinchi  Prezidenti 

I.Karimovning  bu  so‘zlari  komil  insonni  tarbiyalashda  Vatan  tarixini  xolisona  va 

haqqoniy o‘rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.  

Darhaqiqat,  tarix  xotirasi  inson  taraqqiyotiga  kuchli  ta’sir  o‘tkazadi,  milliy 

g‘oyaning  shakllanishida  muhim  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Milliy  ong,  milliy 

tafakkur  xalq  tarixi,  uning  rivojlanish  bosqichlarini  nechog‘li  o‘rganish,  undan 



saboq chiqarish bilan bog‘liq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga 

da’vat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi. Zotan, uning ulug‘ murabbiylik, 

tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda.  

Har  tomonlama  yetuk,  komil  insonni  tarbiyalashda  O‘zbekiston  tarixi, 

xususan  uning  eng  yangi  davrinining  o‘rni  kattadir.  Bugungi  kunda  xalqning, 

ayniqsa,  yoshlarning  ma’naviy  ruhini  mustahkamlash  va  rivojlantirish  borasidagi 

ishlar  davlatning  oldida  turgan  muhim  vazifalardan  biri  bo‘lib  qolmoqda. 

Ma’naviyat, ma’naviy barkamollik shundaygina kishi ruhiga kirib qolmaydi. Unga 

har kuni va har soatda tinmay mehnat qilish orqali yetishish mumkin. Bu xayrli ishda 

O‘zbekiston  tarixining  mustaqillik  davrini  o‘rganishning  ham  o‘rni  beqiyosdir. 

Milliy  qadriyat,  ma’naviyat,  madaniyat  umumbashariy  qadriyat,  ma’naviyat  va 

madaniyatining  sarchashmasidir.  Ana  shu  sarchashma  ma’lum  makonda,  ya’ni 

Vatanda  vujudga  keladi.  Shunday  ekan,  milliy  qadriyat  va  madaniyat  bevosita 

vatanparvarlik bilan uzviy aloqadorlikdadir. 

Tarixiy  voqea,  hodisalarni  o‘rganish,  tahlil  etish  va  yoritishda  xolisona, 

haqqoniy, adolatli yondashuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasi tarixiy 

voqea,  hodisalarni  o‘rganayotganda  ular  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  faktlarning, 

hech bir istisnosiz, butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga 

asoslanishini  talab  qiladi.  Tarixiy  hodisalarni  bir  butun  holda  o‘zaro  aloqada  va 

munosabatda deb tekshirish lozim.  

Tarixni  o‘rganishda  tarixiylik  metodologiyasi  muhim  ahamiyatga  ega. 

Tarixiylik  qoidasi  voqea,  hodisalarni  o‘z  davrining  aniq  tarixiy  sharoitidan  kelib 

chiqqan holda o‘rganishni taqozo etadi. 

Voqea,  hodisalarni  o‘rganishda  tarixiy  bog‘lanish,  tarixiy  rivojlanish 

jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar 

bilan  bog‘lab  o‘rgangandagina  mazkur  voqea-hodisaning  umumiy  tarixiy 

jarayondagi  o‘rnini  to‘g‘ri  aniqlash,  belgilash  mumkin  bo‘ladi.  Har  bir  voqea, 

hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo‘lagi deb qaramoq zarur. Har bir 

hodisa  qanday  tarixiy  sharoitda,  muhitda  paydo  bo‘lganligini,  bu  hodisa  o‘z 

taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o‘tganligini, keyinchalik u qanday bo‘lib 

qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, ibtidoiy davrda 

ayrim  qabilalarda  odamxo‘rlik  bo‘lgan,  bu  bugungi  kun  nazaridan  baho  bersak, 

vahshiylik,  lekin  o‘sha  davr  sharoitidan  kelib  chiqib  baho  bersak,  bu  zaruriyat 

(ilojsizlikdan qilingan harakat) dir.  




Download 343,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish