О’zbekistonning eng yangi tarixi


Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-harakatlar



Download 0,98 Mb.
bet19/59
Sana20.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#460622
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Bog'liq
2 5291800386171046476 (0)

3. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-harakatlar. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991-yil 15-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashi “O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach jahon xalqaro talablar va me’yorlar doirasida qiyofasini ko’rsatmog’i, buning uchun esa davlatimiz o’zining butun imkoniyatlarini, o’ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo’lmog’i lozim edi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda bo’lib o’tgan VIII sessiyasi ”O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida” qonun qabul qildi. O’zbekiston Respublikasining davlat bayrg’gi va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o’zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog’i yurtimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir.
1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida” Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992-yil dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasi tomonidan O’zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo’ldi.
Shu sessiyada “O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qonun ham qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
O’zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994- yilning 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’m muomalaga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to’g’risida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: “Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!” – deb qayd etgan edi.
Har qanday mustaqil davlatlarning huquqiy asosi – bu uning asosiy Qonuni – Konstitutsiyasidir. Har qanday jamiyat kelajakni ko’zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq – O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo’ldi.
Konstitutsiya har qanday davlatning yuzi, obru-e’tibori ham hisoblanadi. Chunki Konstitutsiya davlatni-davlat, millatni-millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir. Shu ma’noda asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongini va madaniyatini aks ettiradi. Vaholanki, uning ishlab chiqilishi va muhokama etilishida butun xalq ishtirok etdi.
Asosiy Qonunimizni baholashda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, BMT, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Nashkiloti kabi nufuzli davlat va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari siyosatchilari va olimlari faol qatnashdilar. Natijada O’zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan mamlaktlar – AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya kabi G’arb davlatlari, Misr, Turkiya, Hindiston va boshqa Sharq davlatlarining boy tajribasidan eng demokratik jihatlarini, insonparvarlik g’oyalarini tarannum etuvchi xalqaro hujjatlarning talablarini o’zida mujassamlashtirdi.
Shu bilan birga Konstitutsiyada o’zbek xalqining tarixiy milliy va islomiy qadriyatlari mumkin qadar to’laroq aks ettirishga harakat qilingan. Buyuk alloma Abu Nasr al-Forobiy davlatni boshqaruvchi kishilarning xalq o’rtasida obru-e’tiborga ega bo’lishi, xalq tomonidan saylab qo’yilishini talab qilgan bo’lsa, ulug’ bobomiz Sohibqiron Amir Temur ”Temur tuzuklari” asarida davlatni boshqarishda oliy tabaqaga oid sayidlardan tortib, hunar ahligacha bo’lgan ja’mi 12 tabaqa kishilarga suyanib ish ko’rishni alohida ta’kidlab o’tganlar. “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi”, - degan so’zlarni zarhal harflar bilan bittirganlar.
O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g’oyasi 1990-yil 20-iyunida Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan o’rtaga qo’yilgan edi. Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasining muhim tamoyillari asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim degan xulosaga kelindi. Sessiya birinchi Prezident I. Karimov raisligida Konstitutsiyaviy Komissiya tuzish to’g’risida qaror qabul qildi.
Konstitutsiyaviy komissiya ma’qullagan Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti 1991-yil noyabrida tayyorlab bo’lindi. Ushbu variant muqaddima, olti bo’lim, 158 moddadan iborat edi. Konstitutsiya loyihasining ikkinchi varianti 1992- yil bahoriga kelib ishlab chiqildi. Bu variant 149 moddadan iborat edi. Puxta ishlovlardan so’ng O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992-yil 26-sentabrda Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
Un ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi 1998-yil 8-dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida”gi masalani ko’rdi va shu masala yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya raisi, Prezident ma’ro’za qildi, ma’ro’zasida birinchi Prezident I. Karimov shunday degan edi: “Hur O’zbekistonning tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish-jumhuriyatimizning yangidan tug’ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir... Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni-davlat qiladigan, millatni-millat qiladigan qonunlarga asos bo’lishi muqarrardir” (Karimov I. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. T., “ O’zbekiston”, 1992 44-bet).
Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan Konstitutsiyani qabul qildilar. Qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Konstitutsiyaning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda “davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’uldirlar” deyilgan, ya’ni fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Sobiq totalitar tuzum sharoitida bunday fikrni hech kim xayoliga ham keltira olmas edi.
Bir so’z bilan aytganda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi asosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan buyuk voqea bo’ldi.


  1. Download 0,98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish