О’zbekistonning eng yangi tarixi


Al-Moturidiy (taxminan 870-943-yillar)



Download 0,98 Mb.
bet10/59
Sana20.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#460622
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
2 5291800386171046476 (0)

Al-Moturidiy (taxminan 870-943-yillar) — sunniy e’tiqodidagi ikki yirik oqimdan biri bo’lmish moturidiya oqimining asoschisi, uning yakkaxudolik va Qur’onning tafsiriga bag’ishlangan «Kitob at-tavhid» va «Kitob ta’vilot al-Qur’on» nomli asarlari ulamolar orasida katta e’tibor qozongan.
Movarounnahrda tasavvuf ta’limoti X asrdan boshlab yoyila boshladi. Hozirgi O’zbekiston hududida tasavvufning rivojlanishida Yusuf Hamadoniy ta’limoti muhim rol o’ynaydi. Manbalarda qayd qilinishicha, Yusuf Hamadoniy 1043-1049-yillar oralig‘ida Eronning Hamadon shahrida tug’iladi. Yusuf Hamadoniy umrining katta qismini Markaziy Osiyoda o’tkazgan. U hunarmandchilik, kosibchilik bilan shug’ullangan. Shuning uchun ham bo’lsa kerak, uning ta’limoti asosan hunarmandlar orasida keng tarqalgan va ularning manfaatlarini ifodalagan. Yusuf Hamadoniy so’fiylik ilmi bo’yicha ko’plab shogirdlar tayyorladi. Hamadoniy ta’limotidan Markaziy Osiyoda ikki tasavvuf maktabi – Yassaviylik va Naqshbandiylik kelib chiqadi.
Markaziy Osiyo hududida birinchi vujudga kelgan so’fiylik oqimi Yassaviylikdir. Bu oqimga 1105-yilda Yassa (Turkiston) shahrida tug’ilgan Ahmad Yassaviy asos solgan. Ahmad Yassaviy Buxoroda Yusuf Hamadoniydan ta’lim olgach, yana ona shahri Turkistonga qaytib keladi madrasa va xonaqolar qurdiradi. Yassaviy ta’limotining asoslari turkiy tilda yozilgan «Devoni Hikmat» asarida bayon etilgan. U o’troq va ko’chmanchi turkiy xalqlar orasida so’fiylik ta’limotini targ’ib qilishda muhim ahamiyat kasb etgan. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqatga, tariqatsiz ma’rifatga, ma’rifatsiz haqiqatga erishib bo’lmaydi. Ular doimo bir-birini to’ldiradi. Bu yo’l kamolot yo’li bo’lib, inson hayotining asl mohiyatini tashkil etadi.
Yusuf Hamadoniyning yana bir shogirdi Abduxoliq G’ijduvoniy (1103-1179-yy.)dir. Yassaviy bilan G’ijduvoniy shu darajada iqtidorli shogirdlardan bo’lishganki, keyinchalik ulardan biri «Yassaviya» ikkinchisi «Naqshbandiya» tariqatining asoschilari bo’lib yetishadilar. Hoja Abduxoliq G’ijduvoniy Sharq falsafa tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi. Uning falsafiy dunyoqarashi tasavvufdagi Hojagon (Hojalar) halqasida shakllandi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish