O’zbekiston eng yangi tarixini o’qitish jarayonida yoshlarda ularning mafkuraviy qaralarini, ongli fuqarolik xulq-atvorlarini rivojlantirish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Zamonaviy dunyoning ma’naviy me’yorlari va umuminsoniy qadriyatlariga rioya qilish-erkin, adolatli, demokratik jamiyat fuqarosi bo’lish, muloqot, tahliliy fikrlash, boshqalarga nisbatan bag’rikenglik ,o’z-o’zini anglash, mustaqil bo’lishga erishish, tashabbuskorlik va uni qo’llab-quvvatlash ko’nikmalarini o’zlashtirish orqali amalga oshirilishi o’rganilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |