4-TOPSHIRIQ:
Dunyoda keskin raqobat, axborot xurujlari, terroristik tahdidlar tobora kuchayib, ayrim mintaqalarda qonli to‘qnashuvlar va nizolar davom etayotgan bir davrda, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish davri boshlandi.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy g‘oyasiga aylanib, biz yoshlarnin jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashimiz, jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishimizni ta’minlash, bizlarnin qobiliyatimiz va iste’dodimiz, intellektual salohiyatmizni ro‘yobga chiqarish, ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirishimiz borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etiladigan davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Muin Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar butun musulmon olamining faxru iftixori va cheksiz g‘ururi hisoblanadi” degan alohida ta’kid bor. Haqiqatan ham xalqimiz milliy ma’naviyatini muqaddas islom dini va uning asriy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etish amri maholdir. Shuning uchun ham mustaqillik davrida, ayniqsa, so‘nggi uch-to‘rt yilda milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan muqaddas diniy qadriyatlarimizni, ajdodlarimizning diniy-ma’naviy merosini tiklash, har tomonlama rivojlantirish borasida asrlarga tatigulik ishlar bajarilmoqda.
Shu o‘rinda aytish mumkinki, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya tizimini bugungi talablar darajasida rivojlantirish siyosati zamirida yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy ishlar dunyo hamjamiyati e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Xususan, 2018 yilning 12 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilingani diniy erkinlikni ta’minlash, bu boradagi huquqlarni himoya qilish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbusning amaliy natijasi bo‘ldi. Ellikdan ziyod davlat hammuallif bo‘lgan mazkur rezolyutsiyani BMTga a’zo barcha mamlakatlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Bunaqasi xalqaro amaliyotda kamdan-kam kuzatilgan holdir. Bu mamlakatimiz yetakchisining tinchlik, dinlararo hurmat, bag‘rikenglik va integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini anglatadi.
Dunyoviy demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan mamlakatimizda dinning davlatdan ajratilganligi bilan bir qatorda barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligining to‘liq kafolatlangani, e’tiqod va diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, millati, irqi va diniy kelib chiqishidan qat’i nazar, fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyillariga og‘ishmasdan rioya qilinayotgani ijtimoiy barqarorlikning asosiy kafolatlaridan bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu o‘rinda so‘nggi uch-to‘rt yil ichida respublikamizda dunyoviy va diniy sohalar uyg‘unligini ta’minlash bilan bog‘liq muhim islohotlar amalga oshirilayotgani, jumladan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ochilgani diqqatga sazovordir. Islom ta’limotining alohida yo‘nalishlarini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan ta’lim-tadqiqot muassasalari, jumladan, Samarqandda hadis, Farg‘onada fiqh ilmi, Buxoroda tasavvuf, Qashqadaryoda aqida ilmi maktablari faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi muhim qadamlar bo‘ldi, deyishga barcha asoslar bor.
Bugungi voqelik inson qalbi va ongi uchun bo‘lgan kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalari ko‘payib borayotgani, ayniqsa, din omilidan foydalanishga urinishlarda ham namoyon bo‘lmoqda. Yoshlarning ma’naviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida diniy qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayotgan mutaassib kimsalar hamda ekstremistik harakatlar jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bunday kuchlar yoshlar ongi va qalbini zabt etish maqsadida qabih yo‘llardan ham foydalanmoqda. Din bayrog‘i ostida talonchilik va bosqinchilik, terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etayotgan, jamiyatga har tomonlama zarar yetkazayotgan bunday harakatlar yosh avlod orasida millatlararo va dinlararo adovat, millatchilik va diniy ayirmachilik kayfiyatlarining shakllanishiga zamin yaratmoqda. Shunday ekan, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirish siyosati natijasida o‘z faoliyatini boshlagan ilmiy markazlar hamda o‘quv-ilmiy maktablar XXI asrda ekstremizm va har xil shaklu shamoyildagi mutaassiblikka yo‘g‘rilgan buzg‘unchi urinishlarga qarshi hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqidagi chuqur tahliliy ma’lumotlarni yosh avlodga yetkazish, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda, ularni ma’rifiy islom bilan tarbiyalashda asosiy mexanizm vazifasini bajarishiga shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |