,,O’zbekistonning eng yangi tarixi’’ fanidan sessiya oralig’i
1-topshiriq:O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom karimovning,,O’zbekiston
mustaqillikka erishish ostonasida”asarining qisqacha mazmunini yoriting.
1.
Ma’lumki Vatanimiz tarixida unutilmas davr bo’lgan, mamlakatimiz rahbarining
O’zbekistonning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish arafasida va undan keyingi
dastlabki oylarida olib borgan jo’shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks
ettirgan bu kitob xalqimiz tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan kutib
olindi.Buning asosiy sababi va omillari haqida fikr yuritganda, ushbu kitobning
g'oyat muhim mavzu,ya’ni qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan,
bugungi kunda ko’pmillatli xalqimiz uchun eng ulug’, mavzu, ya’ni qancha-qancha
ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan, eng aziz qadriyatga, barcha ezgu maqsad va
harakatlarimiz, bunyodkorlik ishlarimizning hayotbaxsh manbayiga aylangan
mustaqillikka erishish yo’lida 1989-1991-yillar mobaynida olib borilgan mashaqqatli
kurashlar tarixiga bag’ishlanganini alohida ta’kidlash lozim. “O’zbek xalqining
vijdoni pok. Farg’ona voqealari o’zbek xalqining irodasi bilan sodir bo’lmadi. Bu
voqealarga tuturiqsiz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, kim qanday bo’yoq bermasin,
tarix albatta uzining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo’stlik,
yaxshilik, qalb saxovati hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib keldi. Xalqimiz hech
qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo’lmagan. Bu qadimiy
va hozirgi tariximizdan olingan ko’pgina misollar bilan isbot qilingan” (O’zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 19-avgustidagi XVI plenumida nutq
etilgan). Islom Abdug’aniyevich, o’z respublikangizdagi millatlararo munosabatlar
holatiga qanday baho berasiz? --- Farg’ona voqealari, shuningdek, keyingi paytlarda
ro’y bergan boshqa tartibsizliklar – bularning barchasi turli millat odamlarida bir-
biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bo’lishiga kim sababchi? Men hozir aniq-
ravshan qilib aytaman: jamiki noma’qulchiliklar markazi respublikamiz
chegarasidan tashqaridadir. Bozor munosabatlariga o’tish davrida ittifoqdosh
respublikalarning qil ustida turishi kimgadir kerak bo’lib qolganga o’xshaydi….. Ha,
istalgan paytda aralashish va o’z bilganlaricha hal etish uchun qulay vaziyat. Keyingi
paytlarda Turkiston ittifoqi haqida ko’p gapirishyabti. O’tgan yil yozda Olmaotada
Turkiston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi uyushtirilganidan keyin bu
haqidagi ovozlar,ayniqsa, kuchaydi…: Shuningdek bu kitob orqali hurmatli
prezidentimiz biz yoshlarga ham katta etibor berganligini va yoshlar uchun qanday
imkonyatlar yaratganligini bilib olishimiz mumkin. Kelajak bugundan boshlanadi.
Hozir tarbiya masalasiga e'tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech
narsani ayamaymiz. Ma'naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, ornomus,
mehr-oqibat va shu kabi chinakaminsoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi. Barchasi-
ning zaminida tarbiya yotadi.Shu boisdan tarbiyachilarga,o'qituvchilarimiza,o'quv
yurtlari domlalari, professorlariga moddiy va ma'-naviy yordamimizni sira
ayamasligimiz kerak. Islom Karimov “zbekistonning yangi tarixi” kitobida yurtimiz
tinchligini,osoyishtaligini qanday qilib asrash kerakligi haqida ham gapirib o’tganlar:
Tinchlik, totuvlik, osoyishtalikni saqlash Prezidentning bosh vazifasidir. Prezident
tinchlik, totuvlik qo'rg'onining me'mori bo'lishi kerak, deb hisoblayman.Qayerdaki
tinchlikka putur yetsa, xalq osoyishtaligi xavf ostida qolsa, o'sha joyda Prezident
posbon bo'lishi darkor. Hozirgi davrda xalqimizni katta tashvishga solayotgan
narsa— bu jinoyatchilikning o'sishidir. Shu sababli bugun O'zbekistonning bu illatga
qarshi kurash dasturi ustida ishlayapmiz. Odam o'ldirish, talontorojlik, o'g'rilik,
poraxo'rlik, chayqovchilikning har qanday ko'rinishiga barham berish choralarini
ko'ramiz. Buning uchun qat'iy intizom talab etiladi. O'zbek nomini badnom qilish
harakatlariga qarshi kurashganliklari haqida ham ta’kidlab o’tilgan: O'zini adolatli
deb kelgan, lekin o'ta adolatsiz bo'lgan Markaz O'zbekistonga, o'zbek xalqiga
qancha tamg'a bosmadi, qancha malomat toshlari otilmadi. Lekin mahkam turib
adolatga erishdik. O'zbek nomini badnom qilish harakatlariga zarba berdik. Bugun
mana shu minbardan sizlarga yorug' yuz bilanaytamanki, «paxta ishi» bilan
qamalganlarning hammasi afv etildi! Menga ana shu xayrli, xosiyatli ishlar umid
bag'ishlaydi deb ta’kidlaydi yurtdoshimiz Islom Karimov. Shuningdek prezidentimiz
o’z xalqini qanchalik e’zozlashini o’z bayonatida aks ettirgan: Sizlar bilan birga
bo'lish xalq bilan birga bo'lishdir.Xalq bilan birga bo'lish esa uning hayoti, uning
turmushi, uning dardi bilan birga bo'lishdir.Xalqqa, yurtga xizmat qilish er kishi
uchun, mard kishi uchun, o'g'lon uchun sharafli ishdir. (Islom Abdug’aniyevich
Karimov)
2-topshiriq: Quyidagi mavzu bo’yicha 20 ta test savollari tuzing ( to’g’ri javobni D
variantiga joylashtiring). Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon
qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
1)Nechinchi yilda O’zbekiston Prezidentining farmoniga binoan Respublika
ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston SSRning
qonuniy tasarrufiga olindi?
A) 1990-yil 20-avgustda B)1992-yil 1-iyunda C)1989-yil 30-sentabrda
D)1991-yil 25-avgustda
2)O’zbekiston mustaqillikka erishgan yilni belgilang.
A)1990-yil
B)1992-yil
C)1989-yil
D)1991-yil
3)Konstitutsiya preambula nechta bo’lim, bob va moddadan iborat?
A) 7 bo’lim, 24 bob, 150 moddadan B) 12 bo’lim, 25 bob, 128 moddadan
C) 6 bo’lim, 28 bob, 128 moddadan D) 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan
4)Nechinchi yilda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi?
A) 1985-yil B) 1987-yil C) 1990-yil D)1989-yil
5) O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi nechinchi yildan Oliy Majlis deb
ataladi?
A) 1997-yildan B) 1992-yildan C) 1995-yildan D) 1994-yildan
6) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nechinchi yildan ikki palata: Senat va
Qonunchilik palatasiga bolingan.
A) 1997-yildan B) 2000-yildan C) 2005-yildan D) 2004-yildan
7) Ozbekistonda Prezidentlik instituti qachon joriy etilgan?
A) 1992-yil 16-iyunda B) 1989-yil 24-martda C)1991-yil 20-aprel D) 1990-
yil 24-martda
8) O’zbekiston qachon BMTga azo boldi?
A)1991-yil 5-yanvar B) 1990-yil 2-iyul C)1994-yil 14-avgust D)1992-yil 2-
mart
9) Nechinchi yilda SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda
“qayta qurish” siyosati e’lon qilindi?
A)1987-yil B)1990-yil C) 1984-yil D)1985-yil
10) I.A.Karimov qachon Ozbekiston Oliy Kengashida Ozbekistonning birinchi
Prezidenti qilib saylandi?
A) 1990-yil 24-martda B) 1989-yil 1-mayda C) 1991-yil 2-iyulda D) 1990-yil
14-martda
11) Qachon mustaqillik to’grisidagi deklaratsiyaning qabul qilindi?
A) 1989-yil 1-may B) 1990-yil 14-iyul C) 1990-yil 5-yanvar D) 1990-yil 20-
iyunda
12) Qachon O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi togrisidagi qonun qabul
qilindi?
A)1991-yil 8-dekabr B)1992-yil 6-iyul C)1991-yil 10-dekabr D)1992-yil 10-
dekabr
13) O’zbekiston Konstitutsiyasi nechinchi yilda qabul qilingan?
A) 1991-yil B) 1990-yil C) 1993-yil D) 1992-yil
14) O’zbekiston qachon YeXHTga a’zo bolgan?
A) 2001-yilda B) 1991-yilda C) 2000-yilda D) 1992-yilda
15)O’zbekiston qachon NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zobo’ldi?
A) 1994-yil B) 1996-yil C) 1993-yil D) 1995-yil
16) O'zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e'lon qilingan paytda qancha
kishini tashkil etardi.
A)25 mln B) 22.7 mln C) 23.4 mln D) 21.5 mln
17) O’zbekistonda mustaqillikdan keyin 2004— yil boshlariga kelib aholi soni
qanchaga oshdi?
A) 24mln.dan B) 26mln.dan C) 23 mln.dan D) 25mln.dan
18) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qasamyod qilgan yilni belgilang
A) 1991-yil B) 1990-yil C) 1993-yil D) 1992-yil
19) ........- jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan
bogliq bolgan istiqlol haqida o’ylashdir.Nuqatalar o’rniga to’g’ri so’zni qo’ying?
A) Konsitutsiya B) Deklaratsiya C) Demokratiya D) Mustaqillik
20) Qachon Prezident I.A.Karimov tomonidan 《 Ma'naviyat va ma'rifat 》
jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risidagi Farmoish e'lon qilindiA) 1992-yil
20-fevral B) 1995-yil 14-iyun C) 1993-yil 1-may D) 1994-yil 23-aprel
3-topshiriq:Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatning rivojlanishinio‘zingizyashab
turgan hudud (shahar, tuman yoki viloyat) misolida yoriting.
3.
O‘zbekiston 1991 yil o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng umrini o‘tab
bo‘lgan mustabid, ma’muriy-bo‘yruqbozlik, rejali taqsimot tizimidan voz kechib,
bugungi kunda “o‘zbek modeli” deya e’tirof etilayotgan o‘zining taraqqiyot yo‘lini
tanlab oldi. Bu modeldagi iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh
islohotchi bo‘lishi, qonunning ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tajriba
asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi tamoyillarning ijtimoiy hayotdagi
tutgan o‘rni salmoqlidir, ularning naqadar to‘g‘ri ishlab chiqilganligi bugungi
hayotda o‘z samarasini bermoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz
I.Karimovning ushbu so‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir: “Mustaqillik yillarida bosib
o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak
marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich
rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan
bundan buyon ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini hayotning o‘zi
yaqqol ko‘rsatmoqda”.Navoiy viloyatidagi sanoat korxonalarida mustaqillik
yillarida bo‘layotgan islohotlar va o‘zgarishlar jarayonini bugungi kun nuqtai
nazaridan xolisona ilmiy tadqiq etish va tahlil qilish o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga
molik masaladir. O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan Navoiy viloyati
alohida sanoat va industriya markazlari sifatida respublika hayotida salmoqli o‘rin
egallaydi. Voha sanoatining mustaqillik davri o‘zgarishlarini tahlil etish, yutuq va
muammolarni ko‘rsatish, kerakli taklif va tavsiyalar berish tarix fani uchun dolzarb
ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning o‘z rivojlanish yo‘li, bozor munosabatlariga
asoslangan jamiyatga o‘tish jarayonini, Navoiy viloyati misolida tadqiq etish tarix
fanining istiqbolli va dolzarb muammolaridan biri ekanidan dalolat
beradi.O‘rganilayotgan masalaning dolzarbligi va tadqiqot mavzusining tahlil
etilmaganligini hisobga olgan holda 1991-2010 yillarda Navoiy viloyatidagi
viloyatlarda sanoat sohasidagi o‘zgarishlarni tahlil etish va to‘plangan
ma’lumotlarni umumlashtirish asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Navoiy viloyati sanoat
ishlab chiqarishida bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida olib borilgan keng
ko‘lamdagi islohotlar va bu islohotlarning samarasi ularoq, Respublikamiz iqtisodiy
taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini tarixiy jihatdan ilmiy yoritishni tadqiqot
ob’ekti qilib oldik. Mustaqillik yillarida jamiyatimiz iqtisodiy sohasida ro‘y bergan
tub islohotlar va buning natijasida bozorga xos qaror topib borayotgan Navoiy
viloyati sanoat korxonalarida yuz berayotgan o‘zgarishlarni arxiv materiallari,
viloyatlar statistika boshqarmalari hamda mahalliy hokimliklarning arxivlaridagi
ma’lumotlari asosida o‘rganish va tahlil qilish, ko‘zlangan umumiy maqsadlardan
kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi. Mustaqillik yillarida Navoiy
viloyati sanoat ishlab chiqarishida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini u yerda olib
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Prezident farmonlari, hukumat
qarorlarining, Oliy Majlis chiqargan qonunlar ijrosini, iqtisodiy yo‘naltirilgan
barqaror bozor munosabatlarining vohaga xos xususiyatlarini ochib berish; Navoiy
viloyati deganda avvalo, o‘zininig iqtisodiy salohiyati, zamonaviy industriyaning
yirik tarmog‘i, kon, ayniqsa, qudratli oltin qazish sanoati bilan O‘zbekistondagina
emas, balki uning tashqarisida ham juda yaxshi ma’lum bo‘lgan voha ko‘z oldimizda
nomayon bo‘ladi. Navoiy viloyati mamlakatimizning hududiy jihatdan eng yirik
mintaqalaridan bo‘lib, hududiy jihatdan Qoraqolpog‘iston Respublikasidan keyin
ikkinchi o‘rinda turadi. Viloyat yer maydoni jihatdan O‘zbekiston hududining
25foizdan ortiqrog‘ini egallaydi. Bu haqda muhtaram yurtboshimiz shunday deydi:
“Navoiy viloyati deganda – avvalo ko‘z oldimizga buyuk shoirimiz Alisher Navoiy
nomini sharaflab kelayotgan, ko‘ngli ochiq, zahmatkash, saxovatli insonlar,
bunyodkorlik bilan band bo‘lgan ko‘p millatli xalqni tasavvur qilaman. Navoiy
viloyati deganda – bu go‘zal vohaning betakror tabiati, cheksin cho‘l va dalalar,
bepayon yaylovlar bilan birga, ulkan sanoat mintaqasi ko‘z o‘ngimizda namoyon
bo‘ladi. 2002-yil 31-mayda Prezidentimiz I.A.Karimov Хalq deputatlari Navoiy
viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqlarida Navoiy
viloyatining tashkil etilish tarixi haqida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tgan edilar:
«Navoiy viloyatini O‘zbekistonimizning o‘ziga xos va betakror xazinasi, desak, hech
qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerdagi ko‘pgina konlar o‘zining noyob
xususiyatlari va zahiralari nuqtai nazaridan nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun
dunyoda kamdan-kam topiladi. Muruntov, Dovgiztog‘, Ko‘kpatas, Omontoytog‘
kabi oltin konlari, Qizilqumdagi fosforit koni mamlakatimizdan olis-olislarda ham
yaxshi ma’lum.Bu ma’lumotlar, albatta, oddiy mutaxassislarga ham ayon, lekin
vohaning iqtisodiy salohiyatiga boshqa manbalar, aytaylik, zamonaviy aerokosmik
va geodeziya texnikasi orqali olingan ma’lumotlarga asoslanib baho beradigan
bo‘lsak, uning bag‘rida yana qancha - qancha tabiiy boyliklar, noyob zahiralar
yashirinib yotganiga, ularning hajmi va ko‘lami esa strategik jihatdan istiqbolli
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Хulosa qilib aytganda, Navoiy viloyati katta
iqtisodiy potensialga, bitmas tuganmas yer osti va yer usti boyliklariga ega
viloyatdir. Butun mamlakatimizda bo‘lgani singari bu viloyatda ham iqtisodiy
islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda, uning pirovard natijalari bo‘y ko‘rsata
boshladi. Ammo bu borada Navoiy viloyatidagi iqtisodiy islohotlar jarayoni hamma
jabhada ham silliq kechayapti deb aytib bo‘lmaydi, chunki bozor iqtisodiyotiga
o‘tish davridagi murakkabliklar ba’zi bir sohalarda o‘z aksini topgan. Shunday
bo‘lsada, sanoat sohasidagi modernizatsiyalash jarayonlari bu kabi sohalarni asta-
sekin qamrab olib, tub o‘zgarishlarga olib kelmoqda.
4-topshiriq:O‘zbekistonda Ijro etuvchi xokimiyat tizimidagi islohotlar haqida
ma’lumot yozing.
4.
Ijro etuvchi hokimiyat – davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimyat va
sud hokimiyati kabi mustaqil tarmowlardan biri joriy qonunlar va boshqalar. Joriy
qonunlar va b. me’yoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (
davlat boshlig’i, hukumat ). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish
maqsadida o’z qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshlig’i (
prezident) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish ko’radi.Ijro etuvchi
hokimiyat organlari va ular rahbarlarining aniq vazifalari (funksiyalari,
vakolatlari) va javobgarlik sohasini belgilash, har bir vazifa va funksiyani
amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydigan, shu jumladan, axborot-
tahliliy qo‘llab-quvvatlash, strategik rejalashtirish, loyiha boshqaruvi,
tartibga solish funksiyalarini amalga oshirish, davlat xizmatlari ko‘rsatish
masalalari bo‘yicha ma’muriy tartib-taomillar hamda reglamentlarni joriy
etish. Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha
darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining samarali ishini tashkil etish
va kuchlarini safarbar etish, shuningdek, tor idoraviy yondashuv
holatlarining oldini olish imkonini beruvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti devoni
— Vazirlar Mahkamasi — respublika davlat boshqaruvi
organlari
— tarkibiy va hududiy bo‘linmalar — mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari” ta’sirchan tizimini joriy etish.Tegishli vakolatlarni aniq
davlat organlariga
o‘tkazish va ularga qabul qilinayotgan qarorlarning
natijasi uchun javobgarlikni yuklash orqali davlat-hokimiyat vakolatlari
berilgan idoralararo kollegial organlarni (komissiyalar, kengashlar, ishchi
guruhlar va boshqalar) tubdan qisqartirish. Hududlarni
ng o‘ziga xos
xususiyatlari va joylardagi dolzarb muammolarni kompleks hal etish
zaruratini hisobga olgan holda, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini
shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining
tashabbuskorligini oshirish hamda rolini kuchaytirish.
R
espublika davlat
boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga,
viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda
tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish.
Davlat boshqaruvining turli darajadagi o‘zaro funksiya va vakolatlarini,
xususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro
etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan
mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim
darajada foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini, shu
jumladan, mahalliy budjetga soliq ajratmalarini ko‘paytirish hamda
hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq solish bazasini
kengaytirishdan manfaatdorligini kuchaytirish orqali kengaytirish.2017
—
2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga (keyingi o‘rinlarda Harakatlar
strategiyasi deb yuritiladi) muvofiq, davlat va jamiyat qurilishini
takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq
va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari
va ijtimoiy sohani rivojlantirish va liberallashtirish, xavfsizlik, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro
manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish davlat va jamiyatni
modernizatsiya qilishning muhim maqsadlari etib belgilandi.Ushbu
maqsadlarga erishishning muhim sharti amalga oshirilayotgan islohotlar,
qabul qilinayotgan normativ-
huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarining to‘liq
ro‘yobga chiqarilishini ta’minlay oladigan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish muammolarini o‘z vaqtida aniqlaydigan va
samarali hal qiladigan davlat boshqaruvi tizimining aniq faoliyat ko‘rsatishi
hisoblanadi.Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish
jarayonining tizimli tahlili va aholi bilan muloqot natijalari davlat boshqaruvi
organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda
ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishda
islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy
kamchiliklarning saqlanib qolayotganligidan dalolat bermoqda. Xususan:ijro
etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni
rivojlantirish sur’atlarini pasaytiruvchi, joylarda to‘planib qolgan
muammolarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlamayapti. Ijro etuvchi
hokimiyat organlari (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, qo‘mitalar,
markazlar, inspeksiyalar) huquqiy maqomining ayrim holatlarda aniq
chegaralab qo‘yilmaganligi ularning davlat apparatidagi aniq o‘rni va rolini
aniqlash imkonini bermayapti;ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlariga
yuklatilgan vazifalarning deklarativ xaraktyerga egaligi, ularni amalga
oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi, vazifalarning
takrorlanishi va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlarining
mavjudligi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ularga xos
bo‘lmagan funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, sezilarli darajada
kvazidavlat sektorning (xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat unitar
korxonalari) mavjudligi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning davlat
tomonidan haddan tashqari tartibga solinishiga olib kelmoqda;ijro etuvchi
hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning
amaldagi tizimi qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan
tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni
ta’minlamayapti.
5-topshiriq: Ma’naviyat va ma’rifat deganda Siz nimani tushunasiz? Bu
borada O‘zbekistonda qanday ishlar amalga oshirildi? O‘z hududingiz
(tuman, shahar yoki viloyat) misolida yoriting.
5.1.
Ma'naviyat odamlarining ruhiy va aqliy olami yig'indisi. Ma'naviyat inson
va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayotiy ma'lum
yo'nalishning bosh omili.Ma'naviyat iqtisodiy ijtimoiy hayot tizimining
shakllanishi, o'zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Ma'naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi.Aksincha ma'naviyattiing
qashshoqlashuvi jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Boy
ma'naviyatirniz buyuk davlat ko'rib bo'lmaydi. Ma'naviyat jamiyat va millat
ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Ma'naviyat insonni ruhiy poklanlsh
va yuksalishga da'vat etadigan inson ichki olamini boyitadigan, Lining iymoni
irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadagan qudratli
botiniy kuch ekanligini unutmaslik lozim. Moddiy narsalar odamga jismoniy
oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag'ishlaydi.
Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish ongsiz va ruhsiz
maxluqlarga xosdir.Alisher Navoiy «Ma'no ahli» deganda haqiqat yo'liga
kirgan komil insonni nazarda tutgan. Shunday ekan ma'naviyat insonning
ruhiy olami bilan bog'lik. Ma'naviyat tushunchasi ma'rifat tushunchasini ham
o'z ichiga oladi. «Ma'rifat» so'zi arabcha bo'lib, «arafa» so'zidan olingan. U
bilish, bilim, ma'lumot, ilm, irfon, tashish, tanishish ma'nolarini bildiradi.
Ma'naviyat va ma'rifat tushunchalariga bog'lik atamalardan «madaniyat»
so'zi arabcha madina (shahar, keng) so'zidan kelib chiqqan; Arablar kishilar
hayot tarzini 2ga bo'lib birini badaviy yoki sahroiy turmushi, ikkinchisini
madaniy turmushi deb ataganlar. Badaviylik ko'chmanchi, dashtu sahrolarda
yashovchi xalqlarga, madaniylik esa shaharda o'rtoq bo'lib yashab shaharga
xos turmush tarzida yashovchi xalqlarga nisbatan ishlatilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi
1996 yil 9 sentyabr 1559-
sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1996 yil 16 sentyabrdagi 221-sonli buyrug‘i
ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
“Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi tashkil etildi. 2016 yilining 5 iyulida Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
rahbariyati tomonidan o‘zaro kelishuv asosida Toshkent davlat iqtisodiyot
universitetining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlashda “Ma’naviyat va ma’rifat” va
iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi” deb nomlana boshlandi.
Ushbu bo‘lim universitet ta’lim tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirish maqsadida “Ma’naviy-ma’rifiy” tizimga rahbarlik
qilish, bu sohada olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ilg‘or
tajribalardan foydalangan holda ma
’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha zarur
ilmiy-uslubiy mavzuidagi adabiyotlarni tayyorlash, chop ettirish, barcha soha
xodimlarining o‘qishlarini tashkil etish, har xil to‘garaklar, sport, jamoat klubi,
uchrashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix
iy an’analarga,
Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, mustaqillik ruhinima’naviyat
sohadagi yutuqlarimizni talabalarga keng tushuntirish, yangi turdagi yetuk
davr talabiga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash,
ma’naviy-madaniy, ahloqiy-ruhiy jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-
yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash «ma’naviyat va ma’rifat» bo‘limining
bosh vazifasidir.
Fakultitet: Matematika va Fizika
Ta’lim shakli: Sirtqi
Guruh: 103-MI
Oraliq javoblari kim tomonidan topshirildi:
Mamatkarimov Shaxzod
Do'stlaringiz bilan baham: |