Kafedra mudiri: Prof.A.Utamuradov
Huquqni muxofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini samarali bajarish va asosiy faoliyat yo’nalishlarini kelishish asosida ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.
Huquqni muxofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish deganda tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlarning jinoyatchilikka karshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish nazarda tutiladi.
Shu ma’noda, mazkur vazifani bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari aniq belgilab beriladi. Muvofiqlashtirishning mohiyati. Umumiy maqsadga erishish yo‘lida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini tartibga solish, samaradorligini yanada oshirish yo‘lida o’zaro kelishib harakat qilish muvofiqlashtirishning mohiyatini belgilaydi.
Lekin ularning har biri mustaqil holda o’z vakolati doirasidagina o’zlariga xos shakl va usullar bilan jinoyatchilikka qarshi kurashadi. Afsuski, jinoyat turlari shu darajada xilma-xilki, ularga qarshi samarali kurashish, oldini olish va yo‘l ko’ymaslik mavjud butun imkoniyatni bevosita ishga solishni, barcha kuchlarni birlashtirishni talab qiladi. Aynan ana shu talabni jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiklashtirish orkaligina amalga oshirish mumkin.
2. O’zbekistonda ko’p sonli greklar yashaydi, ular uchun munosib hayot kechirish kafolatlangan, - dedi u. - Ular respublika rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar. Shu bois mamlakatingiz turli millat va elatlar vakillari o’rtasidagi birdamlik va bir-birini to’g’ri tushunish nuqtai nazaridan boshqalarga namuna bo’lishi mumkin.
O’zbekiston rahbariyatining uzoqni ko’zlagan siyosatni olib borayotgani tufayli mamlakatda xavfsizlik va barqarorlik kafolatlangan. AQShda faoliyat ko’rsatadigan Gellap instituti deb nom olgan ijtimoiy fikrni o’rganish markazi tomonidan «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» degan mavzuda 2015 yilda o’tkazilgan va e’lon qilingan tadqiqot yakunlariga ko’ra, O’zbekiston dunyodagi 141 ta davlat orasida ikkinchi o’rinni egallagani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Ushbu fursatdan foydalanib, o’zbek xalqini ostonada turgan qutlug’ sana - mamlakat davlat mustaqilligining 25 yillik yubiley bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Do’st O’zbekistonga bardavom tinchlik, farovonlik va taraqqiyot hamda suveren rivojlanish yo’lida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bugungi yig‘ilishda faoliyatimizni yana bir bor tanqidiy tahlil qilganimiz sudning tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylanishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Sudda ishlarni sudyalik burchimiz buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli holda ko‘ramiz, eng asosiysi – qabul qilgan har bir qarorimiz qonuniy, asosli, odillik va insonparvarlik tamoyillariga tayangan bo‘lishi uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz.
Shuningdek, bevosita Oliy sudda jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmlarga protest keltirilib, 11 nafar shaxs oqlandi. Ularning 2 nafariga nisbatan oqlov qarorlari Oliy sud Rayosati tomonidan qabul qilindi.
Masalani viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Qashqadaryo viloyatida 29, Toshkent shahrida 16, Toshkent viloyatida 13, Surxondaryo viloyatida 7. Xorazm viloyatida 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5, Samarqand viloyatida 5, Andijon viloyatida 7, Farg‘ona viloyatida 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarildi. Boshqa viloyatlardan ham ana shunday misollarni keltirish mumkin.
Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davrida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichlarida mahkumlar va ularning advokatlari taqdim etgan shikoyatlar asosida jinoyat ishlari ko‘rib chiqilib, 50 nafar shaxs oqlandi. Tergov organlari tomonidan ayblanib, sudlangan va joriy yilda oqlangan, reabilitatsiya qilingan shaxslarning 3 nafari sobiq hokim, 1 nafari prokuror, 10 nafari ichki ishlar va 1 nafari bojxona xodimi, 8 nafari tadbirkor, 14 nafari temir yo‘l, 5 nafari bank xodimi va 22 nafari vaqtincha ishsiz fuqarolardir. Ushbu sud qarorlari Oliy sud tomonidan o‘rganib chiqildi, mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha ayblovlar asosli dalillar bilan tasdiqlanmagani, taxmin yoki og‘zaki mish-mishlardan iborat ma’lumotlarga asoslangani bois oqlov hukmlari asosli chiqarilgan, deb topildi.
3. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar xamda valyuta bozori xolati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug’ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barkarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashga yo’naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan xisoblanadi.
O’tgan 28 yillik mustaqil taraqqiyot davrida iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlako voz kechilib, bozor isloxotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilga-ni makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o’sishini, inflyasiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab kolishni ta’minladi xamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo‘lining chukur taxlili, bugungi kun-da jaxon bozori konstruktsiyasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv xamda tamoyillar-ni ishlab chikish va ruyobga chikarishni takozo etmoqda.
Shularni e’tiborga olib, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo’nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustaxkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab kolishning quyidagi vazifalari belgilab olindi:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dastur-lar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish xisobidan yalpi ichki maxsulotning barkaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
harajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganini saqlab qolgan xolda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustaxkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqda tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
bank tizimini islox qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustaxkamlash, istiqbolli investitsiya loyixalari xamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sugurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish xisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va axolining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |