Birinchi bosqich
Bu davrda O‘zbekiston xalqi o‘z umrini o‘tab bo‘lgan mustabid to`zumdan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni asosiy maqsad sifatida belgilab oldi. Ana shu maqsadni o‘zida ifoda etgan Konstitutsiya respublikamiz qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilindi.
Ikkinchi bosqich
faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr.
Do'stlaringiz bilan baham: |