Birinchi bosqich (1991-2000 yillar). Bu davrda O‘zbekiston xalqi o‘z umrini o‘tab bo‘lgan mustabid to`zumdan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni asosiy maqsad sifatida belgilab oldi. Ana shu maqsadni o‘zida ifoda etgan Konstitutsiya respublikamiz qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilindi. Bu davrda mustaqil O‘zbekistonning yangi siyosiy tizimi va davlat to`zilishi asoslarini, avvalo, qonunchilik tizimini shakllantirish, markazda va joylarda vakolatli hokimiyat organlarining yaxlit tizimini tashkil etishga qaratilgan ishlar aniq maqsadni ko‘zlab sobitqadamlik bilan amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |