O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISH
BAJARDI: Menglimuratov Ilxom
TEKSHIRDI: KUANISHOVA DILMIRA
MAVZU:
VIRTUAL QABULXONALAR JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH MEZONI
REJA: Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida. Xalq qabulxonalarining hayotimizdagi o’rnı. Virtual qabulxonalar jamiyatni demokratlashtirish mezoni.
Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga ariza , shikoyat va takliflar bilan murojaat qilish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqlarini to’liq ro’yobga chiqarish yuzasidan barcha imkoniyatlar yaratilgan.2017 – yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 tantanali yilligiga bag’ishlangan marosimdagi ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 – yil 28 – dekabrda qabul qilingan << Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora – tadbirlar to’g’risida » gi PF – 4904 – son Farmoniga muvofiq murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yaratildi . Mazkur tizimning asosi bo’lgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish , xalq bilan doimiy muloqot olib borish , odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi . Prezident virtual qabulxonasigao’tgan qisqa davrda 1 million 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani ham buning yaqqol tasdig’idir.
Shular asosida Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqildi va 1- fevral kuni test rejimida ishga tushiriladi . Sayt manzili o’zgarmagan pm.gov.uz. Bunda « pm » qisqartmasi murojaat » tarzida talqin qilinadi. Murojaat yuborish shakli ham o’zgarmagan : murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo’ng’iroq qilish , pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to’ldirish orqali yoxud Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yuborish mumkin . Virtual qabulxonaning takomillashtirilgan talqinida joriy qilingan asosiy yangiliklar esa quyidagilardan iborat : Fuqaro virtual qabulxonada o’z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin. Prezident virtual qabulxonasining yangi talqinida murojaatchi o’z xohishiga ko’ra , shaxsiy kabinet ochishi mumkin . Buning uchun jismoniy shaxs ro’yxatdan o’tish jarayonida fuqarolik pasportida ko’rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritishi kerak . Bu murojaat qiluvchi uchun identifikatsiyalash ( elektron guvohnoma ) imkoniyati bo’lib, katta qulaylik yaratadi.
Virtual qabulxona tizimida fuqarolar kiritgan ma’lumotlarda ( ism – familiya , tug’ilgan yili , yashash manzili va hokazo ) turli xatoliklar uchrab turardi . Natijada , deylik , ayni bir shaxs yuborgan bir nechta murojaatlar tarixini o’zaro bog’liqlikda o’rganishda qiyinchiliklarga duch kelinardi . Murojaatchi bilib – bilmay o’zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo’l qo’ysa , tizimda buni aniqlash mexanizmi mavjud emas edi . Shu paytgacha har bir murojaatni topish uchun uning raqami , murojaatchining to’liq ism sharifi , manzili , mobil telefon raqamini bazaga kiritib , izlash kerak edi . Shaxsning barcha yozishmasini bir joyda ko’rishning iloji yo’q edi . Ko’p beriladigan savollarga batafsil javoblar Virtual qabulxonada « Ko’p beriladigan savollar » bo’limi tashkil etildi . Bundan ko’zlangan asosiy maqsad murojaatchiga o’zini qiziqtirgan savolga rasmiy murojaat qilmasdan ham javob olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Tahlillar fuqarolarimiz tomonidan muayyan soha yoki mavzu yuzasidan umumiy xarakterdagi huquqiy axborot va maslahat olish uchun ham murojaat yuborish holatlari ko’p ekanini ko’rsatmoqda . Ular kerakli ma’lumotni olish uchun ma’lum muddat kutishiga to’g’ri kelgan , davlat organlari esa ayni bir mazmundagi javob talab qiluvchi ko’p sonli murojaatlarga alohida javob yuborishga majbur bo’layotgan edi.
Shu munosabat bilan fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish natijasida ko’p berilgan savollar aniqlab olinib , ularning javoblari oddiy va tushunarli tilda ifodalanib , maxsus bo’limda jamlandi . Portal orqali onlayn rejimida huquqiy maslahat olish mumkin. Virtual qabulxonaning yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bo’lgan shaklda turli muammo va masalalar bo’yicha malakali yuridik yordam berilishini ta’minlovchi «Onlayn maslahatchi» moduli yaratildi . Bu modul « Ko’p beriladigan savollar » bo’limi bilan hamohanglikda ishlaydi. Bunda turli tarmoqlar va faoliyat sohalari bo’yicha maslahatchi sifatida jalb etilgan malakali mutaxassislar jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berib borishi va mazkur xizmat shu yil 15 – fevraldan boshlab test rejimida ishga tushirilishi ko’zda tutilgan . Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek , murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma’lumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etadi . Fuqarolar hayotda uchraydigan turli – tuman masalalarda huquqiy maslahat olish uchun ham virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat ko’rib chiqilib , javobi murojaatchiga etib borgunicha anchagina vaqt talab qilinar edi. << Onlayn maslahatchi >> xizmati virtual qabulxona orqali savol yuborib , onlayn rejimda yuridik maʼlumotga ega bo’lgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat olish imkoniyatini taqdim etmoqda . Endilikda u yoki bu masala bo’yicha huquqiy axborot olish uchun bir necha kun javob xati kelishini kutish zarurati qolmaydi . Bu o’z navbatida , portalda ro’yxatga olinayotgan , faqat huquqiy ma’lumot olish nazarda tutilgan murojaatlar soni qisqarishiga , davlat organlarida boshqa turdagi murojaatlar bilan ishlash sifati oshishiga xizmat qiladi . Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy ma’lumot olishga bo’lgan ehtiyojlari tezkor ravishda ta’minlanishiga erishiladi . « Onlayn maslahatchi « moduli orqali ko’p beriladigan savollar muntazam tahlil qilinib , shu asosda « Ko’p beriladigan savollar « bo’limi to’ldirib boriladi.
Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqali ham tanishish mumkin « Xalq qabulxonalari manzillari » bo’limida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish mu’mkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili , telefon raqamlari , elektron pochtasi , geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda . Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi to’g’risidagi ma’lumotni O’zbekiston interaktiv xaritasi orqali topishlari mumkin . Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki sun’iy yo’ldoshdan suratga olingan xarita rejimida ko’rsatilgan .
Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati , ijobiy hal etilgan masalalar , virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari to’g’risidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi . Portalga kelib tushgan va ko’rib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini , statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud . Bir so’z bilan aytganda , virtual qabulxonaning yangi talqini jismoniy va yuridik shaxslarga samarali axborot , interaktiv xizmatlarni taqdim etish bilan birga , fuqarolarning davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi da’rajasi oshishiga xızmat qıladı.