O‘zbekistonim O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining



Download 139 Kb.
Sana27.02.2017
Hajmi139 Kb.
#3441
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI


Betakrorimsan, Yagonamsan,

Ona Vatanim

O‘zbekistonim


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining

24 yilligiga bag‘ishlangan

uslubiy qo‘llanma


Toshkent-2015
Ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari mutaxassislarini

malakasini oshirish bo‘limi tomonidan tayyorlandi.

Ushbu uslubiy tavsiyanoma kutubxona va axborot resurs markazlari mutaxassislariga mo‘ljallangan bo‘lib unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillgining 24 yilligini nishonlash bo‘yicha tavsiyalar va bayram ssenariysi berilgan.



Kirish

Mustaqillik tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Mustaqillik tenglik sari qo‘yilgan birinchi qadam. Mustaqillik mustaqil yashash, mustaqil fikrlash, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, huquqlarini himoya qilish demakdir. Dunyodagi jamiyki bunyodkorlik va yaratuvchanlikning asosi ozodlikdir. 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e’lon qilindi. Inson uchun ozodlikdan qadrli ne’mat yo‘q. 1991 yil 1-sentabr xalqimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallagan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu-xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomga aylandi.

Prezident Islom Karimov “Mustaqil o‘zbek davlati-xalqimizning tarixiy yutug‘idir. Xalqi yuz yilllar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O‘zbekiston chinakam Mustaqillikni qo‘lga kiritib, gullab yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rnini egallashi – biz ko‘zlayotgan oliy maqsaddir” deydi. Yurtboshimizning tashabbusi bilan tilimiz, dinimiz, milliy g‘ururimiz, Navro‘z, Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, kabi milliy bayramlarimiz qayta tiklandi. Yurtdoshlarimiz haj va umra safarlariga erkin borib keladigan bo‘ldi. Davlat ramzlari qabul qilindi. Ilgari nomi ham, asarlari ham bizdan sir tutilgan buyuk ajdodlarimiz yana o‘zimizga qaytdi. Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Urganchdagi Jalolidddin Manguberdi, Termizdagi Alpomish yodgorlik majmualari kabi ko‘plab maskanlar mustaqillik sharofati bilan barpo etildi, qaytadan obod qilindi. Mustaqillikka erishgach milliyligimiz, ma’naviyatimiz, qadryatlarimiz, madaniyatimiz qayta tiklandi. O‘tgan 24 yil ichida O‘zbekiston tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Prezidentimiz Islom Karimov “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi” deb ta’kidlaydilar. Yurtimizda kun sayin bunyodkorlik ishlari jadalllashmoqda: diyorimizda qad ko‘targan muhtasham binolar, dilni yayratadigan istirohat bog‘lari, ko‘zni quvnatadigan ko‘priklar bunyod etilmoqda.

Ayniqsa, 1997-yili Yurtboshimizning tashabbussi bilan tayyorlanib qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milly dasturi mamlakatimizda 12 yillik umumiy majburiy ta’limni, ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 2004-yil qabul qilingan Maktab ta’limini rivojlantirish umummilly davlat dasturi barkamol avlodni voyaga yetkazishda yangi ulkan imkoniyatlar ochmoqda. Mustaqil, barkamol avlod qalbida esa Vatanga sadoqat hissi kuchaydi. Yoshlarga qaratilgan keng imkoniyatlar farzandlarimizni ilm olishiga, o‘z ustida ishlashga va ko‘proq izlanishga turtki bo‘lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekistondagi barcha bolalar mening bolalarimdir”, “Bizdan kelajak avlod uchun ozod va obod Vatan qolsin” degan fikrlarini farzandlarimizga ishonch bilan, oq yo‘l tilab bildirganlar.



Hikmatlar

O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”.



Islom Karimov

Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”.



Islom Karimov

Ozodlik – asrlar izlagan bebaho gavhardir”.

Taraqqiyotimizning barakasi – mustaqillikda”.

Mustaqillik – mustaqil fikrlashni talab qiladi”.

Vatanning tinchligi obodligidir”.

Mustaqilligimizning qonunlari – kelajagimizning onasi”.



Matlabbeka Ulug‘bek qizi

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.

Abdulla Avloniy

MENING VATANIM

Onamga o‘xshaydi mening Vatanim,

Onamday mehribon, onamday xoksor.

Holbuki, qizi bor yengilmas g‘anim,

Holbuki, o‘g‘li bor chaqmoqdek shunqor.

Chunki dunyo ko‘rgan, ko‘rgisi kelmas,

Qushning inini ham buzgisi kelmas.
Zamin qanday ulug‘, zamin behudud,

Kimlar chumolidir, kimlar shilliqurt.

Bolam, buyurmasin o‘zgaga, deydi,

Hammaning o‘ziga nasib etgan yurt.

Chunki dunyo ko‘rgan, ko‘rgisi kelmas,

Qushning inini ham buzgisi kelmas.


O‘zi ham bilmaydi qay biri mashhur:

Bir o‘g‘li Yassaviy, bir o‘g‘li Temur.

Olis ufqlarga ko‘z tikib tolg‘in,

Mard bo‘lsang yugurma deydi, davlat qur.

Chunki dunyo ko‘rgan, ko‘rgisi kelmas,

Qushning inini ham buzgisi kelmas.


Ajdod surishtirib loflar urmagan,

Onam panjasiga panja urmagan.

O‘zining bolasin avaylab-asrab,

O‘zgaga yomonlik ravo ko‘rmagan.

Chunki dunyo ko‘rgan, ko‘rgisi kelmas,

Qushning inini ham buzgisi kelmas.


Muhammad Yusuf

Dars ishlanmasi

(3-4 sinflar uchun)

Maqsadlar:

ta'limiy: o‘quvchilar mustaqillik bergan ne'matlarning qadriga yetish, Vatanimizga sodiq bo‘lish muqaddas burch ekanini didaktik materiallar yordamida bilib oladilar; ijodiy fikrlashni, mamlakatimiz taraqqiyotiga, rivojiga munosib hissa qo‘shishni, buning uchun a'lo o‘qish lozimligini, insoniy fazilatlar egasi bo‘lishni o‘rganadilar;

tarbiyaviy: kichik maktab yoshidagi bolalar ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar;

rivojiantiruvchi: bolalarning Vatan tarixi, buyuk ajdodlarimiz, ulug' siymolar haqidagi bilimlarni kengaytiriladi.

Dars turi: mustahkamlovchi, yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars usullari: yakka tartibda va kichik guruhlarda ishlash, suhbat-munozara, taqdimot, savol-javob.

Dars jihozi: mavzuga mos bukletlar, tarqatma materiallar, rasmlar, testlar, Vatan timsollari haqidagi slaydlar, DVD-disk.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

(Dars o 'quvchilarning she 'riy salomi bilan boshlanadi).

O‘quvchilar: Assalomu alaykum, aziz ustozim,

Hamisha biz sizga qilamiz ta'zim.



O‘qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim,

Ishonchim, quvonchim, aziz o‘quvchilarim.



(O‘quvchilar ijrosida davlatimiz madhiyasi kuylanadi).

O‘quvchilar davomati, salomatligi, sana aniqlab olinadi. Yozgi ta'tilda kimning qayerda hordiq chiqargani, dam olish vaqtida o‘qigan kitoblari, chizgan rasmlari, tayyorlagan gerbarjylarning taqdimoti uyushtiriladi. Yana maktab bag'riga qaytgan o‘quvchilar yozda yod olgan she'rlari, qo‘shiqlarni aytish uchun davra tashkil qilinadi.



II. Asosiy qism.

O‘qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimizni sermazmun o‘tkazish uchun qanday tilaklar bildirasiz?

(3—4 nafar o‘quvchi tilaklar bildiradi).

— Aziz sinfdoshlarim, men barchangizga quvnoq kayfiyat tilayman!

— Men esa barchangizni hushyor, intizomli bo‘lishga va o‘zgalar fikrini diqqat bilan tinglashga chaqiraman.

O‘qituvchi: — 2015- yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb e'lon qilingan?

O‘quvchi: — « Keksalarni e'zozlash yili ».

O‘qituvchi: — Barakalla. Hozir kimning ko‘proq sinchkov, kuzatuvchan ekanini sinovdan o‘tkazamiz. Ya’ni atrofda, mahalla, ko‘chalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar, obodonchilik manzaralari haqida fikrlarimizni aytamiz. (Shu o‘rinda o‘qituvchi Keksalarni e’zozlashga oid tasvirlangan rasmlar asosida gap tuzishni so‘raydi. Tuzilgan gaplar umumlashtirilganda hosil bo‘lgan matn sarlavhasi «Keksalarni e’zozlash » deb nomlanadi).

O‘qituvchi: — Mening judayam aqlli, zukko bolalarim, yurtimizdagi yangilanishlarga befarq emasligingizni namoyish etdingiz. Rahmat, sizlarga. Vatan tushunchasini chiroyli ta’rifladingiz. («O'zbekiston — Vatanim» qo‘shig'i ijro etiladi).

III. Yangi mavzu bayoni.

O‘qituvchi: — Keling, endi bugungi mustaqillik darsimiz mavzusini sizlarning topqirliklaringiz yordamida aniqlaymiz. (26ta test kartochkasi tarqatiladi, javoblardan yangi mavzu kelib chiqadi).

12 34567 8910111213 1415161718 1920212223242526

Bu yo‘rug‘ olamda Vatan bittadir.

O‘qituvchi: — Endi bolalar, 5—6 nafardan iborat kichik guruhlarga bo‘linasiz va 6 tadan rasmi bor konvertlardan birini tanlab olasizlar. (Konvertda mahalla, oila, buvi-yu bobojonlar, osmono‘par binolar, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, «Afrosiyob» tezyurar poyezdi, sportchi bolalar, yangi qurilayotgan uylar kabi rasmlar bo‘lishi mumkin).

O‘quvchilar o‘zaro hamkorlikda ishlab, rasm asosida matn yaratishadi. Guruhlar navbatma-navbat umumlashtirilgan matnlarini o‘qib, taqdimot uyushtirishadi. Ular ijod namunalarini o‘qib eshittiradilar. O‘quvchilar ishlarini himoya qilgach, guruhlar olqishlanadi. Shuningdek, o‘qituvchi sinf jamoasining tuzgan gaplarini umumlashtirib, «Jannatmakon yurtim O‘zbekistonim», deya ijodiy ishga sarlavha qo‘yadi.



O‘qituvchi:— Aziz bolajonlarim, O‘zbekiston qanday davlat?

O‘quvchi: — Mustaqil davlat.

O‘qituvchi: — Mustaqilligimiz qachon e’lon qilingan?

O‘quvchi: — O‘zbekiston mustaqilligi 1991- yil 31- avgust kuni e’lon qilingan.

O‘qituvchi: — Qani, aytingchi, 24 yil ichida davlatimiz nimalarga erishdi? (Davlat ramzlari, mustaqillik odimlari, sport yo‘nalishida erishilgan yutuqlar haqida o‘quvchilar bir-birlari bilan savol-javob qilishadi).

Slaydlar orqali mustaqillik yillarida Vatanimizda ro‘y bergan o‘zgarishlar, madaniy ma'rifiy ishlar, yurtimizda amalga oshirilgan obodonlashtirish, diyorimizda qad ko‘targan muhtasham binolar, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida lavhalar ko‘rsatiladi va sarlavha qo‘yadi.



O‘qituvchi:

Ey bilmdon bolajonlar,

Qani, o‘ylab ko‘raylik,

Biz kimlarning vorislari,

Bir-bir sanab o‘taylik.

O‘quvchi: — Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom Buxoriy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi ta'rifi dunyoga mashhur buyuk bobolarning avlodlarimiz. (O‘quv­chilar buyuk siymolar haqida she'rlar aytadilar, kompyuterda ularning portretlari aks etgan slayd namoyish etiladi).

IV. Mustahkamlash.

O‘qituvchi: — Aziz bolajonlar, har bir inson uchun Ona bitta, Vatan yagona. Bu ikki so‘z orasida shunday mushtaraklik borki, adiblarimiz Vatan haqida ijod qilsa, albatta, «Ona» so‘zini, onalar haqida so‘z ketsa, «Vatan» so‘zini keltiradilar. Bu ikki so‘z bilan birga 24 yildan buyon bir kalom o‘z jarangi ila yurtimizda yashayotgan har bir insonning qalb tubiga singib ketdi. Bu — «Mustaqillik» so‘zidir. Mustaqillik tufayli siz va sizning tengdoshlaringiz O‘zbekiston nomini dunyoga taratmoqda. Prezidentimiz ham «0'zbekistondagi barcha bolalar mening bolalarimdir», «Bizdan kelajak avlod uchun ozod va obod Vatan qolsin», degan fikrlarini sizlarga ishonch bilan, a’lo o‘qishlaringizga oq yo‘l tilab bildirganlar.

O‘qituvchi: bugungi darsimiz sizga yoqdimi? Darsda yana nimalarni bilishni xohlardingiz''

O‘quvchi: — Ustoz, do‘stlarimni she’riyat bo‘stoniga taklif qilmoqchiman. (5—6 nafar o‘quvchi o‘rtasida bahru bayt tarzida ona Vatan, istiqlol haqida she'r, g’azallarni ifodali o‘qish musobaqasi o‘tkaziladi).

V. Dars yakuni.

O‘qituvchi: — Aziz bolajonlarim, bugungi darsimizning sermazmun, qiziqarli o‘tishida yordam berganingiz uchun barchangizga rahmat aytaman. (Dars yakunida guruhlar ishi tahlil qilinib, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar reyting asosida baholanadi va rag’batlantiriladi).


  1. Uyga vazifa. Vatan haqida ijodiy ish tayyorlab kelish.

Tanlov

«Rasmlar doskasi» tanlovini tashkil etish

O‘qituvchi har oyda o‘quvchilari bilan shu kunning muhim voqeliklaridan kelib chiqib, biror mavzu tanlaydi. Masalan, sentabr oyida «Men maktabni sog'indim», oktabr oyida «Ustoz», noyabr oyida «Kuz tashvishlari», dekabrda «O‘tgan yili hayotimda iz qoldirgan voqea», «Chaqqon qiz», «Odobli bola» kabi mavzularni tanlashi mumkin. Bunda o‘quvchilar aynan shu mavzuning o‘zini emas, balki shunga aloqador yo‘nalishlarda ham ijodiy ish olib borishlari mumkin. Masalan, «Kuz tashvishlari»da «Xazonlarni yoqmang», «Ustoz» mavzusida «Sevimli ustozimga xat» kabi o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan yo‘nalishlarni tanlashi mumkin. Har bir o‘quvchi chorak davomida o‘tiladigan mavzuni tanlagach, u o‘qituvchining qayd daftarida belgilanadi va shu kundan e'tiboran o‘quvchi tanlagan mavzusi yuzasidan ijodiy ish olib boradi. (Imkon qadar mavzularni yo‘nalishi o‘zgarmagan holda rang-barang qilib taqsimlash kerak. Bu matn tuzish chog'ida o‘quvchilar bir-birlarining fikrlarini takrorlab qo‘ymasligiga zamin yaratadi).



Tanlovni o‘tkazish

Shunday qilib, oyning birinchi haftasida o‘quvchi «Rasmlar doskasi»ni o‘zi chizgan yoki eski gazeta va jurnallardan olgan rasmlar bilan boyitadi. Doskaning tepa qismiga mavzu nomi yoziladi. Rasmlar birinchi sinf o‘quvchilari uchun 3 tadan, ikkinchi sinf o‘quvchilari uchun 4 tadan va 3 - 4-sinf o‘quvchilari uchun 5-6 tadan oshmasligi kerak.



(Rasmlar doskasining rasmlar bilan to‘ldirilgan ko‘rinishi beriladi) Oyning ikkinchi haftasidan boshlab o‘quvchilar "Rasmlar doskasi» asosida kichik matn tuzishga va uni gapirib berishga tayyorlanadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarni imkon qadar rasmga ijodiy yondashishga, xulosa va fikrlarini bayon etishga undaydi. Tanlov uchun alohida daftar tutilib, o‘quvchi unga har bir mavzudagi rasmlar asosida tuzgan matnlarini yozib boradi. Matn hajmi chegaralanmaydi. Faqat sharti u mazmunli bo‘lib, gaplar bir-biri bilan bog'langan bo‘lishi kerak. Biron bir o‘quvchi tanlov davomida masalan, «Keksalarni e’zozlash yili» mavzusida yozgan matni bilan Ikki hatta davomida o‘quvchilar rasmlar doskasini to‘ldirib, ijodiy matn tuzgach, oyning 3-4- haftasi davomida bo‘lib o‘tadigan baholash jarayonida uni doskaga chiqib, gapirib berishga tayyorlanadi. Doskada rasmga qarab og'zaki gapirayotgan o‘quvchi nutqining ravonligi, gaplarning bir-biri bilan yaxshi bog'langanligi va ijodiy yondashilganligi, ya'ni kitoblardan ko‘chirilmasdan, mustaqil yaratilgani inobatga olinsa, daftarga yozilgani, matnda husnixati, imlo xatolari va matn mazmuniga katta e'tibor qaratiladi. Doskaga gapirib berishga chiqayotgan o‘quvchi o‘zi bilan «Rasmlar doskasi»ni olib chiqar ekan, daftar yozilgan matnni tekshirish uchun o‘qituvchiga topshiriladi. O‘quvchining og’zaki nutqi va «Rasmlar doskasi» o‘quvchi javob bergan zahoti e’lon qilinsa, yozma matn uchun qo‘yilgan ball ertasi kuni o‘qituvchi uyida tekshirib kelgach, umumiy ball bilan birga e’lon qilinadi. Har kuni 2 nafar o‘quvchi, biri ona tili, ikkinchisi o‘qish darsi tugashidan 5 daqiqa oldin mazkur tanlov yuzasidan sinfdoshlari oldida chiqish qiladi. ikki hafta davomida o‘quvchilarning barchasi baholanadi va har bir qatordan «Eng mazmunli matn muallifi» aniqlanadi.

— Albatta, mazkur tanlovni o‘tkazish o‘qituvchidan o‘z ustida va bolalar bilan muntazam ishlashni hamda har kuni ma'lum bir yuklatilgan vazifani ado etishni talab qiladi. Ammo o‘quvchilarni harakatga, faollikka undashi, qolaversa, mustaqil fikrlashga, bog'lanishli matn tuzish ko‘nikmasini o‘stirishga ta’siri ham beqiyosdir. Mazkur tanlovni o‘tkazishda imkon qadar an’anaviy mavzulardan qochib, o‘quvchilarni qiziqtiradigan, o‘qigan badiiy asarlari haqida gapirib beradigan yoki shu paytgacha umuman ularning hayoliga kelmagan, ammo yoshiga mos mavzularni tanlash kerak. Shunda o‘quvchilar tanlovga katta qiziqish bilan qaraydi. Bu esa kutilgan natijaga erishishda nihoyatda muhim. Masalan, 3—4- sinflarda «Daraxt nomidan insonlarga maktub» (bunda insonlarning atrofga va tabiatga munosabati yoritilishi mumkin), «Mening kamchiligim» mavzulari orqali o‘quvchilar o‘z kamchiliklarini tan olishga va uni tuzatishga o‘rganadi. Ayrim mavzular tanlanganda «Rasmlar doskasi»ni to‘ldirish o‘quvchi uchun murakkab bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday hollarda o‘qituvchi bolalarga ortiqcha talab qo‘ymasligi, balki ko‘zlangan asosiy maqsadga to‘g'ri yo‘naltirishi lozim.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” – Toshkent. Ma’naviyat, 2010.

  2. Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida” – Toshkent. O‘zbekiston, 2012.

  3. Boshlang‘ich ta’lim.- № 4.- 2015.

  4. Boshlang‘ich ta’lim.- № 6.- 2013.

  5. Narzulla Jo‘rayev “Mustaqil O‘zbekiston tarixi” – Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi nashiriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.

  6. Matlabbeka Ulug‘bek qizi “Yangi asr hikmatlari” – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2012.



Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish