Oʻzbekistondagi shahar



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana29.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#591717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Samarqand - Vikipediya

Turizm va tadqiqotlar
Samarqand qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy
muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982-yilda
Samarqandning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va
XIX—XX-asrlarda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari
asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi“ tuzildi. Oʻsha yilda
shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.
Samarqand meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari 2001-yilda UNESCOning Finlandiyada oʻtkazilgan
25-sessiyasida Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.
Samarqandda 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: 
Registon
 ansambli, 
Shohizinda
ansambli,
Amir Temur maqbarasi, 
Ulugʻbek rasadxonasi

Bibixonim jome masjidi
, Ruhobod maqbarasi,
Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan S.da Abu Mansur
alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik
majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Margʻinoniy vafotining
800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi
(Samarqand shahridagi Chokardiza kabristoniga dafn etilgan). S.ning markaziy maydoniga
Amir Temur haykali oʻrnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina),


Italiya (Rim) yodgorliklari kabi oʻzining goʻzalligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. S.ga har yili
dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga
xizmat koʻrsatuvchi: „Afrosiyob“, „Samarqand“, „Zarafshon“, „Bogishamol“, „Markaziy“,
„Prezident otel“ kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga „Oʻzbekturizm“ milliy
kompaniyasining Samarqand boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadilar.
Taʼlim
Samarqandda 7 ta oliy ta'lim muassasasi bor
[5]
. Samarqanddagi oliy ta'lim maskanlari (unt,
tibbiyot
[6]
, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot va servis, meʼmorlik, qurilish va xorijiy tillar
institutlari)da 19,1 ming talaba oʻqiydi. 2002-2003 ta'lim yilida shahardagi 36 ta oʻrta maxsus
bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy taʼlim
maktabida 76,7 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.
2021-yil 8–13 aprel kunlari Finlyandiya delegasiyasining O'zbekistonga tashrifi bo'lib o'tgan.
Tashrif davomida Oʻzbekiston–Finlyandiya ta’lim transformasiyasi boʻyicha onlayn uchrashuv
boʻlib oʻtgan. Unga koʻra, Samarqand davlat universiteti va Finlyandiyaning Turku universiteti
oʻrtasida memorandum imzolangan va Samarqand davlat universiteti qoshida oʻzbek-fin
pedagogika instituti tashkil etilishi aytilgan. 2025-yilga qadar Finlyandiya bilan hamkorlikda
tuziladigan ta’lim loyihalariga jalb etiladigan talabalar soni 10 000 nafarga yetkazilishi
moʻljallangan.
[7]
Shahar respublikaning asosiy fan markazlaridan biri. Samarqandda pedagogika akademiyasi
asosida tashkil topgan SamDU katta mavqega ega. Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi
parazitologiya va gelmintologiya (1925), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va
vinochilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining
Samarqand boʻlimi turli yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Samarqandda 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3
teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musikali drama teatri,
A.P.Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat
koʻrsatadi. „Samarqand“ gaz. chiqadi. Shaharda 1566 oʻrinli 11 kasalxona, 348 statsionarda
1561 malakali vrachlar xizmat koʻrsatadilar. Choʻponota tepaligi yonida dam olish uyi,
Markaziy, Soʻgʻdiyona madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar „Afsona“ akvaparki, koʻplab
stadion, tennis kortlari, „Delfin“ suzish majmui bor.
Samarqand zaminida mashhur donishmandlar, allomalar voyaga yetgan, jumladan, Ulugʻbek
S.da munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun
bir ilmiy maskan — Ulugʻbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Gʻiyosiddin Jamshid


Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ulugʻbek
akademiyasida amalga oshirilgan ishlar jahon fan olamida tan olindi.
XVI-XVII-asrlarda Samarqandda Miram Chalabiy, Mullo Abdulali Nazmuddin ibn Muhammad
ibn Husayn Birichandiy, Amir Akbar Samarqandiy, Doʻstiy Samarqandiy, Koshifiy Samarqandiy,
Mir Jaloliddin Xorazmiy, Mavlono Abdulxayr Samarqandiy va hokazo koʻplab fan va
madaniyatning mashhur namoyandalari ijod etganlar.
Samarqand shahrida hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar oʻtkazilmoqda.
Ayniqsa, „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalining Samarqandda oʻtkazilishi muhim
ahamiyatga egadir.
Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos oʻrni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va
madaniyatimizni rivojlantirishga qoʻshgan buyuk hissasining eʼtirofi sifatida Samarqand „Amir
Temur“ ordeni bilan mukofotlandi (1996-yil 28 avgust). Ordenni 1996-yil 18-oktabrda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov topshirdi.
Manbalar va ad.: Samarqand tarixi, T., 1—2 j., 1971; Samarqand (prof. Z.M.Akramov tahriri
ostida), T., 1961; Samarqand shahri toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar, S, 2002; Umnyakov I. I.,
Aleskerov Yu. N., Samarqand (spravochnikyoʻlkoʻrsatkich), T., 1968; Pugachenkova G. A.,
Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Zohidov P., Samarqand meʼmorlik maktabi (19—20asr
boshlari), T., 1965; Bartold V. V., Istoriya Samarqanda pri Timuridax. Soch., tom 6, M, 1966;
Pugachenkova G. A., Rempel L.I., Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Oʻzbekistana, T.,
1959; Yakubovskiy A. Yu., Iz istorii arxeologicheskogo izucheniya Samarqanda, Samarqand,
1927; Shishkin V.A. Kalai Afrasiyab, sb. „Afrasiyab“, vip. № 1, T., 1969; Shishkin V.A.,
Afrasiyab — sokrovishnitsa drevney kulturi, T., 1966.
[8]
Samarqand shahri (Toshkentdan 354 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VII asrda tashkil
topgan. U oʻzining deyarli 3 ming yillik tarixiy yodgorliklariga ega va Temuriylar sulolasi
boshqaruvi davriga tegishli arxitektura yodgorliklari qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya va
Rimdagi arxitektura durdonalari singari katta ahamiyatga egadir.
Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon
madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura
yodgorliklarini tiklash va taʼmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va taʼmirlash,
obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. 
Temuriylar sulolasi
yaratgan
Tarixiy obidalari


arxitektura yodgorliklari 
Misr

Xitoy

Hindiston

Gretsiya

Italiya
kabi davlatlarda yaratilgan
arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi.
Mustaqillik yillarida qaytadan barpo etilgan al Buxoriy, Motrudiy va boshqa tarixiy majmualar
tahsinga sazovordir. Samarqand qadimiy Rim bilan tengdoshdir. Uning tarixiy madaniyatining
quyi qatlamlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. U qadimgi va hozirgi
jumboqli 
Sugʻd davlatining
poytaxti Maroqand shahri qoldiqlari bilan tillashadi. Samarqand
shahridagi 
Afrosiyob
 juda koʻp qonli voqealarni boshidan kechirgan.
XIII asr boshlarida moʻgʻul bosqinchilari 
Oʻrta Osiyoning
tinch hayotiga tajovuz soldi, ular juda
koʻplab shaharlarni, sanʼat yodgorliklari va madaniy boyliklarini vayron etdilar. 
Chingizxon
qoʻshinlari tomonidan Afrosiyob yer yuzidan yoʻq qilindi. Uylar va saroylar yondirildi, necha
asrlab suv berib turgan suv quvurlari barbod etildi, gullab-yashnab turgan bogʻlar kultepalarga
aylantirildi. Biroq shahar oʻlmadi, aksincha, XIV-XV asrga kelib yanada gullab-yashnadi. Bu
kunlar buyuk sarkarda 
Amir Temurning
Samarqand shahrini oʻz saltanatining markaziga
aylantirishga qaror qilgan davrlarga toʻgʻri keldi. Amir Temur saroyida boʻlgan ispan elchisi
Rui Gonzales de Klavixo
oʻz bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi:

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish