O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadriyatlar alohida o’ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga bo’lgan yangicha yondashuvlar milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari buning yorqin misolidir. O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi. - O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadriyatlar alohida o’ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga bo’lgan yangicha yondashuvlar milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari buning yorqin misolidir. O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi.
Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat nehmatlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim25. Rus, ingliz, nemis, frantsuz va chex tillarida Rossiya Fanlar Akademiyasining akdemigi G.V.Osipov muharrirligida chop etilgan “Sotsiologicheskiy entsiklopedicheskiy slovarg’”da qadriyatlarni baholash, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy qadriyatlar, qadriyatlar yo’nalishi va umuman qadriyatlarga tahriflar berilgan26. Qadriyatlar tushunchasiga “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati”da ham alohida o’rin ajratilgan. - Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat nehmatlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim25. Rus, ingliz, nemis, frantsuz va chex tillarida Rossiya Fanlar Akademiyasining akdemigi G.V.Osipov muharrirligida chop etilgan “Sotsiologicheskiy entsiklopedicheskiy slovarg’”da qadriyatlarni baholash, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy qadriyatlar, qadriyatlar yo’nalishi va umuman qadriyatlarga tahriflar berilgan26. Qadriyatlar tushunchasiga “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati”da ham alohida o’rin ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |