Beton qorishmasini tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish Beton qorishmalarini ishlab chiqarishda to'ldiruvchi va bog'lovchilarni omborxonadan sarflovchi bunkerlarga transportirovka qilish, tashkil qiluvchilarni miqdorlash, aralashtirish jarayoni va tayyor qorishmani berish, shuningdek, qorishmaga buyurtma berish sistemasini boshqarishni avtomatlashtirish mo'ljallangan. Zamonaviy beton zavodlarida va sexlarda barcha texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish uchun hozirgi davrda AKA — BETON apparat komplekti ishlab chiqilgan. Bu komplekt vertikal hamda parter chizmasi bo'yicha komplektlangan, 165—2000. 1 sig'imli tayyor qorishma qoruvchini o'z ichiga oladigan qurilma uchun mo'ljallangan. Apparat tarkibiga DB seriyali miqdorlovchi, texnologik asboblar nazorati datchigi va boshqarish pultlari kiradi. DB seriyali miqdorlovchilar keng ko'lamda o'lchash va miqdorlashning o'ta aniqligi bilan xarakterlidir. AKA — BETON (agregat komplekt apparati) apparati miqdorlash jarayonini boshqarish, qorish va tayyor qorishmani uzatish, shuningdek, sarf bunkeriga materialni uzatish jarayonini avtomat - lashtirishda bir qancha elementlar to'plamini o'z ichiga oladi. Beton qoruvchi qurilmalar turli darajada avtomatlashtirilishi mumkin. Qisman avtomatlashtirishda mahalliy va masofadan mexanizmlarni boshqarish va ulaming ishi holati bo'yicha signalizatsiya, to'liq nazoratda hamma texnologik operatsiyalarni dastur bilan boshqarish ta’minlanadi. To'liq avtomatlashtirilganda mexanizmlarni boshqarish markaziy nozimxona punktidan olib boriladi. Beton qoruvchi sex va zavodlarda avtomatlashtirish sistemasini quyidagi avtonom sistemalarga bo'lish mumkin: to'ldiruvchilarni uzatish sistemasi; sementni uzatish tizimi sistemasi; miqdorlash — qorish uchastkasi; beton tarqatish tizimi. To'ldiruvchi va sementni uzatish tizimi ishlaganda nazorat materiallarni tushirish, ularni sarf bunkerlariga ortish vazifalarini boshqarish avtomat holda bajariladi. Konveyer tizimining bir joyda botib to'xtab qolishini (пробуксовка) aniqlash va ularning valda yaroqliligini tezlik relesi belgilaydi. Lentaning surilib qolishidagi nosozlik haqida oxiriga o'rnatilgan o'chiruvchidan signal keladi. Oqib o'tadigan tarnovlarga maxsus datchiklar o'rnatilgan bo'Iib, tarnovga materiallar tiqilib qolganda sistemani o'chiradi. Transportga ortish mexanizmlar qurilmasini qabul qilish bunkerlari va konveyer materialdan bo'shatilishi signali bo'lishi bilan to'xtatiladi. To'ldiruvchilar omborxonasi uskunalari tarkibiga irg'itib tashlaydigan arava nuqtali va mokili tartibda ishlashi mumkin. Nuqtali tartibda materiallami tushirish operator tomonidan tanlangan omborxona otsekida bo'ladi, moki tartibda arava tinimsiz birinchi otsekdan oxirgi otsekka qarab harakat qiladi yoki aksincha. Bunda otseklar orasida material teng miqdorda bo'linadi, bu esa ombor sig'imidan to'liq foydalanish imkonini beradi. Sarf bunkerlari pastki va yuqorigi daraja datchiklari bilan jihozlanadi. Pastki daraja datchigi signali bilan sarf bunkeriga material tushiriladi, yuqori daraja datchigi signali bilan material tushishi to'xtatiladi. Sement ombori ko'p sonli mexanizm va avtomat elementlar bilan jihozlanadi'. Avtomatik qurilma yordami bilan operator sementni tushirish uchun silos tanlaydi, masofadan boshqarish pulti pnevmorazgruzchikning vakuum-nasosiga siqilgan havo va suvni uzatish uchun ventilni yoqadi. Yuqori daraja datchik yordamida silosning to'lganligi va yuk ortishni to'xtatish zarurligi haqida signal keladi. Beton qorish bo'limining talabiga ko'ra kerakli sement markasi beriladi. Sement ombori avtomatlashtirilganda bir qator datchiklar va nazorat asboblari ishlatiladi, ular orasida quyidagilar: bunkerlarda va sement siloslarida sath o'lchagichlar, shiber va kranlar ishini boshqaradigan so'nggi o'chiruvchilar, manometrlar, pnevmovintli nasoslar yukini aniqlovchi ampermetrlar va boshqalar qo'llanilishi talab qilinadi. Sement omborini boshqarish chizmasida sement sarflovchi bunker va siloslaming yuqori va pastki sathining nurli signalizatsiyasi, truboprovodlardagi sement borligi, ventilyatorlar ishi, sement ombori mexanizmlari va bunker usti bo'limining avariya, nur va ovozli signalizatsiyalari, asosiy magistralda havoning yo'qligi to'g'risidagi signalizatsiyalari mo'ljallab qo'yiladi. Ular materiallami avtomat miqdorlash, miqdorlash sistemasi ishini masofadan kuzatib turish imkonini beradi. Siferblat ko'rsatkichlari yordamida oldindan berilgan materiallar porsiyalarning torozili kovshda oltitacha turli materiallaming yig'ilishi bilan tarozida tortish mumkin. Shuningdek, bir miqdorlagich bilan ketma-ket oltitagacha turli materiallam i oraliqda tarozili kovshni bo'shatib tortish mumkin. Siferblat ko'rsatkichining old tomonida porsiya massasini belgilaydigan ko'rsatkich o'rnatiladi. Siferblat ko'rsatkichi, shuningdek, maksimal massaga yetganda, tarozilik strelka shkalaning oxirgi bo'lim ini ko'rsatganda o'chirib qo'yadigan mikroo'chirgichga ega. Beton qoruvchini boshqarishda qorish muddati va qorish davrida talab qilingan harakatchanlik jarayonining nazorati qoruvchilarning ishi avtomat yordamida hisobga olib boriladi. Beton qorishma avtomatlashtirilgan tarqatuvchi tizimida qorishmani qoliplash postlariga tarqatish operatorning buyrug'i bilan bajariladi. Operator pultiga talab qilinadigan beton va qorish soni bevosita qoliplash postidan kiritiladi. 203 Zamonaviy avtomatlashtirilgan beton qurilmalarida beton qorishmasining buyurtma chizmasi perfokarta, jetonlar, yarim o'tkazgichli matrichli kommutatorlar va qorish sonini belgilovchilar qo'llaniladi. Nazorat kartalarida qoldirilgan teshikiarning joylashishi qorishma tarkibi va qorish sonini aniqlab beradi. Dasturli hisoblagich qurilmasiga perfokartalar kiritilganda alohida fotorezistor va mos keladigan rele ishga tushib, miqdorlagichning chiqarish quffiga signal beradi Jetonli apparat yordamida boshqarish chizmasida ma’lum beton marakasiga maxsus mos metall jeton apparatning qabul teshigiga — jetonnikka tashlanadi. Jetonnik kanalidan o'tayotgan jeton mikrovklyuchatelni yoqadi va miqdorlagichni harakatga keltiruvchi impuls beradi. Yarim o'tkazgichli matrichli kom m utator yordamida boshqarishga operator buyurtma qabul qilib, maxsus kalit bilan talab qilingan qorishma tarkibini, shchetkali pereklyuchatel yordamida qorish sonini teradi
1.20. Tem ir-beton mahsulotlarini tayyorlashning asosiy usullari ...... 433
Yig‘m a tem ir-beton buyumlar' korxonasida mahsulot va ishlab chiqarishning xususiyatlari..................................................272