YoshlaR TUSHUNCHASI Yoshlar- ijtimoiy shakllanish davrini o’tayotgan va kattalar davrasiga qadam quyayotgan yangi hayotga moslashayotgan va uni kelgusida yangilaydigan jamiyatdagi alohida ijtimoiy demogeafik guruh Asosiy xusiyatlari – odatda zamonaviy o’qimishli yangi kasblarga va yangi yashash tarziga intiluvchan ijtimoiy faol qadriyatlarni qayta ko’rib chiqishga moyil jamiyatdagi g’oya va qoidalarni tez singdiradigan tengdoshlar orasida muloqotni afzal ko’radigan Asosiy muammolari – ta’lim sohasini tanlash zamonaviy bilim va kasblarni egallash mehnat jarayoniga kirishish oila qurish kasbiy rivojlanish va o’sish
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Qonuniylik
Demokratizim
Insonparvarlik
Ochiqlik
Tarixiy, madaniy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi
Yoshlar jamoat tashabbuslarini qullab-quvvatlash va rag’batlantirish
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimi
Ta’limni davlat tomonidan boshqarish oprganlari va ta’lim muassasalari
Davlat sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalari
O’zbekiston Respublikasi Ma’daniyat va sport ishlari vazirligi
O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI 2025-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar
Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya, Oliy Majlis palatalari huzurida “Yoshlar parlamenti” tashkil qilindi. Shu bilan birga Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Mazkur ishlar natijasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgandan buyon 841 147 nafar yoshning bandligi taʼminlandi. 2021-yilning birinchi yarmida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 78 140 nafar yosh ishga joylashtirilgan boʻlib, 5 684 nafar yoshga subsidiyalar ajratildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 127 nafar talabaning 350 million soʻmlik toʻlov shartnoma mablagʻlari toʻlab berildi.